Mavzu: 10. Gidroizolatsiya. Yerto’lalar. Reja


Yerto’la devorlari gidroizolatsiyasi



Download 126,58 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi126,58 Kb.
#749448
1   2
Bog'liq
10-мавзу (2)

Yerto’la devorlari gidroizolatsiyasi.

Yerto‘lali binolarda gorizontal va vertikal gidroizolatsiyadan foydalaniladi. Gorizontal gidroizolatsiya devor g‘ishtlarini yoki mayda bloklarini terganda qatorlar orasiga o‘ramali materiaПardan tasma tarzida bitumli mastika yordamida yotqiziladi. Gidroizol- atsiyaning birinchi qatlami yerto‘la poli bilan bir tekislikda, ikkinchi qatlami esa birinchi qavat poli plitalari ostida joylashgan bo‘ladi.
Уег11ка1 gidroizolatsiya yerto‘la deYorlarining sirtqi yopmasi va qavatlararo ora yopmasiga bo‘1inadi.






  1. rasm. G‘isht va bloklardan qurilgan devorlarni yer osti
    suvlari ta’siridan himoyalash:

a -yerto ‘lasiz binolarning gidroizolatsiyasi; b -yerto ‘lali
b inolarn ing gidro izolatsiyasi;

1 - birinchi qavatdagi xonaningpoli; 2 - tashqi devor; 3 - o‘rama
materialdan qilingan gidroizolatsiya qatlami; 4 - sement qatlami;
5 - otmostka; 6 -poydevor; 7 - bitum (saqich) qatlam; 8 - mayin
sement qorishmasidan tayyorlangan vertikal gidroizolatsiya;

9 - yerto ‘laning beton poli; 10 - gorizontal gidroizolatsiya qatlami;
11 - yerto ‘la usti ora yopmasi.
Gidroizolatsiya turlarini tanlash ko‘proq namligiga, yer osti suvlarining sathiga bog‘liq bo‘ladi. Quruq gruntli yerda issiq bitumni poydevor yuzasiga ikki qayta surtish bilan chegara1anish mumkin. Nam gruntli yerda esa yerto‘la devori sirti mayin sement qorishmasi yoki sement ohak qorishmasi bilan suvoq qilinib, ustidan issiq bitum ikki qayta surkab chiqiladi yoki ikki qavat o‘rama materia1 yopish- tiriladi. Yopishtirilgan gidroizolatsiya qatlami shikastlanmasligi uchun ular g‘isht devor bilan himoyalanadi (2.17-rasm).
Bino quriladigan joyda yer osti suvlari sathi yerto‘la poli sathidan baland bo‘lgan hollarda gorizontal va vertikal gidroizolatsiya ikki- to‘rt qavat chirimaydigan o‘rama-material (gidroizol, izol, shisha mato, shisha kigiz, ruberoid va boshqalar) yopishtirish orqali hosil qilinadi. Bunda gorizontal gidroizolatsiya qatlami yerto‘la poli tekisligida va devorlar sikoliga to‘shaladi. Vertikal gidroizolatsiya yer osti suvi sathidan 0,5 m balandda joylashishi lozim. Buning uchun gorizontal gidroizolatsiya to‘shamasi yerto‘la poli betonli qatlami ustidan yotqiziladi. Uning bir uchi yerto‘la devori tagidan sirtga chiqarilib, sirtqi vertikal yuzada yer osti suvlari ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan sathdan 0,5 metr yuqorida qoldiriladi.






  1. rasm. Yer osti suvlarining sathi baland bo‘lgan joylardagi
    g‘isht binolarning gidroizolatsiyasi.

1 - otmostka; 2 - o‘rama materialdan qilingan gorizontal
gidroizolatsiya qatlami;
3 -yerto ‘lapolidagi gorizontal gidroizolatsiya qatlami; 5 - o‘rama
gidroizolatsiyaning burmasi (kompensator);6 - bitum shimdirilgan
lyoss tiqilgan joy; 7 -poydevor sirtiga yopishtirilgan vertikal
gidroizolatsiya; 8 - yopishtirilgan vertikal o‘rama gidroizolatsiya;
9 - himoya g ‘isht devor; 10 - loysuvoq.

Agar yer osti suvlarining gidrostatik bosimi 0,8 m dan ortiq bo‘lsa, u holda yerto‘la polining betonli qatlami ustidan hamda yerto‘la devori ostidan o‘tgan yaxlit temirbeton plita o‘rnatiladi (2.18- rasm).
Agar yer osti suvlari tarkibida agressiv moddalar bo‘ladigan bo‘lsa, u holda poydevor betoni putssolan portlansement yoki shlakportlansement zaminida tayyorlanadi. Binoning yer ostidagi qismlarini yog‘in-sochin ta’siridan himoyalash uchun tashqi devorlar atrofiga nishabi binodan chetga qaratilgan yo‘lak-otmostka qilinadi. Otmostkalar suv o‘tkazmaydigan materiallardan, ya’ni asfalt, asfalt- betondan yoki yig‘ma temirbeton plitalardan to‘shalishi mumkin. Ularning eni kamida 0,5m, nishabligi 2-3% qilib olinadi.






  1. rasm. Binolarni yer osti suvlaridan muhofaza qilish:

a, b - yer osti suvlari poydevor sathidan pastda joylashgan;
d, e, f - yer osti suvlari poydevorga ham chiqqan; 1 - gorizontal
gidroizolatsiya; 2 - vertikal gidroizolatsiya; 3 - otmostka;


  1. - yerto ‘la devori; 5 -polga yotqizilgan beton qatlam; 6 - issiq bitum surtilgan qatlam; 7 - sog‘ tuproq; 8 - sement to‘shama;

9 - vertikal gidroizolatsiya; 10 - himoya g ‘isht devor; 11 - beton;

  1. - temirbeton plita.

Download 126,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish