Buxoro
19-asrning 40-yillarida Buxoroda 38 ta karvonsaroy bo’lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar. Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mehmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo’lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz mavjud bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |