Mavzu 15: Shovqin haqida tushuncha


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 287,34 Kb.
bet2/6
Sana30.12.2021
Hajmi287,34 Kb.
#93912
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15 мавзу Shovqin haqida tushuncha. Shovqin manbalari, inson organizimiga shovqinning ta`siri. Akustik ritmini yaxshilash chora tadbiri

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


SHOVQIN HAQIDA TUSHUNCHA
Shovqinning atrof-muhitga ta’siri Shovqiii atrof-muhiting fizikaviy ifloslanish komponentlaridan biri hisoblanib, hozirgi kunda dunyoda har ikki kishidan biri o‘zida uning ta’sirini sezadi. Shovqiii tabiatning inson oyog‘i yetmagan, havosi musaffo, suvi toza, tuprog‘i zaharlanmagan go'shalariga ham yetib borgan. Mutaxassislar abolida asab, yurak-qon tizimi, oshqozon-ichak, gipertoniya kasalliklarining keskin ko'payishini aynan shovqin bilan bog‘laydilar. Bundan tashqari, shovqin darajasining 1 % ga oshishi ishlab chiqarish unumdorligini shunchaga pasaytirar ekan. Masalan: rok musiqa yulduzi Madonnaning Frankfurt stadionidagi kontsertini sharhlovchi ko‘klarga ko‘tarib quyidagicha maqtaydi: “150000 Vt quwatli radioapparatura quloq pardalarini yirtib yuboray deydi, qo‘shni aerodromga qo‘ngan samolayot tovushi umunian eshitilmay qoldi”. Ko‘rinib turibdiki, inson organizmi uchun shovqin eng xavfli ekologik omillardan biri ekan. Shovqin faqat inson organizmidagina emas, balki hashoratlar, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: shovqin ta’sirida daraxtlar o‘rmondagiga nisbatan ancha erta qariydi, reaktiv samolyot shovqini ta’sirida asal arilar lichinkalari o‘ladi, o‘zlari esa oriyentatsiyasini yo'qotadi, kalamushlar quturadi va hokazo. Shovqin detsibellarda oichanadi. Ochiq havoda tovushning me’yoriy bosim darajasi 50-55 db boiishi kerak boigan bir holda, yirik mamlakatlarda u 65-80 db ni tashkil etadi, 130 db da kishi qulog‘ida kuchli og riq sezadi, 154 db lik shovqinga inson umuman dosh bera olmaydi, bunda kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘rish organlarining ishdan chiqishi, ko‘ngil aynishi va bo‘g‘ilish holatlari kuzatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, shaharlarda shovqin darajasi yil sayin oshib bormoqda. Tadqiqotchilaming fikriga qaraganda, shaharlarda shovqin intensivligi har 25-30 yil ichida 10 marta oshar ekan, bu – shovqin darajasi 10 db ga oshdi deganidir. Hozirgi kunda shovqin darajasi eng yuqori boigan shaharlar Rim va Berlindir. Ularda shovqin darajasi 80 db ni tashkil etadi. Shovqinning atrof-muhitga ta’siri hozirgi kunda Rossiyada, Amerikada, Yevropa mamlakatlarida ekolog olimlar tomonidan anchagina o‘rganilgan, meyorlar ishlab chiqilgan, lekin inson organizmiga ta’sir mexanizmi hali oxirigacha o‘rganilmagan hisoblanadi. Shuningdek, antropogen shovqin manbalarining o‘ziga xos tomonlari, ulardan himoyalanish usullari ham hozirgacha o‘rganilmagan.

Bizni iztiroblaydigan, ko‘ngilni xira qiladigan tovushlar ham bor. Ana shunday tovush shovqin deyiladi.

Shovqin fizik (to‘lqinli) ifloslanishningbirturi bo‘lib, inson unga ko'nika olmaydi. Shovqin odamning qulog‘iga, markaziy asab tuzimiga yomon ta’sir qiladi. Shuningdek, uyqusizlik, ish qobiliyatining pasayishi, tez toliqishi, bosh og‘rig‘i kabilarni keltirib chiqaradi.

Olimlar ko‘chadagi 55 detsibel kuchdagi shovqin xonada aqliy ish faoliyati, 35 dB. shovqindan uyqu buzilishi mumkin.

0‘quvchilarda 65 dB kuchdagi shovqin 12-15% dan ko‘p xatolar qilishlari, hatto ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. Yirik shaharlardagi shovqin, maktablarga 85 dB va undan ortiq kuchda tarqaladi.

Shovqin butun organizmga ta’sir qilishi haqida yangi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda. Shovqin omili qon bosimi ko‘tarilishga sababchi bo‘lar ekan. Bundan chiqadiki, stenokardiya va oshqozon ichak yara kasalliklarini kelib chiqishiga shovqinning roli katta ekanligi aniqlandi.

Germaniya jurnallarining ma’lumotlarida ko‘chadagi shovqin 16 mln.dan ortiq, samolyotlarni guvullashidan 4,5 mln. kishi, baqiroq qo‘shnilardan 2 mln. kishi zararlanar ekan, 1,8 mln. kishi kichik korxona va ustaxonalardagi shovqindan, 1 mln. kishi temir yo‘llarni yaqinligidan shikoyat qilgan.

Hozirgi vaqtda shovqinga qarshi kurashishga juda e’tibor berilmoqda. Gigienistlar bilan birgalikda shovqinning odamga salbiy ta’sirlarni arxitektorlar, quruvchilar, temir yo‘l xodimlari, aloqa xizmatchilari, shuningdek turli ishlab chiqarishdagi va maishiy turmushdagi mutaxassislar o‘rganilmoqda.

Shovqin ruxsat etiladigan me’yoriy kuchi davlat standartlari ishlab chiqilgan. Binolarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda 45 detsibeldan oshmasligi kerak. Shahar ko‘chalari 55 dB, ishlab chiqarish korxonalari 70-80 dB.

Yirik shaharlarda - maxsus shovqin xaritalari tuzilgan bo‘lib, shovqinga qarshi kurashishga yordam beradi.

Shovqin o‘simlikva hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir etadi. Masalan, kontsert zallaridagi shovqin ta’sirida hayvonlar qonidagi xolestirin normadan ortib ketgan.

Jimjitlik - dam olish uchun muhim sharoitdir. Jimjitlikni saqlash uchun harakat qilish zarur. Jimjitlikka moslashishni yoshlikdan tarbiyalash zarur.

Bir xil tovushlarni, chunonchi dengiz qirg‘og‘ining suv sachratishi, qushlarning yoqimli nag‘malari, o‘rmonlardagi daraxt barglarining shitirlashi, yomg‘ir tomchilarining chak-chaki, jilg‘alarning jildirashini jonu-dildan tinglaymiz, baxru dimimiz ochilib, ko‘nglimiz, butun vujudimiz orom oladi.

Agar bu yoqimli ovozlar odamzot paydo bo‘lgandan buyon irsiy xotiraga singib hayotiy yo‘ldosh bo‘lib qolgan bo‘lsa, zamonaviy texnikani «temir jangobi» hali-hali ruhiyatimiz, sog‘ligimizga yot bo‘lib qolaveradi.

Hech kimni bezovta qilmagan holda, musiqa tinglash va o‘ynash mumkin. Ha, qadrli o‘quvchi, dehqonchilikda, turmushda shovqinga qarshi kurash olib borishimiz foydadan holi emas.

Biz kim bo‘lishimizdan qathiy nazar, har birimiz jamiyatning qonun-qoidalarini ado etishimiz - osoyishtalikni saqlashimiz lozim.

Derazangizni ochishingiz bilan avtoulovlar motorining guvillashi, qo'shnilar ko’tarayotgan shovqinni eshitasiz. Bu shovqin tunda ham tinmaydi, uzoqdan turli transportlar guvillashi hamda itlaming hurishi eshitilib turadi. Biror daqiqa atrof sukunatga cho‘kadi va o‘shanda yaproqlarning shitirlashini eshitasiz, birozdan so‘ng ko’chadan o‘tayotgan mototsiklning tarillashi yoki baland musiqa sukunatni buzadi.

Afsuski, salomatligimiz uchun juda zarar bo ‘lgan tinchlik va sukunat haqida juda kam o'ylaymiz.

Ko‘p sonli tadqiqotlar shuni isbotlaganki, uzoq muddat davomida me’yor chegarasidan oshib ketgan shovqin ostida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati buzilganidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh og‘rig‘i kabi holatlar uchraydi.

Ko’chadan ishxonaga kirayotgan 55 detsibel kuchdagi shovqin aqliy mehnatga xalaqit beradi. 55 detsibel - bu ko‘pmi yoki kammi?

Yaproqlarning shitirlashi 10-15, yengil avtomobilning shovqini - 70, yuk mashinasining shovqini - 90 detsibelga teng.

Ma’lumki, 30 detsibelga teng boigan shovqin uyquni buzishi mumkin, 65 detsibelga teng boigan shovqinda o'quvchilarning e’tibori susayadi, xatolar ko‘payadi va ko‘rish qobiliyati pasayadi.

Ayrimlar shovqinni qabul qilish - har kimning sub’yektiv ishi deb o'ylaydi, kimlargadir shovqin yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshqalarga esa atrofda shovqin bo Isa yoqadi. Darhaqiqat, kimlargadir baland zamonaviy musiqa yoqimli tuyuladi, boshqalarning asabiga tegadi. Musiqaning sub’yektiv qabul qilinishidan qat’i nazar, shovqin barcha kishilar uchun zararlidir va unga qarshi kurashish lozim.

Shovqinga qarshi kurashish masalalari bilan gigiyenachilar, me’morlar, quruvchilar va boshqa ko‘plab mutaxassislar shug‘ullanadi.

Qurilishda shovqin to‘suvchi materiallar qoilanadi. Korxonalardagi dastgohlar shovqin yutuvchi moslamalar bilan ta’minlanadi. Mukammallashtirilgan texnik vositalar avtoulov dvigateli shovqinini kamaytiradi. Ко ‘chalar chetiga ekilgan daraxtlar shovqinni 10-20 detsibelga kamaytiradi.

Shuni tan olish kerakki, ma’muriy choralar va texnika taraqqiyoti tufayli erishilgan muvaffaqiyat shaharlardagi shovqinni kamaytirish borasida o‘z samarasini berdi. Ammo osudalikni saqlash uchun shaharliklarning har biri o‘z hissasini qo‘shishi kerak.



Download 287,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish