MAVZU №1. MAMLAKAT IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDA
TRANSPORT TIZIMINING AHAMIYATI
Tayanch iboralar: Transport tizimi; transport turlari; shahar transporti; sanoat
transporti; magistral transport; yо‘llar; transport uzeli; transport vositasi;
transportdagi texnika jihozlari va inshootlari; yuk oboroti; yo’lovchi oboroti;
о‘rtacha tashish masofasi.
1.1
. Transportning paydo bо‘lishi va taraqqiyoti tо‘g‘risida ma’lumot
Transport insonlar hayotida og’ir ishlarini engillashtirib beruvchi vositadir.
Transport vositasi kishilik jamiyati tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Insonlarni
mehnat qilishlari uchun yaratgan qurollari va vositalari hamda kishilarning bir
yerdan ikkinchi yerga kо‘chirilishisiz biron iste’mol mahsuloti yaratish ham,
boshqa biron oqilona faoliyat ham bо‘lishi mumkin emas.
Dastlabki davrlarda odamlar о‘zlarining transportga bо‘lgan ehtiyojlarini
oddiy vositalar bilan qondirganlar. О‘zlariga zarur bо‘lgan ozuqalarni, mehnat
vositalarini, kiyim-kechak tayyorlash yoki qulay uy-joy sharoitini yaratish uchun
zurur bо‘lgan materaillarni, shuningdek, yoqilg‘ini (asosan о‘tinni) о‘zlari kо‘tarib
tashiganlar yoki sudraganlar. Keyinchalik esa har xil hayvonlarni о‘rgatish va
ularni kо‘paytirish orqali, yuk va odamlarni kо‘proq о‘shalardan foydalangan
holda tashiganlar.
Vaqtlar о‘tishi bilan mehnat unumdorligining о‘sishi, metalldan yasalgan
qurollarning paydo bо‘lishi va takomillashuvi, chorvachilikning rivojlanishi,
transport vositalarining yanada kengayishi va rivojlanishini taqozo etdi.
Arzon mehnat evaziga ulkan inshootlar, shaharlar qurildi, davlatlar paydo
bо‘ldi. Bularning hammasi kishilarning transportga bо‘lgan ehtiyojlarini yanada
oshirdi. Buyumlarni almashtirish va savdo-sotiqning о‘sishi, bojxona va boshqa
shu kabi tо‘lovlar yig‘ish, bosqinchilik va mudofaa urushlari dengiz transportining
tez rivojlanishiga olib keldi.
Daryo transporti 1000 yillarga borib taqaladi. Malumotlarga qaraganda ilk
daryo kemalari Qadimgi Misrda 4-asrlarda ishga tushgan. Qadimgi daryo kemalari
yog‘ochlardan ishlangan. Ularni kirg‘oqlarga otlar bilan yoki odamlar bilan sudrab
olib chiqishganlar. XIX-asrda ichki suv xavzalarida kemalar ishga tusha
boshladi. Birinchi daryo kemalari 1903-yil Rossiyada qurilgan.
Dengiz transportining takomillashuvi bilan birga, daryo transporti ham paydo
bо‘ldi va rivojlandi. Keyinchalik quruqlikda harakatlanuvchi transport ham
rivojlana boshladi.
Katta-katta shaharlarni, davlatlarni birlashtiruvchi karvon yо‘llari paydo bо‘la
boshladi. Karvon yо‘llarining tarkib topa boshlashi natijasida transport ishini bir
qancha yengillashtirgan yuk tashish shotilari (volokusha) va chanalar paydo bо‘la
boshladi. Bunday shotilar va chanalar yirik hayvonlarning kuchidan foydalanishga
mо‘ljallanib yaratilgan edi. Keyinchalik esa og‘ir narsalarni bir joydan ikkinchi
joyga kо‘chirishni yengillashtirish maqsadida ularning tagiga qо‘yiladigan
yumaloq g‘о‘lalardan foydalanishni g‘ildirakli transport yaratilishga asos
qо‘yilgan qadam desa bо‘ladi. G‘ildirak insoniyat dahosi yaratgan eng buyuk
ixtirodir. Buning izohi uchun shuni aytish kerakki, birinchidan, tabiatda
g‘ildraksimon narsalar bо‘lmaganligidan uni ixtiro qilish kerak bо‘ldi,
ikkinchidan, shu ixtiro necha ming yillardan buyon insoniyatga xizmat qilishi
bilan birga hozirgi vaqtda ham quruqlikda ishlovchi transport turlariga asos
bо‘layotir. Quruqlikda transportining rivojlanishi natijasida ot-arava yо‘llari qurila
boshladi.
Zamonlar о‘tishi bilan transportning ba’zi bir turlarini ham
takomillashtirishdi. Ishlab chiqarish kuchlarining о‘sishi bilan katta-katta shaharlar
paydo bо‘lib, ularda hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlana boshladi.
Keyinchalik bir qancha omillarga kо‘ra sotishga mо‘ljallangan tovarlarning
orta borishi transportga bо‘lgan ehtiyojni о‘stirdi. Shu sababdan kо‘pchilik
mamlakatlarda yuk tashish uchun dengiz va daryo, yо‘l va suv inshootlarini
kengaytirish ishlariga katta ahamiyat berila boshladi.
XX asrning ikkinchi yarmida texnika sohasidagi keskin о‘zgarish, ayniqsa,
mashina yordami bilan mashina ishlab chiqarish savdo-sotiqning о‘sishiga katta
ta’sir kо‘rsatdi va bu davr “sanoat inqilobi” davri bо‘ldi.
О‘tmishdan meros bо‘lib qolgan yelkanli va eshkakli kemalar hamda ot-arava
va karvonlar endi bu davrdagi “sanoat inqilobi” talabini qondira olmas edi.
Shuning uchun ham sanoatning rivojlana boshlashi bilan bir qatorda transport ham
yangi asosdagi texnika talabi bilan rivojlana boshladi. Buning yorqin dalili bug‘
mashinasining ixtiro qilinishi bо‘ldi. Bug‘ kuchi vositasida tabiat injiqliklariga
bog‘liq bо‘lmagan va nazariy jihatdan har qanday quvvatga ega bо‘la oladigan
transport vositalarini yaritish imkoniyati tug‘ildi. Natijada birinchi bug‘ kemalari,
parovozlar, quruqlikda yuruvchi bug‘ mashinalari, keyinchalik esa bug‘
samolyotlari yaratildi.
1-rasm.Birinchi ishlab chiqilgan transport( a- о‘zi yurar kareta. 1791 y, b-
benzin bilan ishlovchi birinchi transport. 1870 y).
1.2. Hozirgi zamon transport tizimi tushunchasi, tarkibiva tavsifi
Transport tizimi - tashish jarayonida bir-biriga bog‘liq bо‘lgan barcha turdagi
transportlar kompleksidir. Odatda “transport tizimi” termini biror davlatga, region
yoki katta shaharga taalluqli ma’noda ishlatiladi. Hozirgi davr transport tizimi
tarkibiga quyidagi transport turlari kiradi: temir yо‘l; daryo; avtomobil; havo;
quvur orqali yuborg‘ich transporti.
a
b
Shuningdek, transport tizimi tarkibiga shahar transporti va sanoat transporti
vositalari ham kiradi.
Shahar ichida harakatlanuvchi turli transport komplekslari shahar transporti
deyiladi. Sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xо‘jaligi, savdo va boshqa korxona
ichki ishlarini bajaruvchi transportlar sanoat transporti deyiladi.
Magistral transport deyilganda moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va
ularni iste’mol qiluvchi korxonalarning iqtisodiy aloqalari manfaatlari yо‘lida yuk
va yo’lovchilarni uzoq massfalarga tashuvchi transport tushuniladi. О‘zbekiston
magistral transport tarkibiga temir yо‘l, avtomobil, havo, quvur orqali yuborg‘ich
transportlari kiradi.
Yо‘llar deyilganda transport vositalari harakati uchun maxsus moslangan
(yoki qurilgan) va jihozlangan temir yо‘llar, avtomobil, daryo, va boshqa suv
havzalari yо‘llari tushuniladi.
Transport uzeli deyilganda turli transportlarning tutashadigan joylari
tushuniladi. Bunday tutashadigan joylar asosan katta shaharlar, aholi yashaydigan
joylar, sanoat va kurort markazlari hamda daryo portlari, avtomobil va temir yо‘l
bekatlarida bо‘ladi.
Transport vositasi deyilganda yuk va passajirlar tashishga mо‘ljalangan temir
yо‘l va avtomobil transportidagi lokomativ, vagon, avtomobil, tirkama, kema,
samolyot va boshqalar tushuniladi.
Transportidagi texnika jihozlari va inshootlar deyilganda transportga qarashli
zavod (asosan ta’mirlash zavodlari), ustaxonalar, omborlar, ortish-tushirish joylari,
bekatlar, portlar, aeroport binolari, ulardagi asbob-uskunalar, yо‘l jihozlari,
inshootlar (kо‘priklar, tonnellar, kanallar, shlyuzlar) va hokazo tushuniladi.
Yuk oboroti - yuk tashish jarayonida bajariladigan ish bо‘lib, u tonnalarda
о‘lchanuvchi tashilgan yuk hajmini о‘rtacha tashish oralig‘iga kо‘paytirish yо‘li
bilan aniqlanadi. О‘lchov birligi - tonna kilometr (tkm).
Yo’lovchi oboroti yo’lovchilar tashish jarayonida bajariladigan ish bо‘lib, u
tashilgan passajirlar sonini о‘rtacha tashish masofasiga kо‘paytirish yо‘li bilan
aniqlanadi. О‘lchov birligi yo’lovchi-kilometr (yo’lov-km).
1t yukni о‘rtacha tashish masofasi - har bir tonna yukni о‘rtacha tashish
masofasi bо‘lib, u tonna-kilometrlarda bajarilgan yo’lovchi oborotini tonna
hisobida umumiy tashilgan yuk hajmiga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi.
1 yo’lovchini о‘rtacha tashish masofasi - har bir passajirning о‘rtacha hisobda
yurgan masofasi bо‘lib, u barcha bajarilgan yo’lovchi oborotlarni umumiy
tashilgan yo’lovchilar soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi.
1. 3. Transportning moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagiо‘ziga xos xususiyatlari
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida turli ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga keladi. Bunday tarmoqlarga yer
osti foydali qazilma boyliklarni ishlab chiqarish sanoati, qishloq xо‘jaligi,
mahsulotlarga qayta ishlab berish sanoati, transport va shu kabilar kiradi.
Transport muomala doirasida tayyor mahsulotni tashish bilan moddiy
ne’matlar ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish jarayonini
davom ettiradi va ishlab chiqarish doirasi bilan iste’mol doirasini bir-biriga
bog‘lovchi vosita bо‘ladi.
Transport tarmog‘ida ham ishlab chiqarish jarayoni kishi mehnati va ishlab
chiqarish vositalaridan unumli foydalanish orqali amalga oshiriladi, natijada
mahsulotning yangi qiymati vujudga keladi. Demak, transport ham moddiy ishlab
chiqarish sohasiga kiradi. Lekin transportning ishlab chiqarish faoliyati quyidagi
xususiyatlarga khra boshqa ishlab chiqarish tarmoqlaridan jiddiy farq qiladi.
Transport sohasidagi ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlar ishlab
chiqaruvchi boshqa tarmoqlar singari xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlardan
foydalanilmaydi. Ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida tayyorlangan va bir
yerdan ikkinchi yerga tashilishi lozim bо‘lgan mahsulotlar transportning mehnat
ashyosi hisoblanadi. Bu mahsulotlar tashilganda iste’mol qiymati sifatida
kо‘paymaydi, faqatgina ularning qiymatiga qiymat qо‘shiladi.
Transport, bir tomondan, tovar almashinish va aholiga xizmat kо‘rsatishni
amalga oshirish bilan – bozor infratuzilmasining bir qismi hisoblanadi, boshqa
tomonlama esa — tovarlar va odamlarni kо‘chirar ekan, uning о‘zi bozor subyekti
sifatida о‘zining xizmatlarini sotadi. Transportning har xil turlari bu xizmatlarni
turli tarzda kо‘rsatishi mumkin, shu tariqa transport bozori paydo bо‘ladi.
Testlar
1.Transport uzeli tushunchasi
A)
turli transportlar tutashadigan joylar B)yirik sanoat markazlari
C)
temir yо‘l bekatlari D)dengiz portlari
2.Transport tizimi tarkibiga qaysi transport turlari kiradi
A)
temir yо‘l; dengiz; avtomobil; quvur; xavo ; B)temir yо‘l; dengiz; daryo;
C)dengiz; daryo; avtomobil. D)dengiz; avtomobil; daryo; havo; quvur.
3.Transport tizimi tushunchasi?
A)
tashish jarayoniga bog‘liq kompleks
B)
bir-biriga bog‘liq bо‘lgan transportlar kompleksi transport vositalaridagi
talablar birligi
C)
tashish jarayonida bir-biriga bog‘liq bо‘lgan barcha turdagi transportlar
kompleksidir
D)
transport vositalaridagi tashish jarayoni
4.Yuk tashish ishi (oboroti) о‘lchami
A) t/km B) tkm C) km/t D) kg/m
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar:
1.
Birinchi transport qachon paydo bо‘lgan?
2.
Transport tizimi nimani anglatadi?
3.
Transport tizimi tarkibiga qanday transport turlari kiradi?
4.
Magistral transport deganda nimani tushunasiz?
5.
Transport uzellari qayerlarda tashkil etiladi?
6.
Transportda texnika jihozlariga nimalarni kiritish mumkin?
7.
Yuk oboroti nimada о‘lchanadi?
8.
Yulovchi oboroti nimani bildiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |