VD -0
0
29′
GD 125
0
06′
Teodolitni tekshirish tartibi:
1. GD alidadasidagi satxning silindrik o`qi teodolitning aylanish o`qiga
perpendikulyar bo`lishi kerak.
2. Ko`rish trubasining o`qi, trubaning aylanish o`qiga perpendikulyar bo`lishi
kerak.
3. Ko`rish trubasining o`qi, teodolitning aylanish o`qiga perpendikulyar
bo`lishi kerak.
4. Iplar to`rining to`g`ri joylashtirilishi kerak.
5. VD ning 0 o`rni xar doim 0 ga yaqin bo`lishi kerak.
Teodolitlar ma`lum mexanik, optik va geometrik talablarga javob beradigan qilib
yasaladi.
Lekin asbob eskirishi yoki shikastlanishi mumkin. Shuning uchun teodolitni
ishlatishdan oldin uni sinab va tekshirib, kamchiligi bor-yo`qligini aniqlash,
topilgan nuqsonlarini bartaraf qilish kerak.
Teodolitni sinash bilan tekshirishning farqi bor. Sinash deganda, uning
ayrim qismlarining sifatiga baho berish tushuniladi. Sinash paytida teodolit ayrim
qismlarining ma`lum talablarga mos kelish-kelmasligi va detallarning benuqson
ishlashi, limb bo`laklari qiymatlarining to`g`riligi, alidadaning eksentrisiteti
yo`qligi, adilak pufakchasining o`rnidan erkin va ravon qo`zg`alishi, qarash
trubasidan buyumning ravshan ko`rinishi, sferik va xromatik aberratsiyalar ta`siri
yo`qligi aniqlanadi. Teodolitni tekshirish deganda, uning tuzilishi sharti bo`yicha,
ayrim qismlari o`rtasidan o`zaro geometrik nisbatlarni aniqlash tushuniladi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, ayrim qismlarning o`zaro munosabatini
keragicha moslashga teodolitni sozlash yoki rostlash (yustirovka) deyiladi.
Teodolitni sinash va tekshirishdan avval uning shtativga mustahkam
o`rnatilganligini, limb, alidada, qarash trubasi o`qlari atrofida ravon aylanishini,
mahkamlash, ko`tarish va yo`naltirish vintlari to`g`ri va bemalol buralishini
aniqlash kerak.
Teodolitni tekshirganda uning asosiy o`qlari yoki qismlari bir-biriga
nisbatan geometrik jihatdan to`g`ri o`rnatilganligiga ahamiyat beriladi. Takroriy
teodolitda limb o`qi, asosiy (vertikal) o`q
MM
1
(2-rasm), qarash trubasining
aylanish o`qi
HH
1
, vizir o`qi
WW
1
shuningdek har bir adilakning o`qi
PP
1
tekshirilishi shart.
Teodolitni tekshirishni tartibini yanada yaxshiroq tasavvur qilish uchun
teodolit quyidagi talablarni qondirishi shart:
1.gorizontal doira har bir adilagining o`qi teodolitning asosiy o`qiga
perpendikulyar, ya`ni
PP
1
⊥
MM
1
bo`lishi kerak. Bu quyidagicha tekshiriladi.
Adilak tekisligining ikkita ko`tarish vintiga parallel qilib o`rnatiladi, vintlar
qarama-qarshi tomonga buralib, adilak pufakchasi o`rtaga keltiriladi. So`ngra
adilak o`qi uchinchi ko`tarish vintiga parallel o`rnatiladi va bu vintni ham burab
pufakcha o`rtaga keltiriladi. Keyin adilak o`qi 180
o
aylantiriladi, shunda pufakcha
chetga jilmay, o`rtada turaversa, adilak o`qi teodolitning aylanish o`qiga nisbatan
perpendikulyar o`rnashgan bo`ladi. Adilak pufakchasi og`ishgan taqdirda avvalo
sozlash vinti yordamida, keyin ko`tarish vintlari yordamida o`rtaga keltiriladi.
Teksirish bir-necha marta takrorlanadi. Gorizontal doirada ikkinchi adilak bo`lsa, u
ham birinchi adilak kabi tekshiriladi;
2. qarash trubasining vizir o`qi aylanish o`qiga perpendikulyar ya`ni
WW
1
⊥
HH
1
bo`lishi kerak. Bu quyidagicha tekshiriladi: teodolitning aylanish o`qi
vertikal holatga keltiriladi va to`rdagi iplarning kesishish nuqtasi ravshan
ko`rinadigan biror nuqtaga vizirlanib, ikkala vernyerdan sanoq olinadi,
sanoqlarning o`rtacha arifmetik miqdori chiqariladi. Qarash trubasi zenit bo`yicha
aylantiriladi va alidadani 180
o
burib, qarash trubasi yana shu nuqtaga vizirlanadi.
Vernyerdan sanoq olinadi va sanoqlarning o`rtacha arifmetik miqdori chiqariladi.
Olingan sanoqlarning bir-biriga tengligi trubaning vizir o`qi asbobning aylanish
po`qiga perpendikulyarligini bildiradi. Sanoqlar farqi vernyer aniqligining 3 ga
ko`paytirilgani (3
t
) dan katta bo`lsa, uni to`g`rilash kerak. Bunday xatoga
kollimatsion xato deyiladi. Kollimatsion xatoni yo`qotish uchun alidadaning
mikrometri yordamida birinchi vernyer ikki marta olingan sanoqlarning o`rtacha
arifmetik qiymatiga qo`yiladi. Shunda to`rdagi iplarning kesishish nuqtasi
vizirlangan nuqtadan bir oz chetlashadi. Iplarning kesishgan nuqtasi sozlash
vintlari yordamida vizirlangan nuqtaga keltiriladi. So`ngra tekshirish takrorlanadi;
3. qarash trubasinig ylanish o`qi teodolitning aylanish o`qiga
perpendikulyar, ya`ni
HH
1
⊥
MM
1
bo`lishi kerak. Bu shartni tekshirish uchun
asbobning aylanish o`qi vertikal holatga keltiriladi va to`rdagi iplarning kesishish
nuqtasi
bino
devorining
baland qismida joylashgan
biror nuqtaga (-rasm
A
nuqta) vizirlanadi. So`ngra
trubaning obyektivli tomoni
pastga tushurilib,devorda
A
nuqtaning proyeksiyasi-
a
1
nuqta belgilanadi (bu nuqta
yerdan bir oz balandroqda bo`lishi kerak). Truba zenit orqali 180
o
aylantirilib,
so`ngra yana shu nuqtaga vizirlanadi. Trubaning obyektivli tomoni pastga
tushuriladi. Shunda to`rdagi iplarning kesishgan nuqtasi oldin belgilangan
a
1
nuqtaga to`g`ri kelsa, asbob yuqoridagi shartga mos bo`ladi. Aks holda devorda
a
2
belgilanadi. Bunday paytda truba aylanish o`qi teodolit aylanish o`qiga
perpendikulyar bo`lmaydi. Bu nuqsonni yo`qotish uchun
a
1
va
a
2
nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziq teng ikkiga bo`linib, shu joy
a
3
bilan belgilanadi. So`ngra
trubaning biror tayanchidagi sozlash vintlaridan birini burab bo`shatish va
ikkinchisini burab mahkamlash yo`li bilan iplar kesishgan nuqta devordagi
a
3
nuqta ustiga to`g`ri keltiriladi. Keyin tekshirish yana takrorlanadi;
4. iplar to`rining vertikal chizig`i trubaning aylanish o`qiga perpendikulyar
bo`lishi kerak. Bu shartni tekshirish uchun asbobning aylanish o`qi vertikal holatga
keltiriladi, iplarning kesishish nuqtasi ixtiyoriy biror nuqtaga to`g`rilanadi. So`ngra
truba aylanish o`qi atrofida mikrometr vint yordamida sekin-asta aylantirilib, iplar
to`rining vertikal chizig`i vizirlangan nuqtaga nisbatan siljishi kuzatiladi. Vertikal
chiziq har gal vizirlangan nuqtani to`ssa, shart bajarilgan bo`ladi, nuqtani to`smasa
sozlash vintlari nburab bo`shatilib, vertikal chiziq shart bajarilganga qadar buriladi,
keyin vintlar burab mahkamlanadi. So`ngra tekshirish takrorlanadi.
Yo`nalishlar azimutini o`lchashdan oldin teodolitning bussolini ham
tekshirish kerak. Barcha tekshirishlar talabga javob bersa o`lchash ishlari olib
borish uchun tavsiya etiladi.
Laboratoriya ishini himoya etish uchun teodolitni tuzilishini va tekshirish
tartibini talaba yod olishi kerak bo`ladi.
Qo`shimcha savollar:
1. To`g`ri burchakli koordinatalar tizimlariga nimalar kiradi?
2. Adilak nima?
3. Bussol nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |