Mavzu: 2 Hasharotlarni biologiyasi. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi


- rasm. Hasharotlarning lichinka tiplari



Download 0,68 Mb.
bet4/5
Sana18.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#450349
1   2   3   4   5
Bog'liq
Entomologiya. Hasharotlarning ko‘payishi

14 - rasm. Hasharotlarning lichinka tiplari:
I-chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka tiplari; 1-to‘g‘ri qanotlilar (buzoq boshi); 2- qandalalar (zararli xasva); 3-teng qanotlilar (shiralar).
II- to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka tiplari; chuvalchangsimon lichinkalar (1-don qo‘ng‘iziniki, 2-gesson pashshasiniki; 3-lavlagi uzunburun qo‘ng‘iziniki).
Qurtsimon lichinkalari (4-karam quyasiniki, 5-undov arrakashning soxta qurti). Kampodesimon lichinkalar (6-don vizillog‘iniki, 7- oltinko‘zniki)
Lichinkalarning jinsiy tizim organlaridan faqat jinsiy bezlar barvaqt rivojlanadi, tashqi jinsiy organlari esa etishmagan bo‘ladi.
Hasharotlarning lichinkalari juda xilma-xil. YUqorida ta’kidlanganidek ular asosan ikki tipga: nimfa yoki imogasimon va imoga o‘xshamaydigan lichinkalarga bo‘linadi.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar tuxumdan chiqqanidan keyin tashqi ko‘rinishi va tuzilishi jixatidan voyaga etgan hasharotlardan keskin farq qiladi va juda asosli ravishda chin lichinka deb ataladi. Ularning uchta: kampodeosimon, chuvalchangsimon va qurtsimon lichinkalarning tiplariga bo‘lish mumkin.
Kompodeosimon tipdagi lichinkalar uchun tananing cho‘ziq, yassi formali bo‘lishi, ko‘krak oyoqlarining uzunligi va og‘iz organlarining taraqqiy etganligi hamda ularning oldingi tomonga o‘rnashganligi xarakterlidir.
CHuvalchangsimon lichinkalarning gavdasi uzun, yumaloq va etli bo‘lib, ular aniq ajralib turgan bosh qismi hamda ko‘krak oyoqlari bor yo‘qligiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Qurtsimon –erukosimon tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon tipdagilarga o‘xshaydi. Ularning gavdasi chuvalchangsimon formali bo‘lib, bosh qismi aniq ajralgan, lekin uch juft haqiqiy ko‘krak oyoqlardan tashqari yana qorincha qismida “soxta oyoqlar” deb ataluvchi oyoqchalar ham bor.
CHala o‘zgaruvchi hasharotlarning ko‘pincha shakl o‘zgarishi gipomorfoz, to‘liq o‘zgaruvchi hasharotlarda gipermatomorfoz deb ataladi.
Gipomorfoz chala o‘zgaruvchi qanotli hasharotlar uchun xos bo‘lib, evolyusiya protsessida qanotlarini yo‘qotadi. Ularning lichinka, ya’ni nimfalari imago juda o‘xshash. Farqi faqat xajmi, kattaligi,mo‘ylov bo‘g‘imlarining soni, rangi va serkilarning bo‘g‘imlanishidadir.
Gipermetamorfoz – to‘liq o‘zgaruvchi hasharotlarda rasmiy o‘zgarushning ba’zi murakkablanishi ro‘y berib turadi. Bularda bir necha shakldagi lichinkalar, ba’zan g‘umbaklar bo‘lishi xarakterlidir.
Umuman hasharotlarda quyidagi metamorfoza tiplar uchraydi:
1. Anamorfoz-bu o‘zgarish mo‘ylovsizlar turkumining vakillariga xos bo‘lib, ularning tashqi ko‘rinishidan voyaga etgan davrida juda o‘xshash, lekin qorin bo‘g‘in sonlari kam bo‘ladi.
2. Protomorfoz yoki dastlabki o‘zgarish, bular etek holatida po‘st tashlashi bilan xarakterlanadi.
3. Gemimetamorfoz o‘zgarish chala hasharotlarga xos bo‘lib, bularga ninachilar turkumi kiradi. Gemimetamorfoz bir necha xil bo‘ladi: a) gipomorfoz bular protomorfoz tipiga o‘xshash chala o‘zgarish orqali rivojlanadi. b) gipermorfoz tipdagi o‘zgarishga teng qanotlilar turkumining oqqanotlilar va qalqondorlarning erkaklari hamda tripslar kiradi.
4. Golometamorfoz o‘zgarish to‘liq o‘zgaruvchiga xos. Gumbaklar tashki ko‘rinishi jihatidan uch tipga bo‘linadi.
1. Erkin yoki ochiq g‘umbaklar, bundan g‘umbaklarning mo‘ylov, oyoq va qanotlari tananing umumiy massasiga yopishmay, balki tanaga jips tegib turadi, ya’ni kelgusi etuk zot tana o‘simtalari tanaga harakatli tutashgan.
2.YOpiq g‘umbaklar, bunday g‘umbaklarning mo‘ylovlari, oyoq va qanotlari garchi tashqi tomonidan ko‘rinsada, ammo tanadan chiqqan modda yordami bilan tanaga jips yopishgan.
3. Bochkasimon yoki soxta g‘umbaklar, bunday g‘umbakning oyoq, qanot va mo‘ylovlarini lichinkaning qotib qolgan po‘stida aniq ko‘rib bo‘lmaydi. Ba’zan bular soxta pillalar debladi, chunki lichinkalarning qotib qolgan terisi o‘rgimchak ipiga o‘xshash ipgan to‘qilgan pilla o‘rnini bosadi.
G‘umbaklik davrida imaginal organlar shakllanadi, ayni vaqtda bu protsesslar lichinkalik davridayoq boshlanadigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish