Agregatlashtirish
usuli.
Agregatlashtirish
– geometrik va
funktsional o‘zaro almashinuvchanlik asosidagi turli buyumlarni
yaratishda ko‘p marta ishlatuvchi, alohida, standart, birxillashgan
bo‘laklardan iborat mashinalarni, asboblarni va jihozlarni yaratish va
ishlatish usuli hisoblanadi.
96
Agregatlashtirish
mashina
va
jihozlarni
ishlash
sohalarini
kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni
osonlashtiradi.
Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri – asosiy
turlarini
modifikatsiyalanishi
hisobiga
mashina
va
jihozlarning
nomenklaturasini ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan
jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat
va bo‘laklarni ishlab chiqarish ob’yektlarining konstruktsiyalarini
o‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o‘tishdagi
moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatini yaratadi.
Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o‘lchash
o‘zgartkichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv – o‘lchash
asboblarini yaratishda keng qo‘llaniladi.
9.2. Parametrik standartlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Buyumlarning, parametrlarning va o‘lchamlarning turli tumanligi
parametrik standartlar bilan reglamentlanadi (cheklanadi).
Parametrik standartlashtirishni qo‘llash natijasida buyumlarning
tartibsiz ravishdagi va ko‘p sonli nomenklaturasining oldi olinadi. Bundan
tashqari buyumlarni o‘zaro moslash, birxillashtirish uchun imkon
yaratiladi, ehtiyot qismlar ta’minotidagi muammolar bartaraf etiladi.
Parametrik standartlashtirishning mohiyati shundaki, bunda yalpi
ishlab chiqariluvchi buyumlarning parametr va o‘lchamlari erkin va o‘z
holicha emas, balki, maxsus tanlangan (muloqat) sonlar qatori ya’ni,
boshqa sonlarga nisbatan ko‘proq muloqatda bo‘linadigan sonlar qatoriga
muvofiq belgilanadi.
Parametrik standartlashtirish keng tadbiq etilgan. Buni oyoq, bosh va
boshqa
kiyimlarining
o‘lchamlarida,
boltlarning,
gaykalarning
o‘lchamlarida va shu kabilarda ko‘rishimiz mumkin.
Tanlangan sonlarga muayyan matematik qonunlar xos hisoblanadi.
Masalan, eng oddiy muloqat sonlar qatori arifmetik progressiya asosida
tanlanadi. Bunda qatordagi bir sonning oldingi va keyingi sonlarga
nisbatan bo‘lgan farqi doimo o‘zgarmas bo‘ladi. Masalan:
a) farqi 1 bo‘lgan ortib boruvchi; 1 – 2 – 3 – 4 – 5 – ….;
b) farqi 2 bo‘lgan ortib boruvchi; 1 – 3 – 5 – 6 – 7 – …;
v) farqi 0,1 bo‘lgan kamayib boruvchi: 1 – 0,9 – 0,8 – 0,7 – …
Arifmetik progressiyaning ixtiyoriy hadini quyidagi ifodadan
topishimiz mumkin:
97
Do'stlaringiz bilan baham: |