Mavzu: 2-sinfda matematikadan integratsiyalashgan darslar kirish I bob. Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslardan foydalanishning nazariy asoslari


Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslardan foydalanishning pedagogik ahamiyati



Download 0,73 Mb.
bet3/6
Sana04.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#634801
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-SINFDA MATEMATIKADAN INTEGRALLASHGAN DARSLAR (2)

1.2. Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslardan foydalanishning pedagogik ahamiyati
Inson o’z kamoloti davomida turli yo‘nalishda tarbiyalanadi. Ular ma’naviy, ma’rifiy, ekologik, vatanparvarlik, huquqiy, mehnatsevarlik, fuqarolik, estetik, jismoniy va iqtisodiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda joriy etilgan. Ular ichidan iqtisodiy tarbiya yosh avlodni jamiyat va davlat, qolaversa, oiladagi jarayonlarga ongli munosabatini shakllantirish bilan birgalikda, tejamkorlikni, isrofgarchilikka nafratni, ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni, tashabbuskorlik, iqtisodiy hisob-kitob va shu kabi iqtisodiy jihatlarni qamrab oluvchi insoniy fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qiluvchi tarbiyaviy asosdir. Demak, iqtisodiy tarbiya insonning ham ma’naviy jihatdan, ham moddiy jihatdan yuksaklik sari sa’y-harakatlarini ta’minlashdan iborat.
Barkamol avlodni tejamkorlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati beqiyos. Ma’lumki, insonning kundalik turmush tarzi mehnat yoki boshqa bir faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda mehnat
(xoh jismoniy bo‘lsin, xoh aqliy) sarfining nechog‘liq kam bo‘lib, yuqori samaradorlikka erishish muhimdir.
Kam mehnat sarflab, ko‘proq (yaxshiroq) natijani qo‘lga kiritish ushbu sohadagi optimal variant hisoblanadi. Iqtisodiy tarbiya talabayoshlarning tevarak-atrofdagi muhitni, muayyan buyumlarni anglab, ularni avaylab-asrash va bilib olishning mustahkam vositasi bo'lib, ularga nazariy bilimlarni qo‘llash imkoniyatini yaratib beradi va ularning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi.
O'zbekiston Respublikasida, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko'nikma, malakalarni shakllantirish o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tarbiya - o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo'jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko'paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to'g'ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiy tarbiya ta'lim muassasalarida yo'lga qo'yilayotgan iqtisodiy ta'lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta'lim muassasasi va jamoatchilik o'rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda o’quvchilar ongida tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik kabi iqtisodiy jihatlarni o‘z ichiga oluvchi xislatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • o'quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish;

  • o'quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;

  • ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko'nikma va malakalarini shakllantirish;

  • ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;

  • o'quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;

  • ular tomonidan tor doirada bo'lsada tadbirkorlik faoliyatining yo'lga qo'yilishiga erishish.

Iqtisodiy tarbiyada tejamkorlik, tadbirkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob, oila budjeti va boylik kabi tushunchalarning muhim ahamiyati bor.
Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan.
Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob - Qur’oni Karimda va muqaddas kitob - Hadisi sharif hamda «Avesto» bitiklarida ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etilgan.
Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo‘yicha alohida xodim faoliyat ko‘rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb etilgan.
Bu borada Forobiyning «Inson o‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi», degan fikri o‘rinlidir.
Forobiy: «Mulk ottirishda unchalik xavf yo`q, ammo uni ehtiyot qilib saqlamaslik mumkin emas. Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo`qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab o`z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon ish hisoblanmaydi».
Forobiy odamlarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalashga e'tiborni qaratadi.
«Agar shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo`lsa, u holda ular qonun o`rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar» dеb yozadi.
Ko`rsatilgan qonunlar asosidagi tarbiya ya'ni huquqiy tarbiya jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi. Huquqiy tarbiya faqat o`zinigina emas, balki boshqalarni ham o`ylab, ishning ko`zini bilib yashashga, xizmat qilishga, mulkdan, rеsurslardan to`g`ri foydalanish ulardan yaxshi natija olishga yo`l ochib bеradi. Bu fikrlar bugungi kunda Rеspublikada bozor munosabatlari qaror topib, mulkdorlar sinfi shakllanib borayotgan bir vaqtda katta ahamiyat kasb etadi.
Forobiyning iqtisodiy qarashlarida ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xarajatlar, ularning miqdori, ularni taqsimlash, ulardan oqilona foydalanish masalalari ham o`rin olgan. Yashash uchun zarur bo`lgan mablag`lar, mahsulotlar va mulk to`g`ri taqsimlanmasa, mе'yori bilan xarajat qilinmasa, bunday ishdan noma'qulchilik kеlib chiqadi. «Bu boshqarilishi eng qiyin bo`lgan ishdir», kimdakim o`z ehtiyojida bo`lgan mulkni foyda chiqarish uchun muomalaga qo`ymasa, uni faqat o`zi uchungina jamg`arsa, juda katta zarar kеltiradi».
Forobiy taqsimot masalalariga o`ziga xos yondoshadi. U jamiyat va odamlar qo`lidagi mulk va noz-nе'matlarni to`g`ri taqsimlash yo`lga qo`yilmasa, ko`pchilik aholi nochor ahvolga tushib qolishi mumkin, dеgan xulosaga kеladi va taqsimot mavjud mulk, mahsulot, boyliklar hisobini to`g`ri yo`lga qo`yishini uqtiradi. «Avvalo: еr va joylarning miqdori, kеyin ularning egalari va tutgan o`rinlari, so`ngra nihoyatda zarur bo`lgan narsalar: oziq-ovqatlar, ekiladigan еrlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi zarur» dеb ko`rsatadi.
Forobiy yana o`z asarlarida iqtisodiyot fanining muhim tushunchasi (katеgoriyasi) bo`lgan ehtiyojlar masalasiga alohida e'tibor bеrib, ehtiyojlarini qondirishda mеhnatning o`rni bеqiyos ekanligini ta'kidlaydi.
Sharq iqtisodiy tafakkurida ehtiyojlar va ularni qondirish masalalariga alohida e'tibor bеriladi. Chunki bu ehtiyojlar tizimida insonning shunday ehtiyojlari borki, ular faqat harakat qilish, mеhnat va yaratuvchanlik (ishlab chiqarish) natijasidagina qondiriladi. Ma'lumki, inson ehtiyojlari orasida eng muhimi, mеhnat qilish ehtiyoji bo`lib boshqa barcha ehtiyojlarni qondirishga shu orqali erishiladi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) iqtisodiy qarashlari. Ibn Sino iqtisodiy qarashlarida ham Forobiy singari ehtiyojlar, ularni qondirish muammolari alohida o`rin olgan. U ayniqsa, odamlar o`z ehtiyojlarini qondirishga bir-birlari bilan bog`lanishlari, aloqa va hamkorlikda bo`lishlari kеrakligini uqtiradi. Chunki har bir odam alohida ishlasa, u qanchalik kuchli va qobiliyatli bo`lmasin o`z ehtiyojlarini qondira oladigan barcha mahsulotlarni ishlab chiqara olmaydi. Shu sababli ular o`zaro iqtisodiy kеlishuv asosida, ya'ni mеhnat taqsimoti orqali mеhnat qilishga, iqtisodiy faoliyat olib borishga intiladilar.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish