3-Amaliy mashg’ulot
Ona tili
Mavzu: 1,2-sinfda “Tovushlar va harflar” bo‘limidagi mavzularni o‘rganish darslar rejasini va ishlanmasini tuzish
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o'quvchilarni tovushlarni va harflarni to‘g’ri aytishga o‘rgatish, tovushlar va harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, tovushlarni hosil bo‘lishi, ularni so‘z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash tovushlarni farqlashga o‘rgatish
tarbiyaviy: topqirlikka, ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o'rgatish
D) rivojlantiruvchi: husnixat ko'nikmalarini takomillashtirish, lug’at boyliklarini oshirish, hamkorlikda ishlashga o‘rgatish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
2. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish.
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiya elementlari:
FK1 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi.
FK2 Lingvistik kompetensiya:
o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi; unli va undosh tovushlarni ajrata bilish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning metodi: tushuntirish, musobaqa, mustaqil ishlash, savol-javob, suhbat, ta’limiy o’yinlar.
Darsning tipi: aralash.
Dars ko‘rgazmasi: unli, undosh harflar yozilgan plakat, darslik, ko’rgazmali rasmlar, tarqatmalar.
Darsning shiori: Puxta bilim va a’lo natija!
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.
1. Diqqatni jamlash mashqini bajarish. Buning uchun o‘qituvchi 2 satrli she’r aytaman:
Biz boshlaymiz o’qishni (1-qatori o‘qituvchi aytadi)
Va chiroyli yozishni(2-qatorni o‘quvchilar aytadilar)
O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do‘stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish.
Dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun o‘quvchilar ishtirokiga qarab baholanishi va dars so‘ngida “Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng intiluvchan o‘quvchisi” nominatsiyalari bilan dars yakunida taqdirlanishi aytib o‘tiladi.
II. Uy vazifalarini tekshirish va o‘tilgan mavzularni mustahkamlash
1) O‘tilganlarni mustahkamlash maqsadida “To‘g’ri-noto‘g’ri” metodidan foydalaniladi. Topshiriq bajarilgach, tekshiriladi va rag’batlantiriladi.
2) Husnixat daqiqasi:
ona,Vatan,kelmoq,yurmoq ,dengiz,soyabon
3) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ko‘chiring. Shu so‘zlardagi tovushlarni chizmada ko‘rsating.
III. Yangi mavzu bayoni.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
V. Uyga vazifa: 25- mashq
Berilgan harflardan so‘zlar hosil qiling va yozing. Har bir so‘zdagi unli va undosh tovushlarni aniqlang.
D, I, B, M, O, L, N
Masalan: limon, olma, don, in, nom…
VI. Dars yakuni.
Musobaqa g’olib bolgan guruh rag’batlantiriladi. “Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o’quvchisi”, “Bugungi darsning eng intiluvchan o‘quvchisi” nominatsiyalari g’olibi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |