Mavzu: 1989-1990 yillarda davlat boshqaruvida siyosiy isloxatlar. O'zbekistonda prezident institutining tashkil etishi. Reja: Kirish


Islom Karimov – mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi



Download 39,21 Kb.
bet7/8
Sana30.03.2022
Hajmi39,21 Kb.
#518949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu1

Islom Karimov – mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi. O’zbekiston mustaqillik tomon yo'1 tutar ekan 1989-yilning yoz oylari va 1990-yilning bahorida O’zbekiston hayotida uning rahbarligida burilish davri bo’ldi. Xuddi shu paytlarda o’zbek halqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot yo`llari ishlab chiqildi. Xususan, teng huquqli Mustaqil O’zbekistonning inson manfaatini himoya qilish ustivor vazifa deb maqsad qo`ygan demokratik yo`lda rivojlanishi bosh strategik yo`nalish deb belgilandi. Ana shu yo`lning boshida, 1989-yilning iyunidan O’zbekistonning rahbari, 1990-yilni martidan O’zbekiston Respubikasining Prezidenti sifatida Islom Abdug`aniyevich Karimov turdi.
Sovetlarning kuchi tugayotgan va alamini kimdan olishini bilmay turgan bir paytda kommunistik mafkura va amaliyotning hayotga o’z tomonlarini ikir-chikirigacha tushunib yetgan va dadil oshkora qila biladigan jasoratli, dovyurak I. Karimov o`sha chirib borayotgan tizim uchun "ittifoqchi respublikalarda eng xavfli" shaxsga aylandi. Asrlarga teng qisqa vaqtda O’zbekistonda erishilgan yutuqlar xususan, mamlakatda o`rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarmizning tiklanishi, jamiyatda o`rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o`rnining ortib borishini butun halqimiz, jahon jamoatchiligi Islom Karimov nomi bilan bog`laydi.
Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatlarda o`rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik tarixiy, diniy, qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoishitalikni, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. 1996 yili Venada (Avstriya) XX asr xalqlar dohiylari nomida bosib chiqarilgan kitoblarining bir jildi Islom Karimovga bag`ishlang`an. Kitob mualliflaridan biri, Garvard Universitetining professori Donald S.Karlaysh … Islom Karimov kommunizmdan keyingi O`rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir, deb tan beradi.
O`zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug`i mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, osoishtalik, tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi. I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi. O`zbekiston xalqining buyuk yo`lboshchisi, mamlakatininggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning "O’zbek modeliga" uning asoschisi va yetakchisi Islom Abdug`aniyevich Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. Amerika Qo`shma Shtatlarida chiqadigan nufuzli "Novoye russkoye slovo" haftanomasi (Qarang: "Moskovskiye novosti". 4-son, 1993-yil 10-oktabr). I. Karimovni Mustaqil davlatlar hamdo`stligining ko’p rahbarlariga namuna qilib ko’rsatadi va BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, O’zbekiston Prezidentining ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga e'tibor berishga va uning tajribasi bilan notinch mamlakatlarning davlat rahbarlarini tanishtirishga chaqiradi. Islom Karimovning har bir asari, ma'ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning g`oyaviy-nazariy asoslarini, amaliy ishlarining kundalik dasturini tashkil qilgan.
G’arb va sharqning rivojlangan mamlakatlari asrlar davomidagi taraqqiyot yo`llarini, o’zbek davlatchiligining ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o`rgangan holda yaratilgan I.A. Karimov asarlarida Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy taraqqiyotining muhim yo`nalishlari, yangi jamiyat qurishning butun dunyoda tan olingan asosiy tamoyillari to’g’risida ta’limot yaratildi.
Istiqlolning dastlabki bosqichida nashr yuzini ko`rgan "O’zbekistonning o’z mustaqil va taraqqiyot yo`li", "O’zbekiston-bozor munosabatlariga o`tishning o’ziga xos yo`li" va boshqa bir qancha asarlari va nutqlarida bayon etilgan O’zbekiston Respublikasi muslaqilligining birinchi navbatdagi vazifalari keyinchalik g`oyat muhim ahamiyat kasb etgan "O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida", "Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari" va boshqa asarlarida o’z rivojini topdi.
O’zbekistonning yaqin o`tmishida va XX asrning so`nggi o`n yilida bosib o`tgan yo`llari, ularning saboqlari, XXI asrda Respublika istiqlolini mustahkamlashning strategik vazifalarining asosiy yo`nalishlari I.A.Karimovning bir qancha xorijiy mamlakatlarda bosilib chiqqan "O’zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "O’zbekiston XXI asrga intilmoqda" asarlari va Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidagi (22-yanvar 2000-yil) nutqida bayon etib berildi.
G’arbning taraqqiy etgan demokratik mamlakatlarida, Sovet imperiyasi parchalangandan keyin vujudga kelgan hamdo`stlik mamlakatlarining hech birida yuksak ma'naviyatli insonni tarbiyalash ishlariga muhim vazifalardan deb qaralmagan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab l.A.Karimovning har bir ma'ruza va nutqlari va asarlarida bozor munosabatlariga o`tish davrida insonning boyish uchun bо`lgan tabiiy harakatlari uning moddiy va ma'naviy qashshoqlanishiga olib kelmasligini, yuksak ma'naviyatli, e'tiqodi kuchlik shaxsni shakllantirish yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti ekanligini ko’p marotaba taqqoslab ko’rsatadi.
Istiqlol sharoitida odil demokratik jamiyat qurish vazifalarining ortib borishi, xalqaro ekstremistik, diniy aqidaparastlik harakatlarning mustaqilligimizga tahdidini hisobga olib, Islom Karimov jamiyatshunos olimlar bilan uchrashuvida (aprel, 2000y), gazeta va jurnallar muxbirlarining savollariga javoblarida (fevral 1998-yil, avgust 1998-yil, iyun 2000-yil) milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasini ishlab chiqish va ularni aholi o`rtasida keng targ`ib qilish, ayniqsa yoshlarimiz ongiga singdirish zarurati bu murakkab lekin muhirn ishlarning yo`llari va usullariga e'tiborini kuchaytirdi.
I.A.Karimov istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab ta'lim-tarbiya sohasida tub o’zgarishlar yaratishga, yangi jamiyat qurish talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berdi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan "Ta'lim to'g`risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dasturiga ilg`or taraqqiy etgan mamlakatlarni jamoatchiligi tomonidan yuksak baho berilmoqda. M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining rektori akademik V.Sadovnichiy O’zbekistonda yangi avlod tarbiyasi, ta'lim tizimini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar rossiyalik olimlar, ta'lim sohasi mutaxassislari tomonidan yuksak baholanayotganini ta'kidlaydi. "Biz sizni kelajak avlod uchun katta g`amxo`rliklar qilayotgan davlat rahbari sifatida alohida hurmat qilamiz"-deydi u O’zbekiston Prezidentiga murojaat qilib. I.A.Karimovga dunyoning eng ilg`or ilm-fan, madaniyat va siyosat arboblari qatorida jahonning eng yirik o’quv yurtlaridan bо`lgan Moskva Davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi.
O'zbekiston respublikasining qisqa vaqt ichida ta'lim-tarbiya, madaniyat va sport sohasida erishgan katta yutuqlarini hisobga olib I.A.Karimovga YUNESKO "Oltin medali", xalqaro Olimpiya komiteti tomonjdan "Oltin medal" topshiriltshi, Rossiya federatsiyasi Oliy pedagogika akademiyasiga faxriy a'zo etib saylanishi bejiz bo`lmasdan yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining dunyo miqyosida tan olinganligining belgisidir.
I.A. Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, haqqoniy yaratishga jamiyatshunos olimlarning e'tiborini jalb qildi. Prezidentimiz istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): "Tarixga, merosimizga bо`lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha-hammasiga haqiqat yozilishi shart" deb aniq vazifa qo`ydi.
1.3 Mustaqil O‘zbekistonda yangi hokimiyat tizimini shakllanishi va ilk davlat muassasalarining xususiyatlari.
l99l-yil 3l-avgustda XII chaqiriq Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilindi. l-sentabr — Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi.
Bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat mustaqilligiga ega, o‘z milliy davlat tuzumini mustaqil belgilay oladi.O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni — O‘zbekiston Respublika- sining Konstitutsiyasi — Oliy Kengashning o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida l992-yil 8-dekabrda qabul qilindi.
Yangi Konstitutsiya mustaqil davlat shakllanish jarayonining tarkibiy qismidir. U O‘zbekiston davlat mustaqilligini va suverenitetini, ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlab berdi.Konstitutsiya to‘la demokratik tamoyilarga ko‘ra, xalq hokimiyatchiligi asoslarini mustahkamlab beradi. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi- ning xalqi — hokimiyatning yagona manbai deb belgilangan.
shuningdek, unda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyat tarmoqlari orasida vakolatlarni taqsimlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqa- ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat tarmog‘ini Oliy Majlis, Qora- qalpog‘iston Respublikasida — Jo‘qorg‘i Kenges;Ijro etuvchi hokimiyat tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Res- publikasi vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, vazirliklar va davlat qo‘mitalari, shuningdek, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari;
sud hokimiyat tarmog‘ini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy udi, Oliy xo‘jalik sudi, viloyat sudlari.
Mustaqil O‘zbekistonda yangi hokimiyat tizimi qurish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirmoqda:
1. Eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, tegishli hokimiyat va boshqaruv organlarni tugatish.
2. Davlatchilikning yangi siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish.Zamonaviy davlat muassasalar tizimi milliy-tarixiy an'analarni, chet el tajribasini o‘rganish va tahlil qilish, zamonaviy siyosiy, iqtisodiy talablarni hisobga oligan holda shakllantirilmoqda.
Ijroiya hokimiyatning barpo etilgan yangi tizimi ilgarigi davlat muassasa- laridan tubdan farq qiladi. Yangi ijroiya davlat muassasalari tizimi rejalash- taqsimlash vazifalari o‘rniga birlashtirish, muvofiqlashtirish va tartibga solish funksiyalariga ega bo‘ldi.Ko‘p sonli vazirliklar o‘rniga ixcham, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi xo‘jalik birlashmalari, assosiatsiyalar, konsern, korporatsiya, xolding kompaniyalar tuzilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vazirlar kengashi funksiyalari Prezident apparati funksiyalari bilan birlashib ketganligi sababli Prezident huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi.l99l-yil Milliy tashqi iqtisodiy faoliyat banki tashkil qilindi, ketidan Tashqi aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi tashkil qilindi. Ushbu muassasalar yordamida O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Turizm sohasida yagona siyosatni shakllantirish uchun «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasiga asos solindi.Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanishi tufayli MDH mamlakatlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni olib borish maqsadida yangicha boshqaruv tizimini yaratish zaruriyati tug‘uldi.l992-yil l4-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shakllandi.
Tugatilgan Davlat rejalashtirish bo‘limi o‘rniga yangi davlat muassasasi — Iqtisodiy komissiya tashkil qilindi. Ushbu komissiya asosida l992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Rivojlanish bo‘yicha qo‘mita barpo etildi. l992-yil avgust oyida statistika qo‘mitasi bilan birlashib, Makroiqtisodiyot va statistika qo‘mitasi tashkil qilindi.
Davlat hokimiyatining yuqori organlari — Oliy Majlis hamda Prezident hisoblanadi.Oliy Majlis — parlament — oliy vakillik va qonun chiqaruvchi davlat organi. Parlament O‘zbekiston xalqlarining manfaatlarini ifodalaydi.Oliy Majlis vakolatlari: O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish, ularga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish, mam- lakat tashqi va ichki siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; boj, valuta va kredit ishlarini, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini tartibga solish; davlat mukofotlari va unvonlarini ta'sis etish; tuman, shahar, viloyatlarni tashkil etish, ularni tugatish, nomini o‘zgartirish va chegaralarni o‘zgartishga oid masalalarni hal qilishdan iboratdir.Mustaqillikning dastlabki yillarida qonun chiqaruvchi oliy organi Oliy Kengash bo‘lgan edi. U l994-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Oliy Kengashning ushbu yillardagi ahamiyati katta: u O‘zbekistonning birinchi Prezidentini saylash, Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilishni amalga oshirgan.
l994-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazildi. aylov ko‘p partiyaviy va alternativ asosida o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyat shakli bo‘yicha ilgaridagi Oliy Kengashdan tubdan farq qiladi:
l) Oliy Majlis deputatlarini saylash ko‘p partiyaviy va alternativdir;
Oliy Majlis doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan hokimiyat tarmog‘i. Oliy Majlis — ba'zi deputatlarning doimiy ish joyi;
Oliy Majlis vazifalarni bajarish jarayonida deputatlar saylovchilar bilan yaqin aloqalarni saqlab qolmoqda;
Oliy Majlis huzurida jahonning yetakchi davlatlar parlamentlari bilan hamkorlikda bo‘lgan parlamentlararo aloqalar bo‘yicha maxsus qo‘mitasi barpo etilgan.
Dastlabki Oliy Majlis bir palatali edi. Bir palatali parlament mustaqil- likning birinchi yillarida, maxsus tarixiy sharoitda tashkil etilgan edi. O‘zbe- kistonda ko‘ppartiyaviylik tizimi hali rivojlanmagan; mutaxassis siyosatchilar yetishmagani sababli o‘z davri uchun bir palatali parlament zarur edi.


  1. Download 39,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish