Talaba :
Muratov Zafarbek To’lqin o’g’li
Mavzu
№15. O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimining yaratilishi. Ijro
hokimiyatini mustahkamlash va liberallashtirish.
O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizimini shakllantirishga
kirishildi. Huquqiy demokratik davlat bаrро etish yo’lini tanlagan O’zbekiston uchun
tabiiy ravishda davlat boshlig’i - Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini
ta’minlash zarur edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kеngashining 1991- yil 18- nоyаbrdа
bо’lgan VIII sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun
qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam va 65 dan ortiq
bo’lmagan, davlat tilini
yaxshi biladigan, saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston
hududida muqim yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekiston
Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi, bir fuqaroning o’zi ketma-ket ikki muddatdan ortiq
O’zbekiston Prezidenti bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonundan
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82- moddasida qonunchilik tashabbusi
huquqiga ega bo’lgan subyektlar aniq belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisida qonunchilik tashabbu
si huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, o’z
davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Oliy Majlis
deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi,
Oliy Sudi, Oliy xo’jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar. Oliy Majlis qonun loyihalari
tayyorlash ishlarini olib borish, Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki
tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo’mitalar
va komissiyalar
saylaydi. Parlamentni
ng navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko’rish vа uni o’tkazish
bo’yicha qo’mita va komissiyalar rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy
Majlis zarur bo’lgan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish vа
boshqa kichik komissiyalar tuzadi
va ularning tarkibiga olimlar, mutaxassislar jalb etiladi.
Qonunlar loyihalarini ko’rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va
deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo’mita va komissiyalarining butun tarkibi faol
qatn
ashadilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko’rish qanday borayotganligi
ommayiy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini Oliy
Majlisda doimiy ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-
mulohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan
mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va
idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi,
xalqaro
tashkilotlarning ekspertizasidan o’tkaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha
qonun loyihalari bo’yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosalarini Oliy
Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari huzurida tegishli qo’mitalar, kotibiyat, bo’limlar va
partiya fraksiyalari rahbarlari, ishchi guruhlarining a’zolari va ekspertlar ishtirokida puxta
va atroflicha muhokama etish yo’lga qo’yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday
yondashuy, ularning puxta va sifatli bо’lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar
ishida
O’zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini
yanada уахshilashga muttasil e’tibor berishi O’zbekiston parlamenti faoliyatining
takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning samaraligini oshirishda muhim
omil bo’lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-
1999-
yillarda 15 ta sessiya o’tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145
qonun, 452 qaror qabul qilindi. Ama
ldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha va
o’zgarishlar kiritildi. Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi
(tasdiqladi), xalqaro konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Birinchi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident
Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi: "Еng muhimi, birinсhi
chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni shundan
iboratki, o’tgan davr mobaynida ko’ppartiyaviylik
shakllangan, turli harakatlar, jamoat
birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela
boshlagan murakkab bir sharoitda, Оliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan
hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni
saqlab turishda
ishonchli omil bo’ldi".
I
. А. Karimov. Vatan ozodligi - oliy saodat. Asarlar, 8- jild, 60-
bet.
Birinchi chaqiriq respublika Oliy Маjlisining 1999- yil 19-20- avgust kunlari bo’lib o’tgan
15-
sessiyasi ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini
1999- yil 5-
dekabr kuniga belgilash to’g’risida qaror qabul qildi. 1999- yil 5- dekabr kuni
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar bo’lib o’tdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo’lgan
saylovlarda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida
19-
dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va
saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi.
Saylovlar aholining fаоl ishtiroki va yuqori siyosiy ko’tarinkiligi bilan o’tdi, jami 250 nafar ,
vakil deputat etib saylandi. Nаtijаlаr O’zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan
demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga mos ravishda, chinakamiga muqobillik
asosida bо’lib o‘tganligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kun
i bo’lib o’tgan birinchi
sessiyasining birinchi
majlisida hokimiyat vakillik orgаnlаndаn sаylаngаn 111 kishidan iborat deputatlar bloki,
Xalq-demokratik partiyasldan saylangan 48 kishidan, "Fidokorlar" milliy-demokratik