Sana
Fan:Matematika
Mavzu: 37+53 Ko’rinishdagi misollar yechish.
Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga 37+53 ko’rinishdagi misollarni ustun qilib yechish yo’llarini tushintirishga doir bilim, ko’nikma, malaka egallaydilar. Ularni hozir javoblikka , o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.
b) O’quvchilarni milliy qadiryatlarimizni e’zozlashga , vatanni sevishga uni asrab avaylashga doir axloqiy tarbiya berish.
D) Masala va misollar yechish orqali mantiqiy va tanqidiy fikrlarni, o’quvchilarning aqliy bilim salohiyatlarini oshirish, geometrik jisimlarga tariff berish malakasini , og’zaki nutqini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars metodi: Interfaol,
Dars jihozi: Darslik, metodik qo’llanma, ko’rgazmali qurollar, tarqatma material, test topshiriqlari, kompyuter slaydlari.
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism (Ma’naviyat saxifasi)
O’qituvchi: Navbatchi:
Qani ayting bolalar Menman bugun navbatchi
Kim navbatchi bo’ladi Gullarga suv quyuvchi ,
Ushbu kunning hisobin Bo’rni olib keluvchi
Menga aytib beradi. Ustozimga yordamchi.
Navbatchi axbarotini tinglash , fasil haqida suhbat, “ Matemateka “ she’rini tinglash.
Aziz o’quvchilar biz bugungi darsimizni musobaqa tarzida ya’ni “Breyn -ring” o’yini orqali olib boramiz. Avvalo bu so’zning ma’nosini bilishimiz kerak.
“Breyn” inglizcha so’zdan olingan bo’lib –miya, “ring”- bellashuv degan ma’nolarni anglatadi . Demak, bugungi darsimizni bellashuv asosida o’tamiz.
II O’tilgan mavzuni so’rash. (Shakllar olamiga sayohat)
“Millimetr” mavzusi so’raladi.
Aziz o’quvchilar taniqli matematik olimlardan kimlarni bilasiz?
- Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Ibn Sino.
-Endi sinf o’quvchilarini matematik olimlar nomi bilan to’rt guruhga bo’lamiz. Har bir guruhning o’z “xazina”si bo’ladi. Shu xazinani o’z “jetonlaringiz” bilan ya’ni, bergan javobingiz orqali to’ldirasiz. G’olib guruh bo’lishingiz uchun ko’p “jeton” to’plashingiz kerak.
Sizlar bilan “shakllar olamiga sayohat” o’yinini o’tkazamiz. Aziz bolajonlar ushbu geometrik shakllar orqali berilgan savollarga javob topib, magnit doskamizga ajoyib manzarani hosil qilamiz.
Bu kompyuterda power point dasturi orqali taqdimot qilinadi
2014 yil qanday nomlanadi?
Orzuim sog’lom bola va kelajakda komil inson bo’lish.
Shakllarning tomonlari va yuzalari qanday uzunlik o’lchov birliklari yordamida o’lchanadi?
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib uzunlik o’lchov birliklarini “Klaster” usulida bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |