Mavzu №3. Operatsion tizimlar va ular bilan ishlash. Windows OT
Reja:
1. Operatsion sistema haqida tushuncha
2. Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar
Bu darsda operatsion sistema haqida tushuncha olasiz. Operatsion sistemaning imkoniyatlari va vazifalari bilan tanishasiz.Operatsion sistema turlari haqida ma’lumot olasiz.
Operatsion sistema-foydalanuvchi bilan kompyuter muloqotini va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil etishga mo’ljallangan o’zoro aloqador sistemali dasturlar majmuidir.
Kompyuter tok manbaiga ulangach,operatsion sistema eng avval yuklanadi va boshqa dasturlarning ishlashi uchun zamin yaratadi.Operatsion sistema inglizcha “operating system” so’zidan olingan bo’lib,u kompyuter qurilmalarini hamda boshqa dasturlarni ishlashini boshqaradigan kompyuterning dasturlar majmuasi hisoblanadi.Operatsion sistema birinchi tomondan kompyuter va uning qurilmalari o’rtasidagi vositachilikni bajarsa,ikkinchi tomondan foydalanuvchi bilan kompyuter muloqotida vositachilik qiladi.Operatsion sistema odatda diskning tashqi xotirasida saqlanadi.
Operatsion sistemalarni yaratilish tarixi kompyuterlarning birinchi avlodlaridan foydalanishga taqaladi.1940 yillarni boshida universal kompyuterlarni paydo bo’lishiga xizmat ko’rsatuvchi dasturlardan foydalanish saba bo’lgan.Bu dasturlar majmuasida foydalanuvchini ishini engillashtiruvchi dasturlar kiritilgan edi.Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar ma’lumotlarni kiritish va olishdagi harakatlar sonini qisqartirdi.1950-1960 yillardan so’ng operatsion sistemaning vazifalarini aniqlash bilan birga va amalga oshirishga erishildi. Ya’ni,shunday dasturlar majmuasi yaratildiki,bu foydalanuvchining kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Operatsion sistema quyidagi vazifalarni bajaradi:
Har xil turdagi kompyuterlarda turli xil imkoniyatlarga ega bo’lgan operatsion sistemalardan foydalaniladi.Ana shu imkoniyatlarga qarab operatsion sistemalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1.Bir vazifani bajaruvchi bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan operatsion sistemalar –bunda bitta foydalanuvchi bitta klaviatura orqali birgina vazifani bajarishi mumkin.
2.Chop etish imkoniyati bo’lgan bir vazifani bajaruvchi bitta foydalanuvchiga mo’ljallangan operatsion sistemalar –bunda yuqorigidan farqli operatsion sistema chop etish vazifasini ham bajaradi.
3.Bir foydalanuvchiga mo’ljallangan ko’p vazifali operatsion sistemalar –bunda operatsion sistema foydalanuvchiga bir necha vazifalarni bajarish orqali imkoniyatlarni kengaytiradi.
4.Ko’p foydalanuvchiga mo’ljallangan ko’p vazifali operatsion sistemalar – bunda operatsion sistema bitta kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlash imkoniyatini beradi.
Turli dastrularni ishlab chiquvchi kompaniyalar bu dastur qaysi modelga mos kelishini bilmaydilar.O’z navbatida kompyuter ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqargan kompyuter modeliga qaysi dastrular bilan ishlashini bilmaydilar.Ana shu kompyuter bilan dasturlar o’rtasidagi aloqani va foydalanuvchi bilan muloqotni operatsion sistemalar amalga oshiradi.Operatsion sistemani vazifasini quyidagi sxema orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin:
Foydalanuvchi Apparat ta’minoti
Dasturlar
Ba’zi hisoblash texnikalarida operatsion sistemalardan foydalanilmay di.Bugungi kunda turmushda foydalanilayotgan ma’ishiy jihozlarda, avtomobill arda,uyali telefonlarda ichki qurilgan mikrokompyuterlar mavjud.Chunki ularda kompyter bir turdagi vazifani qayta-qayta bajaradi.Ularga operatsion sistemani keragi yo’q.Turli o’yinlarga mo’ljallangan kompyuterlarda ham operatsion sistema ishlatilmaydi.Ular kompakt diskka yozilgan dastur yordamida ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |