Solishtirma elektrodlar - sifatida elektrod potensialini o‘lchash uchun mo‘ljallangan qaytar (normal vodorod to‘yingan kalomel, kumush xloridli, talliy xloridli va boshqa) elektrodlar (etalon sifatida) ishlatiladi.
Solishtirma elektrodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
potensial belgilovchi elektrodning ichki reaksiyasi termodinamik qaytar bo‘lishi kerak;
elektrod kam qutblanuvchan bo‘lishi, ya’ni undan tok o‘tganda o‘z potensialini nihoyatda kam o‘zgartirishi kerak;
elektrod uzoq vaqt saqlanganda va turli xil sharoitlarda ham o‘z potensialini o‘zgartirmasligi shart.
Potensiometrik tahlil usuli to‘g‘ri potensiometriya va potensiometrik titrlashga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |