Formaning ba’zi bandlariga yoziladigan javob bitta satrga sig`masligi mumkin. Masalan, formada “izoh” bandi bo`lsa, odatda, bu bandga bir necha satrdan iborat matn yoziladigan maydon ajratiladi. Buning uchun juft tegidan foydalaniladi. Bu teg tarkibida matn maydoni nomini (NAME), satrlar (ROWS) va ustunlar (COLS) sonini belgilovchi parametrlar ishtirok etadi. Masalan,
izoh:
< TEXTAREA> NAME= “Izoh” ROWS=4 COLS-40> Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va 134-betdagi 1, 2-mashqlar daftarda so`ng kompyuterda yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
O`quvchilarni baholash:Berilgan savollarga javob bergan o`quvchilarga hamda darslikdagi mashqlarni to`g`ri bajargan o`quvchilarga, kompyuterda dasturning natijasiga erishgan o`quvchilarga rag`bat kartochkalari tarqatilinib, dars so`ngida baholanadilar.