Mavzu №3: Qadimgi Xitoy va Qadimgi Hindiston tibbiyoti, buyuk namoyondalarining hayoti va ijodi.
Kadimgi Xitoy tibbiyoti. Xitoy madaniyat, fan va tibbiyot yuksak saviyada rivojlangan SHark mamlakatlariga Katoriga kirgan. Uning tibbiyoti asosan “Ney-TSzin” (“Odam tabiati va xayoti”) nomli kitobi orKali o’rganiladi. Asar muallifi Kadimgi Xitoyning mashxur tabibi Van SHu Xe bo’lib, mazkur kitobda o’sha davrda Xitoy imperatori bo’lgan Xuandi bilan tabib Van SHu Xe o’rtasidagi savol-javob keltirilgan. Xuandi savol bergan, Van SHu Xe javob bergan. Kitobda odam organizmining tuzilishi, uning tabiati, salomatlik va kasallik sabablari, kasallik belgilari, tashxis va davolash usullari aks ettirilgan.
Odam organizmi va uning tuzilishi xaKida Kadimgi Xitoy tabiblari, samoviy elementlar nazariyasi pozitsiyasida turganlar, ya’ni ular butun borlik to’rt samoviy elementdan iborat bo’ladi, binobarin, odam organizmining asosini xam shular tashkil etadi, deb o’ylaganlar.
Salomatlik va kasallik sabablari masalasida Kadimgi Xitoy tabiblari ikki Karama-Karshi kuch tushunchasida turganlar. Bu tushunchaga binoan butun xast ikki Karama-Karshi kuch ta’siri ostida bo’ladi. Odam organizmida xam shu ikki kuch doimo bir-biri bilan o’zaro “olishuv” da bo’ladi. Bulardan biri “Yan”, ikkinchisi “In” deb atalgan. Yan faol, xarakatchang kuch, In esa sust, inert kuch deb faraz Kilingan.
Kadimgi Xitoyliklar Yan deganda aktiv xarakat Kiluvchi pnevmani tushunganlar. In esa o’z xolicha xarakatsiz suyuklik, uni pnevma xarakatga keltiradi va tomirlarda okishga yordam beradi. Agar shu ikkala Karama-Karshi kuchning bir-biriga ta’siri muvozanatda bo’lsa, odam organizmi o’z sog’ligini saKlaydi. Agar bu kuchlardan biri ustun kelsa, muvozanat buziladi va kasallik paydo bo’ladi.
Kadimgi Xitoy tabiblari dori – darmonlardan foydanalnishda xam juda muxim muvafaKKiyatga erishganlar. Ular tabiatda umuman ma’lum dori-darmonlardan tashkarin yangi juda ta’sirchan o’simlik va xayvonlardan olinadigan dorilar xam kashf etganlar. Masalan, mashxur jenshen o’simligi Xitoy tabiatining eng buyuk kashfiyotlaridan biridir. xayvonlardan olinadigan dori moddalaridan birinchi o’rinda targ’il kiyik shoxidan olinadigan panti (pantokrin) moddasini ko’rsatish mumkin. Bundan tashkarin, Xitoy limoni deb ataluvchi dori xam mavjud. Xitoy tibbiyotida o’sha davrdayoK mingdan ortiK xar xil dorivor o’simliklar, mineral modddalar va xayvonlar tanasidan olinadigan dorilar ishlatilgan. Xitoy olimlari tomonidan kuzatilgan 32 jildli farmakopeya kitobi mavjud.
Kadimgi Xitoy tibbiyotining muxim yutug’i shundan iboratki, organizm bir butun sistema ekanligi e’tirof etiladi. SHunga asosan, biror a’zo kasallansa, butun organizm xastalikka uchragan, deb Karalgan. Xitoy tibbiyoti afarizmlarining birida shunday deyiladi: “agar bemorning boshi og’riyotgan bo’lsa, faKat bosh og’rig’ini, oyog’i og’riyotgan bo’lsa faKat oyog’inigina davolash bilan cheklanma, bemor odamni bus-butun davola”. Bufikr xozirgi zamon ilg’or tibbiy fan printsipiga tamomila mos keladi.
O’sha zamonda Xitoy tabiblari Katorida Van SHu Xe dan boshka xam buyuk tabiblar bo’lgan. SHulardan Byan TSio, Xua Tu nomli tabiblar aloxida e’tiborga sazovordirlar.
Byan TSio eramizdan oldingi VI asrda yashagan. Uning “Kiyinchilik xaKida kitob” nomli asari ma’lum. Bu asarda muallif odam anatomiyasi, fiziologiyasi, kasallik sabablari, belgilari, tashxis va davolash usullarini bayon etadi. Byan TSio igna sanchib davolashda juda xam moxir edi. U ayollar kasalliklarini va bolalarga xos kasalliklar xaKida ancha to’liK ma’lumot bergan.
SHunday Kilib, Kadimgi SHarkda, Misrdan so’ng tibbiyot eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat – Xitoy edi. Xitoy tibbiyoti xind, Tibet, Mo’g’iliston va O’rta Osie tibbiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Kadimgi SHarkning buyuk davlatlaridan biri Xindistondir. Bu mamlakat xam kadimiy an’analarga boy. Tibbiyot soxasida xam Kadimgi xindiston tibbiyoti tarixini o’rganishda asosiy manba’ bo’lib Ayur Vedalar xisoblanadi. “Ayur veda” so’zi “xayotni bilish” - degan ma’noni bildiradi. Tarixda uchta Ayur Veda mavjud. Bular - Sushruta Ayur Vedasi, CHaraki va Atreyn Ayur Vedasi. Bular ichida Sushruta Ayur Vedasi aloxida e’tiborga molik. Bu kitob eramizdan oldingi VI asrda yozilgan deb taxmin Kilinadi. Kitobda odam organizmining tuzilishi, uning tabiati, sog’liKni saKlash masalalari, kasalliklarni aniKlash va uning kelib chiKish sabablarini belgilash masalalari bayon etilgan. Kasalliklarni davolashga aloxida e’tibor berilgan.
Odam organizmining tuzilishi va tabiati masalasida Kadimgi xindiston tabiblari Xitoy olimlari kabi samoviy elementlar tushunchasiga asoslanganlar. xindlar ma’lum to’rt elementga yana beshinchi – iloxiy elementni Ko’shdilar. Bu elementlar organizmga ovkatsifatida kiradi va me’dada xilusga aylanib, ichaklar orKali tanaga singadi va barcha a’zolar tarkibiy Kismiga kiradi. xind tabiblarining fikricha, odam organizmining tabiati shu samoviy elementlar xossalari bilan belgilanadi.
Qadimgi hind tabiblarining jarrohlik sohasidagi eng buyuk yutug’i plastik operatsiyadir. Bunda biror yetishmagan a’zo yoki uning qismi tiklanadi. Bunday operatsiya usullari u vaqtda faqat Hindiston tibbiyotida qo’llanilgan. Plastik operatsiya sohasida ayniqsa Sushrutaning o’zi mashhur bo’lgan. Sushruta burun, quloq, lab kabi organlarni plastik yo’l bilan qayta tiklash usulini juda mohirlik bilan amalga oshirgan. Bu operatsiyalar " Hind usuli" nomi bilan mashhur bo’lgan. Umuman hind jarrohlari 2UUdan ortiq bunday asboblar ishlatganlar.
Atreyin, CHaraki Ayur Vedalari ham qadimgi Hindiston tibbiyoti tarixida muxim rolь o’ynagan. Qadimgi Hindistonning mashhur tabiblaridan yana Dvanxatarani ko’rsatish mumkin. Bu olim ham tibbiyotga oid maxsus kitob yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |