Mavzu: 43-§. Tasviriy san’at


Baholash O‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi. Darsning borishi



Download 1,37 Mb.
bet3/3
Sana28.06.2022
Hajmi1,37 Mb.
#712212
1   2   3
Bog'liq
7-O\'zb Tar. Tasviriy san\'at. Dars ishlanma

Baholash

O‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning borishi:

I

Tashkiliy qism

3 daqiqa

II

Uy vazifasini so‘rash

7 daqiqa

III

Yangi dars mavzusini tushuntirish:

15 daqiqa

IV

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

V

Dars yakunlarini chiqarish

3 daqiqa

VI

Uyga vazifa

  1. daqiqa


I. Tashkiliy qism: Sinf xonalarini darsga tayyorlash va o‘quvchilarni fikrini darsga jalb qilish, kun yangiliklari aytib o‘tish;
II. Uy vazifasini so‘rash: Klasster usuli, jadval bilan ishlash, Krossword, aqliy hujum metodidan foydalaniladi


Jadvalni to‘ldiring




Yashagan davri

Qayerda
tug‘ilgan

Kasbi

Asarlari

Navoiy













Mirxond













Xondamir












Krossword






1
A



















2







D



















3

A













4
B



















5

I













6










Y




7










O













8







T













1. Toshkentlik shoir


2. 1475-1535-yillarda yashagan tarixchi
3. Mirxond tug‘ilgan shahar
4. Mirxondning ota-bobolari qayerlik
5. Navoiy tug‘ilgan shahar
6. Navoiyni zamondoshi, ustozi va do‘sti
7. 1438-1498-yillarda yashagan tarixchi
8. 1366-1465-yillarda yashagan shoir
III. Yangi mavzu bayoni : Tasvriy san’at mavzusini taqdimot orqali tushuntirish
XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma asarlarni ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi.
Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo‘lgan. Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z usuli va uslubini shogirdlariga o‘rgatardi. Shu tariqa xattotlik an’analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko‘chiradi. Sultonali tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o‘ymakorlik san’atida ham mohir bo‘lgan. Husayn Boyqaroning «Bog‘i Jahonoro» bog‘idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabrtoshidagi lavha Sultonali tomonidan o‘yib bitilgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sul­tonali Mashhadiy «Qiblat ul-quttob» (Kotiblar qiblasi) va «Sulton ul-xattotin» (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug ‘asi yoki kitobdor boshchi­lik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo‘lyozma asarlardan nusxalar ko‘ch.nsn va ularni bezash bilan band bo‘lgan. 1429-yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» dostoni ko‘chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.
Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.

Tasviriy san’at
XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan tasviriy san’at portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan. Musavvirlar bu tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasini aniqroq va mukammalroq tasvirlashga, ayrim hollarda hatto ulamnig ma’naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan, mashhur rassom Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham hoig‘inlik alomatlari, ham ulug‘vorlik va olijanoblik ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy san’atining ulug1 namoyandasidir. U musavvirlikda «Hirot maktabi» deb nomlangan yangi birijodiy uslubning asoschisi bo‘ldi. U ustoz san’atkor sifatida O‘rtaOsiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Behzodning ijodixilma-xil mazmunga ega boiib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. Ayniqsa, Dehlaviyning «Layli va Majnun» dostoniga bag‘ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir.
Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning ijodi va merosi san’atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o‘rganiladi. Behzod nomini abadiylashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Kari-movning 1997-yil 23-yanvardagi farmoniga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi, Milliy rassomlik va dizayn institutiga Behzod nomi berildi.
2000-yil noyabrda Toshkent, Samarqand shaharlarida va xorijiy mamlakat- larda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi, Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etildi.
Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston san’atshunos olimlari ishtiroki-da xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Xullas, tasviriy san’at asarlari bilan badiiy adabiyotning o‘zaro uzviy aloqa-da ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta’sir etganini ko‘rsatadi.
Kamoliddin Behzod zamondoshlari tomonidan Moniy Soniy (Ikkinchi Moniy deb ulug‘langan.
IV. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
a) “Epigrafika” metodi. Bunda mavzudagi atamalar harflari aralash beriladi. O‘quvhilar esa harflarni to‘g‘ri terib so‘z hosil qilishadi. Jumladan:

b) “U kim, bu nima?” metodi. Bunda bir o‘quvchi doskaga taklif etiladi. Qog‘oz tortadi va berilgan so‘zga ta’rif beradi, qolgan o‘quvchilar ta’rifga mos javobni topishadi. Masalan: Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Mirali Tabriziy, Sultonali Mashhadiy, xattot, lavvoh kabilar.

c) Mavzudan har bir kichik guruhlarga 5 talik test beriladi.




1 Kim nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi?
A) Kamoliddin Behzod. B) Mirali Tabriziy.
C) Sultonali Mashhadiy. D) Mahmud Muzahhib.
2. 1330-1404-yillarda kim yashagan?
A) Kamoliddin Behzod. B) Mirali Tabriziy.
C) Sultonali Mashhadiy. D) Mahmud Muzahhib.
3. Sultonali Mashhadiy nechanchi yillarda yashagan?
A) 1431-1519-yillarda. B) 1432-1520-yillarda.
C) 1433-1521-yiIlarda. D) 1434-1522-yillarda.
4. Sultonali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan qanchadan ziyod kitob va ko‘pgina qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan?
A) 50. B) 60. C) 70. D) 80.
5. Sultonali Mashhadiy xattotlikdan tashqari yana qaysi san’atda ham mohir bo‘lgan?
A) musavvirlik B) lavvohlik C) sahhoflik D) o‘ymakorlik


6. Kim “Qiblat ul-quttob” (Kotiblar qiblasi) nomi bilan shuhrat topadi?
A) Kamoliddin Behzod. B) Mirali Tabriziy.
C) Sultonali Mashhadiy. D) Mahmud Muzahhib.
7. Kim “Sulton ul-xattotin” (Xattotlar sultoni) nomi bilan shuhrat topadi?
A) Kamoliddin Behzod. B) Mirali Tabriziy.
C) Sultonali Mashhadiy. D) Mahmud Muzahhib.
8. Temuriylar davrida qaysi shaharlarda maxsus saroy kulubxonalari tashkil etilgandi?
A) Samarqand va Hirotda B) Samarqand va Buxoroda
C) Samarqand va Keshda D) Buxoro va Shohruhiyada
9. Temuriylar davrida kitobxona ishlariga kim boshchilik qilgan?
A) dodxoh B) kitobxona dorug‘asi yoki kitobdor
C) muhassil D) yasovul
10. Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur kutubxonasida qachon Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” dostoni ko‘chirilgan?
A) 1429-yil. B) 1430-vil. C) 1431-yil. D) 1432-yil.


V. Darsni yakunlarini chiqarish: O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob beriladi. Faol o‘quvchilar rag‘batlatiriladi va baholanadi
VI. UYGA VAZIFA: Mavzuni o‘qib, savol va topshiriqlarni bajarish
Savol va topshiriqlar:

1. Kitobat san’ati bilan bog‘liq yana qaysi sohalar nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi? Nega aynan ushbu sohalar rivojlangan deb o‘ylaysiz?
2. Xattotlik san’ati haqida qanday tasavvurga ega bo‘ldingiz?
3. Kutubxonalarning rivojlanganligini misollar bilan tushuntiring.
4. XV asrda tasviriy san’at qanday tasvirlardan iborat bo‘lgan?
5. Kamoliddin Behzod haqida qisqacha axborot tayyorlang.
Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish