Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar



Download 122,15 Kb.
bet28/70
Sana02.05.2020
Hajmi122,15 Kb.
#48741
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
tibbiy bilm asosalari

Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar:

1.Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayorlash.

Ramazanova Tashkent 2006.

2.Salomatlik entsiklopediyasi .Toshkent 1998.

3.Ziyonet.uz enternet tarmoqlari.


Mavzu: Havo – tomchi yo’llari kasalliklari.

Chin chechak o'ta xavfli, o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, organizmning og'ir umumiy intoksikatsiyasi va teri hamda shilliq qavatlarda toshma toshishi bilan xarakterlanadi. Qadim zamonda bu kasallik millionlab kishilarning'yostig'ini quritgan. Odatda, qo'llaniladigan dezinfeksiyalovchi eritmalar ta'sirida 30 daqiqadan

keyin nobud bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Bunda bemor infeksiya manbai hisoblanadi. U prodromal davrining oxiridan kasallik tugaguncha virusni yuqtirishi mumkin. Dastlabki davrda virus nafas yo'llari orqali ajraladi. Keyinchalik pustula o'rnida hosil bo'lgan po'stloqchalar virus saqlovchi hisoblanadi. Oqibatda virus bemor kiyimlari va u foydalangan ro'zg'or anjomlari vositasida yuqishi mumkin. Hozirda mamlakatimizda bu kasallik tugatilgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ)ning xabariga ko'ra, 1979-yilda chin chechak dunyo miqyosida tugatildi.

Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri o'rta hisobda 9-14 kun. Keyin 3-4 kun davom etadigan prodroma davri boshlanadi. To'satdan qaltirash bilan isitma ko'tarilib, 39-40° ga yetadi. Bosh og'rishi va aylanishi, ko'ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Mushaklar, bel va dumg'aza qattiq og'riydi. Bemorning yuzi, ko'zi va og'iz shiliq qavatlari qizaradi. Ba'zan shu davda terida turli toshmalar paydo bo'ladi. Toshma sonning ichki yuzasiga, qorinning pastki qismiga va ko'krakka uchburchak shaklda toshishi xarakterli. Bir kundan so'ng toshma asar qoldirmay yo'qoladi. Bu davrda gavda harorati ham normaga tushib, bemor ahvoli yaxshilanadi. Shu davrda haqiqiy toshmalar tosha boshlaydi. Toshma dastlab bosh va yuzda paydo bo'ladi. Keyinchalik tana va qo'1-oyoqlarga tarqaladi. Dastlab u pushti rangli mayda dog' ko'rinishida bo'ladi. Bir necha soatdan keyin yiriklashib papula hosil bo'ladi. 2-3 kundan keyin papula ichida tiniq suyuqlik yig'ilib vezinkulaga aylanadi. Kasallikning 9-10-kunida vezikula ichida suyuqlik yiringlab pustula hosil bo'ladi. Bu davrda bemor ahvoli yanada og'irlashib, gavda harorati qaytadan ko'tariladi. Toshma shilliq qavatlarga ham toshadi. Kasallikning 15-17-kunida yiringli pufakchalar yorilib, quriy boshlaydi va po'stloqcha hosil bo'ladi. Bu davrda teri qattiq qichishadi. 4-5 haftadan so'ng po'stloqchalar ko'chib tusha boshlaydi. Ularning o'rni chuqurcha (cho'tir) bo'lib qoladi.

Diagnostikasi. Buning uchun toshma elementlaridan material, qon, tomoqdan mazok olib virusologik tekshirish o'tkaziladi.

Davolash. Spetsifik davolash usullari yo'q. Bemor tezda alohida xonaga yotqiziladi. Intoksikatsiyasini kamaytirish maqsadida turli suyuqliklar (5-10% li glyukoza eritmasi, ringer eritmasi, gemodez va boshqalar) tomchilab yuboriladi. Teriga Burov suyuqligi, spirt, 5% li margansovka eritmasi surtiladi. Og'iz borat kislota, 2% li soda eritmasi bilan chayiladi. Ko'zga 20% li albutsid tomiziladi.

Profilaktikasi. Chin chechak profilaktikasi asosan, unga qarshi emlashdan iborat. Xuddi shu tadbir tufayli uni tugatishga erishildi. Bolalar 1-2 yoshligida emlanadi, 8 va 16 yoshlarda revaksinatsiya qilinadi. Kasallik aniqlangan joyda karantin joriy etiladi.

Gripp viruslar qo'zg'atadigan o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, umumiy intoksikatsiya, nafas olish yo'llarining jarohatlanishi bilan kechadi. Yuqumli kasalliklar ichida eng keng tarqalgan gripp hisoblanadi. Deyarli har yili gripp epidemiyasi tarqaladi.

Gripp viruslarning A, A,, A9, B va C turlari paydo bo'lishi yangi epidemiyani boshlaydi. Tashqi muhitda virus turg'un emas. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Bunda bemor odam infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor yo'talganda va aksirganda, ayniqsa, kasallikning dastlabki kunlari virusni atrofga ko'plab tarqatadi. Sog'lom odam organizmiga virusni atrofga ko'plab tarqatadi. Sog'lom odam organizmiga viruslar nafas olish yo'llari orqali kiradi.


Download 122,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish