4 - rasm. Ayollar kuylagiga “molniya” tasmali taqilma tikish:
“Molniya” tasma chokka qo’yib tikiladigan bo’lsa, chok tikilayotganda
tasma qo’yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanish
bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib
dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi
tomondan “molniya” tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda
baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa
kesimga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |