Mavzu №1: Kirish


 Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/85
Sana25.11.2022
Hajmi2,26 Mb.
#872468
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
Maъруза матн. тупл.(ЕЕ, IE va NG) - 2011yil-1

10.3. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot 
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro 
tashkilot 
ham 
mavjuddir. 
Uni 
qisqartirilgan 
holda 
MOZM 
(Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. 
Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa 
milliy 
muassasalarning 
faoliyatlarini 
xalqaro 
miqyosda 
muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
– MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining 
uslubiy me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; 
– qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va 
attestatlashini, 
namunaviy 
va 
ishchi 
o‘lchash 
asboblarini 
uyg‘unlashtirish; 
– xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda 
qo‘llanishini ta’minlash; 
– metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni 
joriy etish boyicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash; 
– rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va 
ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy – texnikaviy 
yordamlashish; 
– metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona 
qonun – qoidalarini belgilash.
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi 
Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. 
Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi 
idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama 
qiladi. MOZM ning rasmiy tili – fransuz tilidir.
 
10.4. Sifat boyicha Yevropa tashkiloti 
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya 
organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan 
yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham 
tasdiqlandi. 


112 
YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi 
mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy 
va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot 
qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi 
muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni 
ko‘rib chiqishdir. 
1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum 
Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari 
qaytadan ko‘rib chiqildi. 
U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda 
sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi. 
Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi 
hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari 
uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar boyicha 
yo‘nalish rejalari mavjuddir. 
YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari 
hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh 
tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir. 
YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, 
Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya 
va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan 
hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan. 
YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki 
yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va 
sekretariatdir. 
YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu 
tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta 
chop etiladi. 
Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qumitalari mavjud bo‘lib, 
ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari boyicha 
standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funktsional – 
baholashni 
tahlil 
qilish, 
sifat 
sohasida 
siyosat 
olib 
borish, 
sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik 
ta’minlanishida sifat, sifat tugaraklari, mahsulot sifatini metrologik 
ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari 
mavjuddir: 

avtomobil; 
● energetika; 
● qurilish; 


113 
● oziq – ovqat; 
● farmatsevtika; 
● sifat masalalari bo‘yicha maslahatlar ko‘rsatish

Texnikaviy qumitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to‘la huquqli 
vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOKning a’zo 
mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda 
mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan 
foydalanadi. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish