Mavzu: 10. Gidroizolatsiya. Yerto’lalar.
Reja:
Binoning yer ostki qismi yerto’lalari.
Yerto’la devorlari gidroizolatsiyasi.
1.Binoning yer ostki qismi yerto’lalari.
Turar-joy va jamoat binolarining yer ostki qismlari yerto‘la, texnik yerto‘lali va yerto‘lasiz turlarga bo‘linadi.
Binoning yerto‘la qismida har хИ yordamchi xonalar bo‘lib, ularda binoni normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan usku- nalar joylashadi. Hozirgi paytda binolarni isitish sxemasi markaz- lashtirilganligi tufayli yerto‘lali binolar soni kamayib bormoqda. Injenerlik tarmoqlari va bino ichidagi aloqa kommunikatsiyalari texnik yerto‘lalarga o‘rnashtiriladi.
Binoning yerto‘la devorlari odatda yerto‘lasiz bino poydevori materiali bilan bir хИ bo‘ladi. Ular gruntning gorizontal bosimiga ye- tarlicha bardosh beruvchan, yerto‘la isitiladigan binolarda esa issiq- likni saqlash xususiyatlariga ham ega bo‘lishi kerak. Yerto‘la хот- larni shamollatish va yoritish uchun yer sathidan pastda joylashgan deraza o‘rnatiladi va o‘z navbatida deraza oldida maxsus chuqur (priyamka) qoldiriladi. Yerto‘la qavati xonalariga bino ichidan, ya’ni zina katagida joylashgan yoki bino tashqarisida joylashgan, alohida chuqurga o‘rnatilgan bir marshli zinalar orqali kiriladi. Chuqurning tepa qismi yopmalar yordamida yoki yondash qurilgan bino bilan o‘ralib, yog‘in-sochindan muhofaza qilinadi (2.15-rasm).
Poydevorlar yerto‘la, yerto‘la devorlari va zaminga tegib tura- digan boshqa konstruksiyalar zamindagi namlik hisobiga zax tortadi. Bunday konstruksiyalarni kapillar namlikdan asrash uchun poydevorlarga gorizontal va vertikal gidroizolatsiya qatlamlari qo‘yiladi. Ular yopishtiriladigan material (ruberoid, gidroizol, izol, shisha mato, shisha kigiz) qatlami va bo‘yoq parda va suvoq (sement qorishma, asfalt va boshqa bitumli materiallar) bo‘lishi mumkin (2.16- rasm).
Yerto‘lasiz binolarda devorning poydevor bilan tutashgan qismiga gorizontal gidroizolatsiya sifatida qalinligi 20-30mm sement-qum qorishma (tarkibi 1:2) yoki ikki qavat ruberoid, gidroizol yoki nam o‘tkazmaydigan boshqa material bitumli mastikada yotqiziladi. Bulardan tashqari, 25-30mm qalinlikda asfalt to‘shama bilan ham devorni gidroizolatsiya qilish mumkin. Gorizontal gidroizolatsiya binoning birinchi qavat poli betonining sathi bilan baravar va bino atrofiga ishlangan otmostka sathidan 15-20 sm balandda joylashadi. Ichki poydevorlarda gorizontal gidroizolatsiya poydevorning tepa yuzasiga joylashtiriladi.
rasm. Yerto‘la qavati xonalariga kirish:
1 - beton qatlami; 2 - zichlashtirilgan qum yostiq; 3 - temirbeton
plita; 4 - ustun; 5 -to‘sin; 6 - o‘rab turuvchi g‘isht devor;
7 - tirgovich devor; 8 - zina; 9 - yerto ‘la usti ora yopmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |