2000-yildan aralash nanoelektronika davri boshlandi deb hisoblana- di, Hozirgi davrda esa yuzlab ko‘rgazmalar aynan shu mavzuda o'tka- zilib kelinmoqda. Minglab internet saytlari esa shu mavzuni ko'tarib chiqishmoqda. Bu esa o‘z navbatida nanotexnologiyalarni ishlab chiqa- rishga bo‘lgan qiziqishni orttirmoqda. Nanoelektronikadan tashqari nanotexnologik mikro- va nanorobototexnologiya sohalari rivojlanishi natijasida hozirgi hayot faoliyatida qoilanilayotgan texnologiyalardan million barobar tezkor ishlovchi texnologiyalar ishlab chiqarilmoqda. Strategik jihatdan bu o‘sish jahonning ko‘plab mamlakatlarida tur- li ishlab chiqarish darajalarini hosil qilmoqda. Qaysi ishlab chiqarish korxonasi nano t exn о I о g i у a 1 a r d an keng va samarali foydalana olsa, o‘sha korxona boshqalaridan ilgarilab ketmoqda. Yaponiyada nanotexnologiya bo‘yicha ishlovchi «OGOTA» deb nomlanuvchi robot davlat mukofotini oldi. Bu loyihaga nafaqat davlat, balki 60 dan ziyod shaxsiy tashkilotlar homiylik qiladilar. Bu loyiha- dan tashqari, Yaponiyada yuzlab turli sohalardagi nanotexnologiyalar- ga homiylik qilinadi. Eng katta loyihalar «ATOM CRAFT PROJECT» va «AONO PROJECT» lardir. Diqqat qiling, bu loyihalarning qoTlab quvvatlanishi bejiz emas, atigi 10 yil oldin bu sohadagi izlanishlar uchun mamlakatda oltin medallar ta'sis etilgan edi. Asosiy izlanishlar «Sukuba» ilmiy izlanish majmuasida o'tkazilgan. Yevropada esa nanotexnologik izlanish va ishlab chiqarish uchun 40 dan ziyod laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar (BMT ning nanotexnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqqan dasturiga muvofiq
Bundan tashqari, Gollandiya va Fransiyada esa nanotexnologik ro- botlarni ishlab chiqarish bo'yicha davlat dasturlari mavjud. AQSH da esa, Yaponiyadan farqli o‘laroq, nanotexnologik robot- lar moddiy bazani mustahkamlash uchun ishlab chiqarilmoqda. 2000- yildan boshlab esa AQSH da nanotexnologik robotlar o‘z mavqeini mustahkamlab borraoqdalar, Natijada ishlab chiqarishning 12 ta sohasi- da, qolaversa harbiy sohalarda ham nanotexnologik robotlarni qoilash bo‘yicha prezident farmoni e’lon qilindi. Arifmetik hisoblashlarning nanotexnologiyalarda olib borilishi nati- jasida foydalanib kelinayotgan protsessorlardan bir necha million baro- bar tezroq ishlaydigan protsessor Pentium yaratilgan. Bundan tashqari, nanotexnologiyalar bilan ish yurituvchi firmalarning ishi bir necha barobar qimmatlashdi. Misol uchun Intel firmasimng o‘zi o‘tgan yili nanotexnalogiyalar sohasi uchun 1 mlrd. dollar sarflagan. 2005-yildan boshlab 50 dan ortiq davlatlar nanotexnologiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha nanotexnologiya korxonalarini moddiy jihat- dan ta’minlaganlar. Rossiyada esa bu sohadagi izlanishlar uchun bir necha ishchi dastur- lar ishlab chiqilgan. Bulardan eng yiriklari J.I. Alferov boshchilik qiluv- chi «Fizik nanotizimlar» va akademik K.A.Valiev boshchilik qiluvchi. «Texnologiyalarni mikro- va nanoelektronlashtirish» loyihalaridir, So‘nggi axborotlarga qaraganda, Rus nanotexnologiyalari haqida quyidagilarni aytish mumkin: Nanotexnologiyalar sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar salmog‘i anchaginani tashkil etadi. Mikromexanika va mikroelektronika sohalari rivojlanishi natijasida atom mikroskoplari, texnologik va o‘rnatish qu- rilmalari ishlab chiqilgan