2. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar
Bu darsda kompyuterning operatsion sistemasining tashkil etuvchi dasturlari haqida ma’lumotlar olasiz.Bu dasturlarning nomlanishi va vazifalari bilan tanishasiz.
Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda turli-tuman peratsion sistemalar dan foydalaniladi.Yildan-yilga ularning yangidan-yangi versiyalari paydo bo’lmoqda.Har bir operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlari bo’ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastlabki MS DOS (Microsoft Disk Operation System –“Microsoft firmasida yaratilgan diskli operatsion sistema”) operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlari bilan tanishib chiqaylik.
Operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabigina bo’lib qolmay,ular kompyuterlarni nafaqat amalda ish bajarishga,balki o’zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur qiladi.Mazkur dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas,bizning ko’rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik,muammo yuzaga kelmasligi uchun yaratiladi va qo’llaniladi.
DOS asosan quyidagi asosiy dasturlardan tuzilgan:
BIOS – ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi;
Boot Record – operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur;
BIO.COM –ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish modulli dasturi;
DOS.COM – amallarni bajarishda yuzaga keladigan uzulishlarni tahlil qilish modulli dasturi;
COMMAND.COM – buyruq protsessori.
Buyruq protsessori sistemali diskning ixtiyoriy joyida joylashishi mumkin.Buyruq protsessorining asosiy vazifasi foydalanuvchilarning DOS ga yuborgan ko’rsatmalarini tahlil qilish va,lozim bo’lganda,bajarish hamda foydalanuvchi dasturining buyruqlarini qayta ishlashdan iborat.
Foydalanuvchi va EHM o’rtasidagi muloqot foydalanuvchi tomonidan DOS ga ketma-ket beriladigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida tashkil etiladi.Bu buyruqlar DOS tushunadigan til va sshaklda bo’lishi kerak.Har bir buyruq o’z nomiga ega.Buyruqlar nomlaridan tashqari turli o’lchamlar hamda kalitlarga ega bo’lishi mumkin.Buyruq nomini klaviatura yordamida ekranga yozib “Enter” tugmasini bosish orqali buyruqni kompyuter tomonidan bajarishiga uzatish ishi tugallanadi.
Dos buyruqlari disklarni ishga tayyorlash,magnit disklardagi axborotlarni ko’chirish,o’chirish,displeyni ishlash holatini o’zgartirish,matnlarni displeyga yoki chop etish qurilmasiga chiqarish kabi vazifalarni bajaradi.Ular ichki va tashqi buyruqlarga bo’linadi.COMMAND.COM dasturida mujassamlangan buyruqlar ichki buyruqlar deb atalsa,DOS tashqi buyruqlari operatsion sistema bilan birgalikda tavsiya etiladigan alohida-alohida dasturlardan iborat.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlari deganda nimani tushunasiz?
2.Operatsion sistemaning tashkil etuvchi dasturlarini sanang.
3.BIOS dasturi qanday vazifalarni bajaradi?
4.BIO.COM va DOS.COM dasturlarini o’xshashligi nimada?
5.Boot Record dasturi nima uchun kerak?
6.Tashkil etuvchi dasturlardan birontasi bo’lmasa,operatsion sistema ishlaydimi?
7.DOS ning buyruqlari qanday turlarga bo’linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |