Amirlikning qurolli kuchlari.
18-asrda amirlik qo’shini asosan otliq navkarlar va qoracherikdan tuzilgandi. Qo’shinlar to’p, qilich, pilta miltiq, nayza va o’q-yoy bilan qurollangan edi. 1837-yilda Amir Nasrullo muntazam piyoda askarlar qo’shini tuzib, ular uchun maxsus kiyim (qizil kamzul, oq shalvar va qalpoq) joriy etildi. 19-asrning o’rtalariga kelib 2500 nafarli sarbozning har biri nayzali miltiq, qilich va to’pponcha bilan qurollangan edi. Xizmatdan bo’sh kunlari ular oddiy xalat kiyib yurishgan. Mashq, urush va kiyinish nizomlari ishlab chiqilgan. 1837-yilda Amir Nasrullo to’pchilar qo’shinini ham tuzadi. Askar oyiga uch so’m kumush tanga moyana olgan. Har qabila o’z qo’shini bilan xizmatda bo’lgan. Askar va to’pchilar umr bo’yi xizmat qilganlar.
Ichki siyosat
Mang’it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo’lgan. Ayni paytda, mang’it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlami vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday ijtimoiy tayanch davlatga xizmat qiluvchi amaldorlar tabaqasi bo’lishi mumkin edi. Mang’it hukmdorlari ana shunday amaldor xizmatkorlar tabaqasini yarata oldilar. Amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi. Bundan tashqari, mang’it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o’zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig’inish siyosatini yuritganlar. Amir shu darajada oliy hokimiyat mavqeyiga ko’tarilganki, jazoga tortilishdan qo’rqqan fuqaro uning nomini baland ovoz bilan ayta olmas edi. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo’ylik qilardilar. Amaldoriar amirdan ko’rsatma kutib o’tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amining, kichik amaldor o’zidan katta amaldoning qahriga uchrab qolishidan qo’rqib yashardi. O’zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo’rquv muhiti vujudga keltirilgan ediki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo’lolmay qolgan edi. Amirlar mang’it qabilasidan bo’lganliklari uchun bu qabilani o’zlarining asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchlariga aylantirgan edilar. Davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Buxoro amiriari o’zbek qabilalari boshliqlarining o’z qabiladoshlariga ta’sirini juda yaxshi bilar edilar. Qabila boshliqlari bilan o’zaro til topa olish-bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri edi. Shuning uchun ham mang’it amirlari boshqa o’zbek qabilalari boshliqlarini o’z xizmatlariga olar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |