MAVZU №4
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA HISOBIY YUKLAMA VA UNI
ANIQLASH USULLARI
Reja:
1. Hisobiy yuklama
tushunchasi
2. Hisobiy yuklamani aniqlashning asosiy usullari
3. Hisobiy yuklamani aniqlashning yordamchi usullari
1. Hisobiy yuklama tushunchasi
Zamonaviy sanoat korxonasining elektr ta’minoti tizimini loyihalashda
yechilishi kerak bo‘lgan murakkab texnik-iqtisodiy
masalalarning asosini
ko‘tilayotgan elektr yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash tashkil etadi. Elektr yuklamalarni
hisoblash har qanday elektr ta’minlash tizimini loyihalashda birinchi boskich
hisoblanadi. Elektr yuklamalarning ko‘rsatgichlari elektr tizimiga sarf bo‘ladigan
kapital
mablag‘larni,
rangli
matellar
sarfini,
elektr
energiyasining
nabudgorchiligini va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilaydi. Agar hisobiy quvvatni
oshirib aniqlansa kapital mablag‘larni ortishiga, tanqis bo‘lgan elektr qurilmalar va
o‘tkazgichlarni to‘la imkoniyat darajasida ishlamasligiga va elektr energiyasining
nabudgarchiligini oshishiga sabab buladi. Yuklamani
kamaytirib aniqlash esa,
elektr qurilmalarini tez ishdan chiqishiga, ayrim agregatlarning
ish unumdorligini
kamayishiga elektr ta’minoti tizimida nobudgorchiliklarni oshishiga elektr
energiyasi sifat ko‘rsatgichlarini yomonlashishiga va elektr ta’minoti
tizimining
ishonchligini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun kutilayotgan yuklamalarni
to‘g‘ri aniqlash elektr ta’minoti tizimini optimal
loyihalashtirishning asosiy
omilidir.
Hisobiy aktiv quvvat sifatida shunday davomli o‘zgarmas yuklama qabul
qilinadiki, uning ta’siridan o‘tkazgich haroratining oshishi
yoki izolyatsiyaning
issiqlikdan eskirish darajasi, kutilayotgan o‘zgaruvchan yuklamadagiga ekvivalent
bo‘ladi.
Smena davomida ma’lum vaqt oraligi(10 min. yoki 30 min. yoki 60 min.
yoki...) uchun olingan barcha o‘rtacha quvvatlarning eng kattasi maksimal quvvat
sifatida qabul qilinadi. Elektr ta’minoti tizimining elementlarini ularning qizishi
nuqtai
nazaridan qabul qilinsa, hisobiy quvvat sifatida 30 minutli maksimal
yuklama olinadi. Bu vaqt oralig‘i ko‘ndalang kesim yuzasi kichik va o‘rta bo‘lgan
o‘tkazgichlarining qizish vaqt doimiyligiga yaqin hisoblanadi. Agar sex tarmoqlari
o‘tkazgichlarining qizish vaqt doimiyligi 0,5 soatdan katta bo‘lsa,
maksimum
koeffitsientining miqdori quyidagi munosabat orqali qayta hisoblanadi:
К
K
t
mt
m
1
1
2
Bu yerda,
K
m
- maksimum koeffitsientining vaqt doimiyligi 0,5 soat
bo‘lgandagi qiymati;
K
m.t
- maksimum koeffitsientining vaqt doimiyligi
t
bo‘lgandagi qiymati.
Ko‘ndalang kesim yuzasi har xil bo‘lgan o‘tkazgichlar uchun qizish vaqt
doimiyligi T ning miqdorlar (min.) quyidagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval