Var fayl1: File; {fayl1- turi aniqlanmagan fayl }
fayl2: File of Char; {fayl2-belgilardan tashkil topgan ( turi aniqlangan) fayl}
Paskalda matnli fayllar alohida o‘rin tutadi. Matnli fayllar har xil uzunlikdagi satrlardan iborat bo‘ladi. Bunda satr uzunligi 256 ta belgidan oshmasligi lozim. Matnli fayllarni tavsiflash uchun maxsus Text xizmatchi so’zi qo’llaniladi. Masalan,
var fmatn : Text; {fmatn – matnli fayl}
Fayllar bilan ishlash uchun Paskalda quyidagi amallarni bajarish lozim:
Fayl turli o‘zgaruvchini tashqi xotiradagi fayl bilan bog‘lash;
Faylni “o‘qish” yoki “yozish” uchun ochish;
Fayldagi ma’lumotlarni o‘qish yoki faylga ma’lumotlarni yozish;
Faylni yopish.
Faylli o‘zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan Assign operatori yordamida bog‘lanadi. Masalan,
Var f:Text;
Do'stlaringiz bilan baham: |