Moddiy dunyoda axborot: signallar va ma’lumotlar. Bizni qurshab turgan va har kuni biz duch keladigan narsalarning hammasi yo tabiiy jismlarga yoki tabiiy maydonlarga taalluqlidir. Fizika kursidan ma’lumki, mutlaq tinch holat mavjud emas va tabiiy ob’ektlar quvvatlar almashinuvi va uning bir shakldan ikkinchisiga o‘tishi bilan birga kuzatiladigan doimiy harakat va o‘zgarish holatida bo‘ladi.
Quvvat almashishning hamma turlari signallarning paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi, ya’ni hamma signallar asosida moddiy tabiiy quvvat yotadi va ular moddiy tabiiy asosga ega boladi. Signallarning tabiiy jismlar bilan o‘zaro ta’sirida jismlar xususiyatlarida ma’lum darajadagi o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu hodisani signallarni qayd etish deb ataydilar. Bunday o‘zgarishlarni kuzatish, o‘lchash yoki boshqacha usulda qayd qilish mumkin, bunda yangi signallar vujudga kelishi va ro‘yxatga olinishi mumkin (qayd etiladi), ya’ni ma’lumotlar hosil bo‘ladi.
Ma’lumotlar - bu qayd qilingan signallardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |