Mavzu № 5
Statistik tadqiqotni tashkil
qilish va biostatistikaning
asosiy usullari
Statistik tadqiqotlar tushunchasi
maqsadi, vazifasi va bosqichlari
• Axoli salomatligini va unga ta'sir etuvchi ko'plab
ijtimoiy gigiyenik omillarni o'rganish maxsus statistik
tadqiqot usullari orqali olib boriladi. Bunday
tadqiqotlar faqat xodisalarni kattaligini o'rganib
qolmasdan, balki ularning kelib chiqishi
qonuniyatlarini ham aniqlashga yordam beradi.
Statistik tadqiqotlar axoli orasidagi tug'ilish o'lim,
kasallanishlarini ularning kattaliklarini va qonuniyatlarini
ochib berish uchun qisqa umumiy dastur orqali, ularga
ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenis, tibbiy-biologik omillar va
tibbiy yordamning tashkil etilganligini keng va chuqur
dastur orqali olib borilishi va o'tkazilishi mumkin.
£ar qanday tashkil etilgan statistik tadqiqotlar bir turdagi
sxemaga asoslangan va bir xil statistik bosqichlardan
iborat.
Sanitariya statistik tadqiqotlar birma-bir
davom etuvchi
4 bosqichdan iborat:
1- bosqich tadqiqot rejasini va dasturini tuzish
2- bosqich statistik ma'lumot yig'ish va kuzatish
3- bosqich olingan statistik ma'lumotlarni guruxlash
jamlash va xisoblash
4- bosqich statistik taxlil xulosalar va ularni amaliyotga
tadbiq etish.
Nisbiy va o'rtacha miqdorlar
Statistik materiallarni jadvallarga jamlash orqali mutloq sonlar
olinadi. Mutloq sonlar o'rganilayotgan voqiyalarning umumiy
sonini, ularning dinamikasida o'zgarishini ko'rsatadi.
Ammo ko'pgina xollarda mutloq sonlardan foydalanib xulosalar
chiqarish mumkin emas.
Ayniqsa o'rganilayotgan xodisa va voqiyalarning kattaligini
o'zgarishini, sifatiy xususiyatlari va ayrim qonuniyatlarini vaqt
va muxit oralig'ida bir-biri bilan solishtirish va taqqoslashda
mutloq sonlardan nisbiy qiymatlar keltirib chiqarilishi lozim
Nisbiy qiymatlar to'rt
turli bo'ladi:
1. Intensiv ko'rsatkich
2. Ekstensiv ko'rsatkich
3. Aloqadorlik ko'rsatkichi
4. Yaqqollik ko'rsatkichi
Intensiv ko'rsatkich
ma'lum muxitdan kelib chiqqan xodisani shu
muhitda tarqalishini, ya'ni qancha marta
uchrashini ko'rsatadi.
Ekstensiv ko'rsatkich
qismining butuncha nisbatini yoki butunning
qismlarga taqsimlanishini ko'rsatadi.
Aloqadorlik ko'rsatkichi
ushbu ko'rsatkichimiz xodisaning u bilan
bevosita bog'liq bo'lmagan muxit orasida
tarqalish darajasini ko'rsatadi.
Yaqqollik ko'rsatkich
Yaqqollik ko'rsatkichlari har xil teritoriyada yoki
muddatdagi bir jinsli ko'rsatkichlarni bir-biriga
nisbatini ko'rsatadi.
O'rtacha miqdorlar
Statistikada o'rtacha qiymatlar juda xam katta
ahamiyatga ega. Ular yordamida bitta son bilan,
kuzatilayotgan voqeaga umumlashtirilgan holda
baho beriladi. O'rtacha qiymatlarni olish uchun
variatsion qator tuziladi. Voqealar va xodisalar o'z
kattaliklariga qarab o'sib yoki kamayib borish
tartibida joylashtirilgan va ularning takrorlanish
sonlari bilan birgalikda tuzilgan qatorga variatsion
qator deyiladi.
Variatsion qatorlar 3 xil bo'ladi. oddiy,
guruxli, interval guruhli
Sanitariya statistikasida eng ko'p
qo'llaniladigan va foydalaniladigan kattalik
bu o'rtacha arifmetik qiymatlardir.
Variatsion qatordan o'rtacha arifmetik
qiymat (m), o'rtacha kvadratik etish(G) va
o'rtacha xatolik (m), bir necha usullarda
keltirilib chiqariladi.
1. Oddiy usul. Variatsion qatordagi xar qaysi bir variantga
bir martadan ko'p takrorlanmaganda yoki barcha
variantalar bir xil sonda takrorlanganda o'rtacha
orifmetik qiymat oddiy usul bilan topiladi.
2. Vazn usuli. Bu usul har bir variantga bir necha bor
takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni bir necha ko'p
bo'lganda (30 dan ko'p) qo'llaniladi.
3. Lahza usuli. O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida
xisoblash variatsion qatordagi har bir variantga bir necha
bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni ko'p bo'lganda
hamda matematik xisoblashlarni soddalashtirish uchun
qo'llaniladi.
Biror bir xodisaning o'zgarishi boshqa bir xodisaning o'zgarishiga
olib keladi.
Aloqadorlik ikki xil bo'ladi: funksional va korreksion. Funksional
aloqadorlik voqealarni bevosita bir-biri bilan uzviy bog'liqligini
ko'rsatadi. Bunda bir voqeaning o'zgarishi doimo ikkinchi
voqeaning ma'lum kattalikdagi o'zgarishi bilan sodir bo'ladi.
Korreksion aloqada bir xodisaning o'zgarishi, ikkinchi bir xodisani
ma'lum miqdordagi o'zgarishga olib keladi. Ammo bu o'zgarish
doimo bir xil kattalikda bo'lmaydi chunki bir xodisaning ma'lum
miqdorda o'zgarishi, faqat ikkinchi bir xodisaning o'zgarishigagina
bog'liq bo'lmay balki bir necha boshqa xodisalarning kattaligiga
xam bog'liq bo'ladi.
Aloqadorlik korrelyatsiya koeffitsiyenti
bilan o'lchanadi. Korrelyatsiya
koeffitsiyenti bor necha usulda xisoblab
topiladi.
Rang korrelyatsiya koeffitsiyenti bu
noparametrik usullardan biri bo'lib,
birinchi marta u Spirmen tomonidan
taklif etilganligi uchun ham Spirmen
usuli deb ataladi.
Spirmen usulida korrelyatsiya
koeffitsiyenti quyidagi
formula bilan hisoblanadi:
???????
bu yerda
S- korrelyatsiya koeffitsiyenti
d- ranglar orasidagi farq
h- juftlar soni
2. Juft korrelyatsiya koeffitsiyenti (Pirson usuli). Sonlardan
tashkil topgan ikki taqqoslanayotgan qatorlar orasidagi
korrelyatsiya koeffitsiyentini xisoblash uchun qo'llaniladi.
Juft korrelyatsiya koeffitsiyenti quyidagi formula orqali
xisoblanadi:
??????
bu yerda:
r- korrelyatsiya koeffitsiyenti
dx- birinchi qatordagi variantlarning shu qator uchun
xisoblangan o'rtacha qiymatdan farqi
dy- ikkinchi qatordagi variantlarning shu qator uchun
hisoblangan o'rtacha qiymatdan farqi
Regressiya koeffitsiyenti
Bir belgining kattaligini ma'lum o'lchov birligiga
o'zgarish bilan, ikkinchi belgini kattaligini
shunga mos xolda o'zgarishga regressiya
deyiladi.
Regressiya koeffitsiyentini aniqlash formulasi:
??????
Do'stlaringiz bilan baham: |