Mavzu: 1873-yil xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi reja


GANDIMIYON SHARTNOMASI VA UNING OQIBATLARI



Download 30,15 Kb.
bet2/3
Sana26.11.2022
Hajmi30,15 Kb.
#872794
1   2   3
Bog'liq
1873-YIL XIVA XONLIGIGA QARSHI YURISH. GANDIMIYON SHARTNOMASI

GANDIMIYON SHARTNOMASI VA UNING OQIBATLARI
Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Kaufmai) tomonidan taklif etilgan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. 1873-yil 12-avgustda imzolangan, diplomatiya tarixiga Gandimiyon shartnomasi nomi bilan kirgan shartnomasida: "Xiva xoni hazratlari Rossiya bilan sulh va do`stlik shartnomasini tuzadi va imperator hazrati oliylarining yuksak himoyatidan foydalanadi", — deb ta'kidlangan.Diplomatiya tilida bu Xiva xoni Rossiya imperatori tobeligiga o`tganini bildiradi. I moddada: "Sayid Rahim Bahodurxon o`zini butunrossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo`shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do`stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning o`rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi", — deb to`g`ridan-to`g`ri yozib qo`yilgan. Xiva xoni tashqi olamdan, shu jumladan, eng yaqin qo`shnilardan ham to`liq ajralish, ular bilan amalga oshiradigan munosabatlarni Rossiya imperiyasi hokimiyati ruxsati bilangina yuritish majburiyatini oldi.Shu paytgacha Xiva xonligining mulki hisoblangan Amudaryo o`ng sohilining va unga yondosh yerlarning hammasi o`sha yerda istiqomat qiluvchi va ko`chmanchi xalqi bilan xonning qo`lidan to`liq chiqib ketdi. Rossiya kemalariga Amudaryo bo`ylab harakatlanishda mutlaq huquq berildi. Rossiya savdogarlari butun xonlik bo`ylab erkin yurish va boj to`lovlarisiz savdo-sotiq qilish huquqiga ega bo`lishdi. Xiva xoni va mahalliy hokimiyat rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari xavfsizligi uchun javobgar edi.Rossiya va Xiva xonligi o`rtasida imzolangan shartnomada yana shunday yozilgan edi: "Chap qirg`oqdagi mslar uchun zarur va qulay bo`lgan yerga ular o`zlarining pristanlarini qurish huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Pristanlar uchun joyning tanlanishi o`rta Osiyodagi rus oliy hokimiyatining tasdiqlashiga bog`liq.Xiva xonligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochiq. Rus savdogarlari va karvonlari xonlikda erkin harakatlanadilar va mahalliy hokimiyatning alohida g`amxo`rligidan foydalanadilar. Karvonlar va omborlarning xavfsizligi uchun xon hukumati javob beradi. Xonlikda savdo qiluvchi rus savdogarlari har qanday soliqlardan ozod qilinadi, xuddi shunday Xiva savdogarlari ham Kazalinsk yo`lida va Kaspiy dengizining Orenburg pristanida savdo qilganlari uchun soliq to`lamaydilar. Rus savdogarlariga xonlik yerlaridan qo`shni davlatlarga yuklarini bojsiz olib o`tish huquqi beriladi".Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kofitributsiya) to`lash yuklandi. Xon xazinasida pul bo`lmagani uchun bu mablag` xalqdan yig`ib olinishi lozim edi. Uni 20 yil davomida to`lash rejalashtirildi.Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini amalda podsho hukumatiga to`liq bo`ysunadigan mayda viloyat bekligi darajasida yerga urgan og`ir sharmandali shartnoma edi. U Xiva xalqi zimmasiga yangi soliqlarni va yangi majburiyatlarni yuklar edi. Xonlik hududi uch baravar kichraydi. Xiva xonligi o`z nomini va arzimagan hududini saqlab qoldi-yu, ammo mustaqillikdan to`liq mahrum bo`ldi.Chorizm tomonidan 1873 yilda Xiva xonligining zabt etilishi, xonlikni vassal davlatga aylantirdi. Shu bilan birga eng ko’p savdo aloqalari o’rnatiladigan davlat ham Rossiya bo’lib qoldi. Natijada, Xorazmda avvaldan rus buyumlariga ehtiyoj katta bo’lgani uchun, bu erlarga nafaqat rus savdogarlari tez-tez keladigan, ayni paytda Xorazmliklar ham Orenburg orqali Rossiyaga boradigan bo’lib qolishdi.
XIX asrdagi «Rossiyskiy» mahsulotlar
Hali, 1873 yilgi bosqindan 10 yil oldin—1863 yili Xivaga kelgan venger sayyohi Vamberi «O’rta Osiyoga sayohat» kitobida «Xiva xonligida Rossiyadan keltirilgan biron bir narsa bo’lmagan xonadon yo’q» deya yozgandi.XIX asr oxirida esa xonlik iqtisodiyoti shu tariqa Rossiyadan olib kelinadigan mahsulotlar bilan rivoj topib, bozorlar savdogarlarning savdo-pul munosabatlarida asosiy vosita makoni edi.Ayniqsa, Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Chimboy va Xo’jayli singari bekliklarda har kuni bozor uyushtirish huquqi xon tomonidan berilgan bo’lib, poytaxt Xivada esa haftada ikki kun—dushanba va juma kunlari bozor bo’lardi.Ana shu bozorlarni mahsulotlar bilan to’ldirishda esa Xorazmlik savdogarlar tinim bilishmagan. Ular endi oldingidek Orenburgga emas, Rossiyaning ichki shaharlariga ham bevosita o’zlari mahsulotlar olib borishgan.Masalan, 1880 yilning o’zida Xorazmlik savdogarlardan etti nafari 9900 pud paxta, 1210 pud chorvachilik mahsulotlari va 240 pud hunarmandlar yasagan turli buyumlarni olib borib sotishganlar.Ayniqsa, Xorazmlik savdogarlardan Xivalik og’a-ini Xudoyberganovlarning tashqi savdo aylanma pullari 270 ming, Polvonqoriniki esa 90 ming, Madrimovniki 54 ming rublni tashkil qilardi. Shuningdek, Yangi Urganchlik Polvon sag’irchining savdodagi aylanma puli miqdori 400 ming, Vaisboboniki 200 ming, Haji misgarniki 200 ming, Boboovulniki esa 100 ming, Muhammad Sharifniki bo’lsa 70 ming, Bobojon cho’loq laqabli savdogarniki 70 ming, Eshonqoraning savdodagi aylanma puli esa 50 ming rublni tashkil etardi. O’sha vaqtda bu pul miqdori katta hisoblangan.Aynan rus tilini bilganidan Moskva, Nijno’y Novgorod singari shaharlardan borib mahsulot keltiradigan Vais baqqol, og’a-ini Xudoyberganovlar, Polvonqora hamda Gavdonboylarning esa xonlikda obro’si g’oyat katta bo’lgan. Ushbu savdogarlar Rossiyadan movut, qimmatbaho choponlar uchun parchalar hamda chitlarni keltirishgan. Xivalik Polvonqora degan savdogarning bir o’zi esa har yili 15 ming rubllik parchani Rossiyadan olib kelardi.1880-85 yillarga kelganda bevosita Rossiyaga savdo qilib borgan savdogarlar soni tobora oshib bordi va 1890 yilda ular soni 30 tani tashkil etgan. Salimjonov, Odamov, Mustafoev va Ibragimov singari Yangi Urganch va Xivalik ayrim savdogarlar, hattoki Rossiya fuqaroligiga ham o’tishgan, ular Nijno’y Novgorod, Moskva shaharlaridan uy sotib olib, mahsulotlarni karvonboshilar orqali yubortirib, tijoratni o’sha yoqda turganicha boshqarib ham turishgan.



Download 30,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish