Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalarni hisobga olish
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalarga davlat korxonalariga qilingan investitsiyalar yoki qandaydir hayriya, ekologik jamiyatlarga kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida qo’yilgan investitsiyalar hisobga olinadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli moliyaviy
qo’yilmalarning (investitsiyalarning) asosiy qismini tashkil etadi va ular banklar va korxonalar kapitallashuvini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi qonunning 3 moddasida “Qimmatli qog’ozlar – hujjatlar bo’lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan uning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish
imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog’ozlarning qiymati O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalaydi” – deyilgan.
Qonun hujjatlariga ko’ra qimmatli qog’ozlar bo’yicha quyidagi tushumchalar mavjud:
Emitent – emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog’ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo’lgan yuridik shaxs. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish – yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining ob’ekti sifatida qimmatli qog’ozlar paydo bo’lishiga qaratilgan harakatlar. Qimmatli qog’ozlar egasi – qimmatli qog’ozlar o’ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Emissiyaviy qimmatli qog’ozlar – bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo’lgan, mazkur chiqarilishi uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo’ladigan qimmatli qog’ozlardir.
Noemissiyaviy qimmatli qog’ozlar – emissiyaviy qimmatli qog’ozlar tushunchasiga oid bo’lmagan qimmatli qog’ozlardir. Investor – qimmatli qog’ozlarni o’z nomidan va o’z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Qimmatli qog’ozlar chiqarilish shakliga ko’ra blankalar tarzida hujjatli va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo’lishi mumkin va uni qanday chiqarilishi qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi qonunning 1 moddasiga binoan qimmatli qog’ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, g’azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog’ozlar hosilalari va veksellar kiradi.
Aksiya – o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividend tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz.
Aksiya gollandcha actie so’zidan olingan bo’lib qimmatli qog’oz ma’nosini beradi va u aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo’shganlikdan guvohlik beruvchi, uni chiqargan aksiyadorlik jamiyati amal qilib turgan vaqt mobaynida muomalada bo’luvchi qog’oz hisoblanadi.
Obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentni obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo’lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog’oz.
Obligatsiya lotincha obligatio so’zidan olingan bo’lib majburiyat ma’nosini anglatadi va u uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi, unga ushbu qimmatli qog’ozlarni nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to’langan haqi qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Obligatsiya investorninig emitentga mablag’larni vaqtinchalik foydalanish uchun berilganligi haqidagi guvohnomadir.
Obligatsiyadan olinadigan daromad foiz ko’rinishida bo’ladi.
G’azna majburiyati – emissiyaviy qimmatli qog’ozlar egalari O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag’lari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog’ozlar.
Ular asosan jismoniy shaxslarga mo’ljallangan. Depozit sertifikati – bankka qo’yilgan omonat summasini va omonatchining (setifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz. Depozit sertifikatilari inglizcha sertifikate of deposit – pul mablag’larini
omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat tugagandan so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasi guvohnomasidir. Ular 1994 yildan boshlab yuridik shaxslar uchun 1 yilgacha, jismoniy shaxslar uchun 3 yilgacha muddatga chiqarila boshlangan. Qimmatli qog’ozlarning hosilalari – o’z egalarining boshqa qimmatli qog’ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog’ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog’ozlar. Ushbu qimmatli qog’ozlar shartnomaviy bo’lib ularni optsion, varrant va fyuchers turlari mavjud.
Optsion lotincha optio so’zidan tanlov ma’nosini anglatadi va u tomonlarning biriga qimmatli qog’ozlar miqdorini, vaqtini, belgilangan narxda sotib olishni tanlash huquqini beradi.
Varrant nemischa warrant so’zidan xarid qilish huquqini beruvchi hujjat. Fyuchers inglizcha future so’zidan kelishgan narxda yetkazib berish.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz. U asosan korxona va tashkilotlar o’rtasidagi to’lov munosabatlarida qo’llaniladi va uni oddiy va o’tkazma turlari mavjud. Aksiyalarni nominal va sotib olish bahosi. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish.
Buxgalteriya hisobining 12-“Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” milliy andozaning 15 moddasiga ko’ra uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar) quyidagi baholarda hisobga olinadi:
– xarid qiymati bo’yicha
– qayta baholash hisobga olgan qiymat bo’yicha
– xarid qiymati va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha
aniqlangan eng kam bahosi bo’yicha hisobga olinadi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
Ma’lumki, moliyaviy investitsiyalar tarkibida aksiyalar asosiy o’rinni egallaydi. Qimmatli qog’ozlar muomalasida uning nominal va sotib olish tushunchalari mavjud.
Aksiyalarni nominal qiymati deganda ularga yozib qo’yilgan qiymat tushuniladi, sotib olish bahosi esa ularni birlamchi va ikkilamchi bozorlarida belgilanadi. Qimmatli qog’ozlar savdosining tashkilotchilariga quyidagilar kiradi:
1. Fond birjasi.
2. Qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi (buyurtma qabul qilish punktlari va boshqalar).
3. Qimmatli qog’ozlarning mulkdori yoki qimmatli qog’ozlarga bo’lgan mulkiy huquq egasi.
“Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risda”gi qonunning 3-moddasiga binoan fond birjasi – bu ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o’rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o’tkazish orqali faqat qimmatli qog’ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxsdir. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi savdolarda aksiyalar savdosi asosiy o’rinni egallaydi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini dastlabki va ikkilanmchi bozori mavjud. Dastlabki bozor ularni dastlabki chiqarilishidagi sotilishi. Qimmatli qog’ozlar, shu jumladan aksiyalar mo’ljallangan daromadni keltirmagan taqdirda yoki uni aynan kelajakda sotish uchun olingan bo’lsa ular boshqalarga ikkilamchi bozor asosida sotiladi.
Qimmatli qog’ozlar xarid qilishning haqiqiy xarajatlariga:
– shartnoma asosidagi uni sotuvchiga to’lov summasi.
– qimmatli qog’ozni sotib olish bo’yicha mahsus tashkilot va shaxslarga ko’rsatilgan xizmatlar (axborot va maslahat) uchun to’lov
– ayrim vositachi tashkilotlarga to’lov
– ularni hisobga olgunga qadar ba’zi qarzga olingan mablag’lar bo’yicha foiz to’lovlari – ularni sotib olinish bilan bog’liq boshqa xarajatlar.
Ushbu xarajatlar qimmatli qog’ozlarni xarid qilish qiymatini tashkil etadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olish xarajatlari o’z mablag’lari, qarzga
olingan mablag’lar va boshqalar (ta’sis hujatlari asosida) mablag’lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga doir muomalalarni hisobiga quyidagi hisobvaraqlar mo’ljallangan:
0600 – uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oluvchi schotlar
0610 – qimmatli qog’ozlar
0620 – sho’ba korxonalariga investitsiyalar
0630 – qaram birlashmalarga investitsiyalar
0640 – qo’shma korxonalarga investitsiyalar
0690 – boshqa uzoq muddatli investitsiyalar
0610 hisobvaraqda uzoq muddatli investitsiyalarga qo’yilgan foizli davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarning mavjudligi va harakati aks etadi.
Bu hisobvaraqlar aktiv bo’lib debetida qoldig’i va kirimi, kreditida chiqimi aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |