Darsning maqsadi
Maqsadlar:
Ta'limiy: a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini qiziqarli top-shiriqlar yordamida boyitib borish;
b) 38+5 ko'rinishidagi misollarni yechish usuli haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: a) har bir matematik muammolarni xushmuomalalik, do'stona, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash;
b) o'quvchilarning diqqatini, tafakkurini, topqirlik, har bir narsani qadrlash xususiyatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar. O'quvchilar dars yakunida 38+5 ko'rinishidagi misollarni yechish yuzasi- dan yangi bilimga ega bo’ladilar.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O'quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash
|
O'quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid misol va masalalar yechiladi.
|
Savol- javob, mustaqil ish
|
2 minut
|
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash
|
• O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
o'yin
|
6 minut
|
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
1-misol. Rasmdan foydalanib 5 sonini qo'shish usuli bilan tanishtirish.
2-misolni tushuntirib yechish.
3-masalani yechish.
4-misolni namuna bo'yicha bajarish.
Dam olish daqiqasini o'tkazish.
6-misolni yechish.
|
tushuntirish, muammoli izlanish
|
28 minut
|
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Og'zaki savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi.
|
muammoli izlanish
|
4 minut
|
6-bosqich. Baholash
|
1- O'quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e'lon qilinadi.
2- Dars yakunlanadi.
|
|
1 minut 1 minut
|
7-bosqich. Uyga vazifa
|
7-masala, 8-misol.
|
tushuntirish
|
1 minut
|
Darsning borishi.
1-, 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Parashutdan sakrash» o'yinini o'tkazish.
Parashutda yozilgan misollarning javobini kim birinchi bo'lib topsa, o'sha o'quvchi yerga birinchi bo'lib qo'ngan bo'ladi.
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni.
R asmdan foydalanib, 5 sonini qanday qo'shilganligini tushuntirish.
2-misolni tushuntirib yechish (yozma).
3-masalani og'zaki va yozma ravishda bajarish.
B or edi - 38 tup olma ? tup ko’chat.
Olib kelindi - 4 tup anor va 5tup olcha
Yechish: 38+4+5=38+(4+5)=38+9=47 tup mevali ko'chat.
Javob: Maktab hovlisida hammasi bo'lib 47 tup mevali ko'chat bo'ldi.
4-misolni namuna bo'yicha bajarish. 26=20+6
54=50+4 65=60+5 89=80+9
78=70+8 29=20+9 37=30+7
43=40+3 97=90+7 32=30+2
Dam olish daqiqasi o'tkaziladi.
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og'zaki savol-ja-vob orqali mavzu mustahkamlanadi. Namuna: Xona qo'shiluvchilar yig'indisi deganda nimani tushunasiz?
1) 45, 39, 56, 87 sonlarini xonalarga ajratib aytib berishga o'rgatish. Namuna: 45 = 40 + 5
6-bosqich. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab, rag'batlantirish.
7-bosqich. Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol.
Do'stlaringiz bilan baham: |