11.5 Diagnostik me’yorlar
Diagnostik parametrlarning joriy qiymatlarini me’yoriy qiymatlar bilan taqqoslab, texnik holatning turi, transport vositasining sozligi, nosozligi, ishga qobiliyatli yoki qobiliyatsiz ekanligi hamda ekspluatatsiyani davom ettirish yoki keyingi ekspluatatsiyani to‘xtatish to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Ekspluatatsiya jarayonida, ko‘p hollarda, ishlash davomiyligining o‘sishi bilan asta-sekin o‘zgaradigan diagnostik va tuzilmaviy parametrlar uchraydi. Bu parametrlarning bir qadar o‘zgarishiga qaramasdan xavfsizlik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik mezonlari bo‘yicha obyektning ekspluatatsiyasi davom ettirilishi mumkin. Shuning uchun texnik hujjatlarda transport vositasining keyingi ekspluatatsiyasi mumkinligini bildiradigan parametrlar miqdorlarining oraliqlari keltirilishi mumkin. Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (11.6-rasm).
Boshlang‘ich me’yor (Sb) – Dastlabki (nominal) qiymat diagnostik parametrning miqdoriga, u esa chiniqtirish va ishlatib moslashdan o‘tgan yangi, soz transport vositasining tuzilmaviy parametriga mos keladi. Dastlabki qiymat, loyihalashda belgilanadi va ishlab chiqarishda ta’minlanadi, ya’ni obyektni sozlaydilar yoki ta’mirlaydilar. Boshlang‘ich me’yor texnik hujjatlarda keltiriladi.
Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar o‘zgaradi (ka
kattalashadi yoki kichiklashadi), bu transport vositasi xususiyatlarining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, silindr devori va porshen orasidagi tirqishning yeyilish natijasida kattalashuvi dvigatel quvvatining pasayishiga va transport vositasi dinamikligining yomonlashuviga olib keladi. Tirqishning kattalashuvini “kompressiya” deb ataladigan diagnostik parametr yordamida baholash mumkin.
Tuzilmaviy parametrning o‘zgarishi diagnostikalash obyekti holatining (keskin) o‘zgarishiga olib keladigan chegaraviy miqdorgacha yetishi mumkin. Masalan, tirsakli val bo‘yinchasi va sirpanish podshipnigi orasidagi tirqishning sekin-asta kattalashuvi podshipnikning yemirilishiga olib keladi (tirqishning kattalashuvi shovqinning o‘sishi, moy bosimining pasayishi, podshipnik haroratining o‘sishi bilan bilvosita tavsiflanadi). Bu buzilish katta salmoqli iqtisodiy zarar keltiradi. Kam sarf-xarajatlar bilan sirpanish podshipnigi (vkladish)ni almashtirish va val bo‘yinchasi o‘lchamlarini ta’mirlash o‘lchamlariga keltirish bilan podshipnik ishdan chiqishining oldini olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |