Mavzu: 2-sinf o’quvchilarining yozma nutqini o’stirishda she’riy materiallardan foydalanish



Download 55,27 Kb.
bet2/7
Sana01.06.2022
Hajmi55,27 Kb.
#628345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 SINF O’QUVCHILARINIG YOZMA NUTQINI O’STIRISHDA SHE’RIY MATERIALLARDAN

Kurs ishining tuzilishi : Kurs ishi kirish, 2 bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
I BOB.BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARINIG YOZMA NUTQINI O’STIRISH NING PEDAGOGIK AHAMIYATI
1.2-sinf matematika darslarida o’quvchilarning nutqini o’stirish yo’llari
O`qitish jarayonining ikki tomoni bor; o`qituvchi o`qitadi, o`quvchi o`qiydi, o`qitishning muvaffaqqiyati faqat o’qituvchining muvaffaqiyati faqat o’qituvchining ilmiy va metodik bilimdonligigagina bog’liq bo’lib qolmasdan , o’quvchining bilimini o’zlashtirishdagi ijodiy aktivligi va mustaqilligiga ham bog’liq, hatto mana bunday deyish ham to’g’riroq bo’ladi; o’qituvchining ustaligini o’z o’quvchilarini o’quv jarayoniga faol ravishda jalb qila olish darajasiga qarab baholash mumkin; matematika o’qitishda o’quvchilarning mustaqil aqliy va amaliy ishlarini tashkil qila olgan pedagog usta pedagogdir.
O’qitish ishida eng asosiysi, o’qituvchining materialni bayon qilishi emas, balki o’quvchilarning faol ijodiy ishlaridir deb tasdiqlash yuqorida aytilgan ma’noda juda to’g’ri bo’ladi. Bu so’zlarni o’qitishdagi bayon metodini rad qilish deb tushunish yaramaydi. O’qitishdagi bayon metodi o’quvchilarda qiziqish va ularning diqqatini uyg’otishi, ular oldiga kelajakda yechishga to’g’ri keladigan masalalar va muammolarni qo’yishi kerak.
O’quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Yangi bilimlarni o’zgartirishda va ularni amalda qo’llanishda fikrni mustaqil ravishda ishlatish.
2.Bilib olish qobilayatini rivojlantirish ( ya’ni matematik tadqiqot metodlarini va ularni yangi masalalar yechishga tatbiq qilish malakalarini o’zlashtirish.) 3.Har tomonlama psixik rivojlanishi, ya’ni tegishli iroda sifatlarning tashkil topishi, aqliy mehnatga bo`lgan qiziqishning rivojlanishi, o`quv faoliyati sabablarini anglash va hokazolar.
Shunday qilib, o`quvchilarni fikrlash faoliyatini rivojlantirish deganda, ularning bilimlarini takomillashtirish va tatbiq qilish jarayonida bu jarayonga bog`liq bo`lgan mustaqil aqliy va amaliy faoliyatni kuchaytirish asosida har tomonlama taraqqiy qilishini tushunamiz.
O`quvchining faol o`quv faoliyatini uyushtirishda o`qituvchining ro`li, o`qitishning passiv metodlariga nisbatan, ya’ni o`quvchining vazifasi faqat eshitish, esda saqlab qolish va takrorlashdan iborat bo`lgan metodga nisbatan beqiyos ortadi. Shubhasizki, bunda bunday darslarni o`tkazishning qiyinligi unga tayyorgarlikning murakkabligi ortadi. Lekin, buning evaziga o`qituvchi o`quvchilarining puxta, oydin anglashilgan bilim olishiga, to`la qonli aqliy rivijlanishiga har qanday ijodiy ixtisosni egallashiga yaxshi tayyorlanishiga erishadi.
Matematika o`qitish jarayonini faollashtirishga qanday qilib erishish mumkin? Hamma sinflar uchun va maktab kursining hamma bo`limlarga doir yagona andoza yo`q, albatta. Hatto, yangi o`qituvchi uchun ustalikning sirlarini bilib olishga imkon beruvchi pedagogik “abadiy mashina” o`ylab topish naqadar qiziqarli bo`lmasin, eng yaxshisi, har bir o`qituvchi o’qitishning foydali tomonini doimo ijodiy qidirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi kerak .
Axir o`qitishning faollashtirishning yagona andozasi bo`lishi bu andoza o’rganiladigan materiallarning mazmuniga, sinf jamoasining umumiy aqliy rivojlanish saviyasiga ularning matematik bilim darajasiga bog’liq emas, degan so’zni bildirar edi - bu esa o’taketgan bema’nilikdir.
Har qanday o’qitish meto’di , o’quvchining aqliy faoliyatini takomillashtiradimi yoki yo’qmi? . Shunga qarab yaxshi yoki yomon bo’lib chiqishi mumkin. Bu yerda so’z tushuntirish metod ustida boryapdi deb faraz qilaylik. O’quvchi faqat tinglayatgan bo’lib ko’rinadi , lekin tinglash ham turlicha bo’lishi mumkin. Mahoratli hikoya qilingan ma’ruza o’quvchilar diqqatini o’ziga tortishi ularda qo’yilgan masalaning tabiatini bilib olishga bo’lgan havasni uyg`otishi , xatarli xatolarning oldini olish bilimlarini keng doiradagi amaliy masalalarga tatbiq qilishga chorlashi mumkin. Bunday ma’ruzani o`qish oson emas. Darslikning mazmuni shundaygina aytib berish bunday kutilgan natijani berolmaydi , albatta - axir darslik faqat bizning o’quvchilarimiz uchungina emas, balki hamma o’quvchilar uchun yozilgan, biz esa o’z o’quvchilarimiz to’g’risida hammasini : ularni nimalar qiziqtirayotganini nima hayron qoldirishini , nima qiynab qo’yishi mumkinligini va hokazolarni bilamiz. Faqat o’quvchilarning hayotiy va o’qish tajiribasini hisobga olgan holdagina o’tkaziladigan ma’ruza yoki suhbatini qiziqarli (ta’sirchan) qilib tashkil etish mumkin. K. D. Ushinskiyning quyidagi so’zlarini esga olaylik: “ Bizning diqqatimizni uyg’otish uchun, predmet biz uchun yangilik bo’lishi, qiziq yangilik, ya’ni shunday yangilik bo’lishi kerakki , u yo bizning bilimimizni to’ldirishi yoki tasdiqlashi , yoki uni tor-mor qilishi kerak ”1
Biroq, o’qituvchining ma’ruzasi qanday yaxshi bo’lmasin , faqat shu ma’ruza bilan cheklanish mumkin emas . O’quvchilarning matematik tafakkurlarni rivojlantirish vazifasi ularni tadqiqot va aqliy mehnat metodlarining hammasi bilan tanishtirishni talab qiladi. Shuning uchun o’quvchilarning matematik bilimlarning manbai faqat ma`ruzachaning nutqi emas, balki kitobning matni, ma`lum matematik qonuniyatlarni kuzatish kelib chiqqan muammo ustida mustaqil fikr yuritish nazariyaning mumkin bo`lgan amaliy tatbiqlarini qidirishdan iborat bo`lishi kerak . O’qitish metodlari turli- tuman bo`lishi zarur . Lekin ulardan ma`lumlarni tanlab olish o’quvchilarning matematik nazariyani o’zlashtirishi va har tomonlama aqliy rivojlanishining yagona manfaatlaridan kelib chiqadi . Har bir metodning maqsadga muvofiqligiga foydaliligi haqida o’qituvchi, metodist o’zining shaxsiy havosiga asoslanmasdan, balki bunda o’quvchilarning ijodiy faolligi qay darajada rivojlanishi mumkinligini hisobga olgan holda, hukm chiqarishi kerak .Agar bu haqda tortishuv (e`tiroz) chiqib qolsa , bunda o’quvchilarning bilimi, ularning matematik tafakkurlarining rivojlanish tempi (sur’ati) sudya vazifasini o’tashi kerak. ______________________________
Metodist-matematik I.I.Dirchenko o’quvchining qobiliyatlarini tekshirib mashqlarning 5 turini ishlab chiqdi, bu turlar:

  1. Mantiqiy tafakkurni;

  2. Fazoviy tasavvurlarni va fazoviy farazlarni;

  3. Hisoblash algoritmik qobiliyatlarni;

  4. Geometrik intuitsiyani;

  5. Umumlashtirishga bo’lgan qobiliyatni rivolantirishga qaratilgandir.

Shuni takidlab o’tish kerakki, bu mashqlar o’quvchilarga ma’lum bo’lgan (yoki o’rganilgan) matematik materialga asosan ishlab chiqarilgan.2
O’quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish haqida gapirganda, o’qituvchining qaydaydir qo’shimcha ishi ko’zda tutiladi deb qarash yaramaydi . Bunda gap materialini o’zgartirish munosabati bilan o’quvchilarning ilmiy tafakkurining shakllanishi haqida boradi. Xuddi dastur materialini samarali o`rganish maqsadida o`quvchilarda tafakkurning ba’zi umumiy xususiyatlari : analiz, sintez taqqoslash, umumlashtirishlar induksiya, deduksiya va o`xshashlik to’g’risida , bog’lanishlar va nisbatlar , o`xshatishlar: klassifikatsiyaning kelib chiqishi va tushunchalarni sistemalashtirish haqidagi tasavvurlarni shakllantirish kerak. Shu munosabat bilan o’quvchilarning faolligi ham shundaygina darslikning matnni qaytadan o’qib chiqishga qaratilmasdan, balki matematik haqiqatni hosil qilish metodlariga , yechishning turli yo’llarini taqqoslashga , nazariyaning mumkin bo’lgan tatbiqlarini topishga va boshqalarga qaratilishi kerak .
Bunda biz o’quvchilarga ortiqcha bosim berib yubormasmikanmiz ? Aksincha , psixologlar shunday deb tasdiqlaydilar :
“O’smirlarda o’qishga bo’lgan qiziqish, uning o’zi bevosita “kashfiyot” yaratishga paydo bo’ladi . Tayyor bilimlar, tayyor xulosalar yosh o’smirni qanoatlantirmaydi , u bularni yuzaki ravishda yod oladi , xolos.
Mana shuning uchun ba’zan harakatchan , ziyrak yosh o’smirlar o’rtacha o’qiydilar va o’qituvchiga ko’p bezovtalik keltiradi”3 O’qitishni tashkil qilinishi va borishini aniqlab beruvchi qoidalar :
I. Aqliy faoliyat turli bilimlarni o’z ichiga olgan bog’lanishlarning juda katta sistemasidan iboratdir . Bilimlarning kundan-kunga, mumkin bo’lgan barcha yo’nalishlarda kengayishi aql tarraqiy qilishning zarur shartidir. O’qitish pisixologiyasining eng muhim prinsipi - assotsiatsiya prinsipi, ya’ni xilma - xil bog’lanishlar prinsipi ana shundan kelib chiqadi. Assotsiatsiya prinsipining talabi - faqat yangi bilimlarni berishgina emas , balki yangi bilimlarni eskilari, ilgari o`rganilgan qoidalar bilan o`quvchilarning turmush tajribalari bilan bog`lashdan iboratdir. Kuzatishlarning ko`rsatganidek, bu talab qishloq maktablarida ayniqsa ko`p buziladi : bu yerda o`rganilayotgan bilimlar bilan oldingi mavzular o’rtasida qandaydir qat’iy chegara yuz berganday bo’ladi – matematikaning o’quvchilarga tanish bo’lgan qoidalari haqida hech qanday esga olish bo’lmaydi va aksincha , takrorlash vaqtida navbatdagi ,material bilan bog’lanish sira bo’lmaydi. Bunday sistemada o’qituvchi o’quvchilar xotiralarini mantiqiy emas, balki faqat mehanik ravishda mashq qildiradi. Har bir mavzuni yakkalangan holda o’rganish o’quvchilarga uni tushinishiga, muhim xususiyatlarini sezib olishga imkon bermaydi. Bog’lanish-assotsiatsiyalar prinsipi bizga quyidagi ikki talabni qo’yadi.
1.Ma’lum mavzuni mustahkamlashda o’quvchilarning diqqatini yangi materialni o’rganishga tayyorlaydigan xususiyatlarga qaratish kerak. Bu ish masalalar yoki ayrim savollar, ko’pincha esa eksperiment , tajriba ya’ni turli o’lchashlar, yasashlar hisoblashlardan iborat bo’lishi mumkin. Bunday tajriba yordamida o’qituvchi hamma vaqt o’quvchilarini maxsus tekshirishlarni talab qiladigan , shuning bilan birga butunicha odatdagi tasavvurlar , o’zlashtirilgan faktlar doirasidan uzoq chetga chiqmaydigan tarzda yangi masalalarga olib kela oladi.
Masalan, qisqa ko’paytirish formulalarini ko’phadlarini ko’paytirishga doir oddiy misollarni yechish orqali keltirib chiqarish foydalidir .Agar qoidalar kiritishga shoshilinmasa ,ko’pgina o’quvchilarning o’zlari bu qoidalarni kiritish zarurligini payqab oladilar .
2.Kundalik takrorlashni amalga oshrish ya`ni materialga doir shunday mashqlarni qildirish kerakki ,bu material ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni qo’llanishga imkon beradigan va ma`lum darajada majbur etadigan bo’lsin .
Bu hammaga ma’lum bo’lgan haqiqat bo’lib ko’rinar , biroq arifmetikani o’rganishda o’qituvchi algebra va geometriya haqida o’ylamaganligi bilinib qoladi.
Shuni ham aytish kerakki, 4-sinf o’quvchilari yecha oladigan masalalarni 6-7 sinf o’quvchilari yecha olmasligi normal hol deb hisoblaydilar.
II .Turli tushunchalar va xossalar sezilarli darajada o’zaro kontrast (qarama- qarshilik) hosil qilsagina bu tushuncha va xossalar o’rtasidagi bog’lanish hammadan ravshan ko’rinadi. Mulohazalar ta’riflar, tushunchalar va hokazolarga nisbatan ham shundaydir. Bizning aqlimiz ham o’xshashlikdan ko’ra farqni tezroq sezadi.
III.O’quvchilarni o’qishga ongli ravishda munosabatda bo’lganida va uning kursni esda olib qolishga va o’zlashtirishga istagi bo’lgandagina u o’rganilayotgan materialni esda puxta saqlab qoladi . Lekin, odam hech zo’riqmasdan ham , ko’p narsani eslab qoladilar. Eslab qolish , deyishadi ,psixologlar ,ixtiyorga, kishining irodasiga bog’liq emas . Qanday qilib, ixtiyorsiz darslarda eslab qolishlari ixtiyorsiz ravishda diqqatni ta’minlash yo`llarini topib olish o`qituvchilar uchun juda muhimdir.
Bunda o`qishga bo`lgan havas katta ahamiyatga egadir. Qiziq narsalar zerikarli,yoqimsiz qiziq bo’lmagan narsalardan ko`ra hech zo`riqmasdan, esda uzoq va to`la saqlanib qoladi. Mana shuning uchun o`qituvchi qiziqarli material topishi, materialni bir xil o`lchamda bermasligi, o`zining metod va usullarni turlilashtirishi kerak. Lekin, bu har holda asosiy ish emas.
Asosiy ish –o`quvchining o`qish faoliyatida matematik nazariyaning aks ettirilishiga erishmoq zarur. Agar xossalar faoliyat bilan bog`liq bo`lsa (bu yerda amaliy ishlar, mashqlarni bajarish va masalalar yechish ko`zda tutiladi)-ixtiyordan qat’iy nazar eslab qolish kelib chiqadi. Bu o`quv faoliyati jarayonida nazariyani faol ravishda mustahkamlash usuli bo`ladi.
Bunda 1000 ichida jadvaldan tashqari ko`paytirishni qanday esda saqlab qoldirish mumki? degan savol tug`ilishi mumkin.
Bunda javob quyidagilar
1.yaxlit yuzliklar bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish
300•8 = 800:2=
2.yaxlit o`nlikni bir xonali songa ko`paytirish va bo`lish
30•8= 80:2=
3.Yuzlardan va o`nlardan tuzilgan sonni bir xonali songa ko`paytirish
130•3= 850:5=
Shu usullar orqali o`quvchilarga ko`proq og`zaki ravishda takrorlab o`rgatib borish kerak. Chunki faqat aqliy faoliyatgina tafakkurni rivojlantiradi .
IV . O’quvchilar oldiga eski vositalar bilan hal qilish mumkin bo’lmagan muammo , qiyinchilik qo’yilganda , ularning fikri faol ravishda ishlay boshlaydi . Materiallarni hech qanday o’zgarishsiz qayta takrorlaydi kuch sarf qilib aqliy mehnat qilishga olib kelmaydi : tafakkurni o’sishi , uning rivojlanishi esa zo’riqib aqliy mehnat qilishga bog’liqdir . Bunday o’qitishning eskilikka qarshi kurashishga , qilinadigan tekshirishlarning maqsadini aniqlab beradigan muammoli masalalarni qidirishga undaydigan muammoli tamoyil kelib chiqadi.
V. O’quvchilar uchun bir biriga o’xshash masalalarni yechish ham ularning fikrini rag’batlantirmaydi shunisi qiziqki , bunda miqdor sifatga o’tmaydi . Masalani sal boshqacha ifodalashimiz bilan o’quvchilar dovdirab qoladi va uni yechishga qobil bo’lmay qoladi . Masalalarni turlantirib terish kerak , bularning bir- biridan farq qilishi ba’zan juda ham o’zgargan bo’lsa ham misolni yechish yoki natijani topishga boshqa osonroq yo’llarni topishi muhim rol o’ynaydi.
Bu konflikt usul bo’ladi .Pedagogik jihatdan u ko’proq xilma - xil mashqlar , bir necha yechimi bo’lgan yoki yechimi bo’lmagan ortiqcha yoki kam son ma’lumotli misollar, son ma’lumotlari bir- biriga qarama- qarshi bo’lgan misollar berishga chaqirishni bildiradi.
O’quvchilarning xatolarga yo’l qo’yishi mumkinligidan qo’rqish yaramaydi. Xatolarni yengib o’rganadi . Bu xatolar o’rganiladigan mavzuning mohiyatini chuqur anglab olishga majbur qiladi. Psixolog N.A.Menchinskayaning bilgan ma’lumotlari qiziqarlidir: Yangi materialni tushuntirgandan keyin mustaqil ish berildi. Xatoga yo’l qo’ygan va ularni tekshirgan o’quvchilar ikkinchi mustaqil ishda endi xato qilishmadi . Birinchi galda xato qilmagan ba’zi o’quvchilar esa ikkinchi mustaqil ishda xatoga yo’l qo’ydilar.
Demak, yangi material o’rganish darslarda qisqa muddatli mustaqil ishlar berishdan qo’rqmaslik kerak. Xatolarning tegishli analizini o’tkazish muhimdir.
VI . Tafakkur uyg’un bo’lishi , ya’ni aqlning hali tekshirilmagan masalalarni hal qilishga ma’lum tayyorgarligi ham bo’lishi kerak.
Bir tekshiruvchi qishloq maktabiga kelib o’quvchilarga masala bergani haqidagi latifa bor . Bu masala mana bunday “Magazinga 25 ta kofta keltirildi..’’ 2 debdi tekshiruvchi masalani tugatmasdanoq , bir qizcha o`rnidan turib: Biz hali kofta haqida masala yechganimiz yo`q!’’ degan ekan.



Download 55,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish