Xonlik aholisi.
19-asrning 20-yillari boshlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, Xiva aholisining soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo’lmasdan, xonlik hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko’payib borgan.
Xonlik poytaxti Xiva shahri aholisining katta qismi o’zbeklardan, asosan, qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qang’li, xitoy, qipchoq kabi urug’lardan iborat bolgan. Undan keyingi o’rinlarni turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan.
Davlat tuzimi va boshqaruv tizimi.
Xonlik mutlaq monarxiya bo’lib, oily hukmdor-xon davlat boshlig edi. Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo’shko’pir, G’azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko’hna Urganch, Xo’jayli, Chumanoy va Qo’ng’irot) va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot), shuningdek, xonning bevosita o’ziga bo’ysundirilgan tumanlarga bolingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |