4 Kuylakning “molniya” tasmali taqilmasini tikish.
“Molniya” tasma asosiy detalning choksiz joyiga yoki chokiga qo’yib
tikilishi mumkin. “Molniya” tasma chokka qo’yib tikiladigan bo’lsa, chok
tikilayotganda tasma qo’yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib
dazmollanish bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari
bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi
tomondan “molniya” tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda
baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa
kesimga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |