Kumush nodir metal, zichligi , suyuqlanish temperaturasi yuqori. Tabiiy 2 ta, suniiy 25 ta izotopi mavjud. Kumush birikmalarida 1 valentlikni nomoyon qiladi
Kumush tabiatda erkin holda uchraydi,lekin uning ko’p qismi brikmalaridan olinadi,uning ko’uchraydigan brikmalari kumush yaltirog’I,yoki argentit (Ag2S) va xlorargirit (AgCl)dir.
Kumush yumshoq, yaxshi cho’zuluvchan va yaxshi yassilanuvchan oq tusli yaltiroq metalldir,zichligi 10.5g/sm3.Uning solishtirma og’irligi 10.49ga teng. Suyuqlanish temperaturasi 960.8 C qaynash tem. 2000 C, issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi.
Kislorod kumushni hatto qizdirilganda ham oksidlanmaydi. Kumush buyumlar havodagi H2S tasirida qorayadi. Buyum sirtida Ag2S dan iborat qora dog’ paydo bo’ladi.
Oltin yoki tilla - unsurlar davriy jadvalining 79-unsuri. Kimyoviy belgisi Au (lotincha: aurum - „charaqlash“ soʻzidan). Zich, egiluvchan metall. Atom massasi - 196,966569(4). Zichligi - 19.30 g·sm−3, erish harorati - 1337.33 K (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K) (2856 °C).
Oltin (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi.
Oltinning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.
Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.
Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma Oltin) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof Oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. RF da (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida Oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m³ da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha Oltin boʻladi. Oʻzbekistonda Oltin makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud.
Oltin yumshoq, plastik, choʻziluvchan metall (kalinligi 0,0002 mm gacha boʻlgan zarqogʻoz tayyorlash, 1 g ni 3,5 km li sim qilib choʻzish mumkin), elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 19,32 g/sm³ (20° da). Suyuqlanish temperaturasi 1064,4°, qaynash temperaturasi 2880°. Moos shkalasi boʻyicha qattikligi 2,5. Oltin yum-shoq bulganligi uchun uning kumush yoki mis qoʻshib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. Oltin — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda oʻzgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va boshqalarda erimaydi: faqat zar suviaa, xlorli suvda va ishqoriy metallarning sianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. Oltin oʻz birikmalaridan oson kaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, Oltin amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli boʻladi. 3 valentli Oltin birikmalari barqaror hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |