Dam olish daqiqasi Husnixat derlar meni,
Kimki chiroyli yozsa,
Biling shuni do`stlarim,
Maqtayman uni rosa.
Maqollar bahsi Ilmsiz - bir yashar, Ilmli - ming yashar.
Ona yurting - oltin beshiging.
Izzat tilasang, ko'p dema, . Sihat tilasang, ko'p yema.
Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.
Duo bilan el ko'karar, Yomg'ir bilan yer ko'karar.
El qo'risang, o'zarsan, Qo'rimasang, to'zarsan.
Vaqting ketdi - naqding ketdi.
222- mashq. O'qing.
Qo'shiq kuylar qizaloq,
Tinglar bog'lar, dalalar,
Ovozi sho'x qo'ng'iroq,
Qo'shiq nurday taralar (Rauf Tolib) Ko`plikdagi otlarni birlikdagi otlarga aylantirib yozing. Kuylar – kuy Bog`lar- bog` Dalalar- dala IV-Yangi mavzuni mustahkamlash: ,,Charxpalak” metodi asosida
I-guruh
N
Birlikdagi otlar
Ko`plikdagi otlar
1
Kitob
?
2
Qalam
?
3
Ruchka
?
4
qog`oz
?
II-guruh
N
Birlikdagi otlar
Ko`plikdagi otlar
1
?
Olmalar
2
?
Noklar
3
?
Uzumlar
4
?
Qovunlar
III-guruh
N
Birlikdagi otlar
Ko`plikdagi otlar
1
Terak
?
2
Chinor
?
3
Archa
?
4
Qayin
?
V-Baholash. Rag`bat kartochkalari orqali o`quvchilar bilimlarini baholash. Baholash marosimida har bir o`quvchining bahosini izohlab berish. Baholash vaqtida o`quvchilarni shaxsiy munosabatlarini emas, balki bilimlarini, sayu-harakatlarini hisobga olish.
VI-Uyga vazifa. 223-mashq. Berilgan qoidani yodda tuting!
Toxir Malik “Alvido yoshligim” qissasiga ESSE
Har bir inson tug`ilib voyaga yetar ekan, hayotda o`z yo`lini topishda, hayotda o`z qadr qimmatini bilish hamda hayotida o`z hayot yo`lini belgilashda unga hamroh bo`luvchi bu buyuk kitobdir.
Kitob muzlagan dengizni yorishga qurbi yetadigan quroldir. Shunday ekan barchamiz kitob o`qishga shoshilaylik. Men ko`pgina badiiy va ilmiy ommabop kitoblar o`qib turaman. Eng so`ngi o`qigan kitobim bu yozuvchi Toxir Malik qalamiga mansub “Alvido bolalik” qissasidir. Yozuvchi Toxir Malikning ko`plab kitoblari nashrdan chiqqan bo`lib barchasi kitobxonlar ko`nglidan joy topib kelmoqda. O`qiganlarning barchasi ma’naviy ozuqa olgan deb o`ylayman . “Alvido bolalik” qissasini o`qib chiqib bu kitobda o`smirlar va yoshlarga to`g`ri yo`l ko`rsatibgina qolmay katta yoshdagi kitobxonlarni ham mushohadaga chorlab o`zlariga yoshlarni tarbiyalashda adashmaslik to`g`ri yo`l topishga kattalarning o`rni naqadar katta ekanligini o`qtirgan holda qissa qahramoni Qamariddin misolida ko`rsatadi. Asardagi asosiy mavzu – hechkim jinoyatchi bo`lib tug`ilmaydi. Bolani atrof muhit jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Asarning bosh qahramoni Qamariddin yoshligidan bolalar uyiga ota-onasi tashlab ketadi. U shu yerda voyaga yetar ekan, tengdoshlari oldiga tashrif buyurgan ota onalarni ko`rib ich-ichidan siqildi. Darslarga borish uchun ko`chadan o`tar ekan atrofdagi odamlar unga qarata haqoratomus so`zlarni ishlatishib Ey “xaromzodalar” bu ko’chadan o`tmanglar deyishar edi. Bu gaplar uning yurak yuragiga og`ir botardi. Bu so`zlardan uning ko`nglida shunday fikrlar aylanardi-“ Nega bizni haqoratlashadi, bizning aybimiz nima tashlab kegan ota-onamizku!. Bu hol qayta takrorlanavergach Qamariddinnig yuragida qasos alangasi o`t oldi. Kunlarning birida bolalar uyidagi tengdoshlari bilan o`sha ko`chadan
o`tayotganda yana o`sha odamlarning “Yana xaromzodalar kelyapdi” degan gapi uning qulog`ga chalinadi va o`sha ondayoq uning ko`zlari qonga to`lib bu gapni aytgan bolalarni ham otalarini ham yerdagi tosh bilan urib xushidan ketkazadi. Uning jinoyat olamiga ilk qadami shu joydan boshlanadi. Bora bora uning jinoyatlari xasis boylar va bolalarni xo`rlaydiganlarga qaratiladi. Asar oxirida anhordan topilgan murdaning xam qotiliga aylanadi. Jinoyat qiiruv bo`limi maayyor Soliyev tergov uchun bergan savolariga u quyidagicha javob beradi. “Mana men ichki ishlarda ishlagim keladi lekin siz meni ishga olmaysiz chunki menga ishonmaysiz – o`tmishim chatoq-da. Meni shunday yaratib qoygan Xudoning o`zi ham hayron bo`lsa kerak. Vaqti kelib u dunyoda so`roq beradigan paytimda men avval shart qo`yaman. Siz avval meni bu xolga tushishga majbur qilgan bandalaringizni olib keeling ular bilan meni yuzma-yuz qiling ana undan keyin savol javobingizni boshlang deyman. Agar meni duzaxga kuyishga hukm qilishsa albatda o`shalar bilan yonib kuyaman. Boshqacha hukmiga ko`nmaman.”
Adib o`smirlar va yoshlarning jinoyat ko`chasiga kirib qolayotganiga befarq qarab turolmagan. Bolalar axloq tuzatish kalonniyalaridagi bolalar …. Ozod,erkin yashab o`qib hunar o`rganadigan yoshdagi bolalar bu yerga qanday tushib qolishadi? Bu savollar o`quvchini mushohada qilishga chorlaydi . Asar mohiyatida mustaqil O`zbekistonimiz yoshlarga yaratilgan sharoitda jinoyat yo`liga kirmasdan yaxshi bilim olib, sport bilan shug`illanib yoshlarning qadriga yetib yashashga chaqiradi.