Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати



Download 425,31 Kb.
bet9/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Birinchi bosqich. Ikki tomonlama munosabatlarning bu bosqichi bevosita O’zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida AQSH tomonidan O’zbekiston suverenitetining tan olinishidan boshlangan bo’lib, 1991-2001 yillarni o’z ichiga oladi. Bosqich amalda ikkitomonlama munosabatlar yuzaga kelib va shakllanib borgan O’zbekiston – AQSH munosabatlarini o’z ichiga olgan. Bu davr ikki davlat uchun ham bir-birini o’rganish davri bo’lib, 1991 yil 15 noyabrdagi AQSH delegatsiyasining O’zbekistonga birinchi norasmiy tashrifi bo’lib o’tdi. Mazkur delegatsiyaga Kolorado shtati va Delaver shtati gubernatorlari Roy Romer va Maykl Kasl boshchilik qilishdi. SHuningdek, ushbu delegatsiya tarkibida gubernatorlar g’arbiy Assotsiatsiyasi Bosh direktori Jeyms Soubi, “Konkard” firmasi prezidenti CHarlz Petersonlar ishtirok etishdi. Delegatsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilinib, uchrashuv chog’ida ikkitomonlama iqtisodiy aloqalar rivojlanishining kutilayotgan istiqbollari muhokama qilindi.

O’zbekiston delegatsiyasi 1991 yil 20 noyabrь kuni rasmiy tashrif bilan AQSHda bo’lishdi. O’zbek delegatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Shahlo Mahmudova boshchiligida BMTning Nyu Yorkdagi shtab kvartirasida bo’lishdi. Delegatsiyani BMTning Bosh Kotibi Peres de Kuelyar qabul qildi. Muzokaralar davomida Orol dengizi ekologik muammolari muhokama qilindi. O’zbekiston tomoni bu mintaqaviy muammoni bartaraf etish maqsadida Toshkentda Orol va Kaspiy bilan chegaradosh davlatlar ishtirokida “EkoOrol” xalqaro ilmiy-maslahat markazini

16

hamda tabiiy muhit va daryo xavzalarini monitoring qilish boshqaruv tizimi tashkilotini barpo etish bo’yicha bir qator aniq takliflar kiritishdi.

1992 yil 19 fevralda AQSH davlat kotibi J.Beykerning Toshkentga rasmiy tashrifi va ikki davlat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalarning o’rnatilishi bilan boshlandi. Buning natijasida 1992 yil 16 mart kuni Toshkentda AQSH elchixonasi faoliyatini boshladi. 1992 yil 10 iyulida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va AQSH Prezidenti Jorj Bushning norasmiy uchrashuvi Amerika tomoni tashabbusi bilan Xelsinkida bo’lgan xalqaro konferentsiyada uchrashib, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqboli xususida fikr almashishdi. 1992 yil 24 oktyabrda AQSHda “Ozodlikni himoya qilish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bunga ko’ra, Markaziy Osiyo davlatlari bozor iqtisodiyoti asosidagi demokratik davlatlar hamjamiyatining potentsial a’zosi sifatida e’tibor beriladi. Bir vaqtning o’zida AQSH mamlakatning mustaqilligi va xavfsizligini mustahkamlashda sezilarli yordam ko’rsatmoqda. 2005 yilga qadar turli dasturlarni rivojlantirish uchun 448,3 mln dollar ajratilgan.1 Mablag’ning katta miqdori 1993-1994 yillarda ajratilgan. Ajratilgan mablag’ning 144 mln dollar miqdori demokratik institutlar, xususan, sud tizimini isloh qilish, ommaviy axborot vositalariga yordam berish, jamoat tashkilotlarini qo’llab quvvatlashga sarflangan. SHundan, AQSH Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan Eksport Nazorati va CHegara Xavfsizligi (EXBS) uchun 2000 yil apreldan 2004 yilga qadar umumiy qiymati 7 mln dollardan ortiq bo’lgan harbiy jihozlar berilgan2.

1993 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQSH senatori Arlet Spektrni qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlararo va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash bo’yicha fikr almashishdi.

1993 yil 27 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Kotibi Butros B.G’oli taklifiga binoan Bosh Assambleyaning 48- sessiyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkda bo’ldi. Mazkur sessiyada ishtirok etuvchi davlat rahbarlar sharafiga qabul uyushtirdi. Qabul davomida AQSH Prezidenti Bill







  1. Давлат департаменти маълумотларига кўра США – www.usinfo.state.gov

  2. Стратегик баҳо ва истиқболлар Маркази. http://www.csef.ru

17

Klinton tashabbusiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan norasmiy o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazildi. 28 sentyabrь kuni ikki davlat rahbarlarining navbatdagi suhbati o’tkazildi.1

1993 yil 26 oktyabrda Prezident Islom Karimov AQSHning maxsus topshiriq bo’yicha Elchisi Strob Talbott bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomon O’zbekiston - AQSH o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirishdi.

1994 yil 16 avgustda AQSH Kongressi Bosh preferentsiya tizimi bo’yicha benefitsiant maqomini berdi. 17 avgustda AQSH Prezidenti B.Klintonning Kongressda O’zbekiston Bosh preferentsiya tizimi tomonidan ruxsat etilgan tovarlarni AQSHga bojsiz kiritish huquqi taqdim etilgani haqida e’lon qilgan.

SHuningdek, 1994 yil 15 dekabrda Bosh vazir o’rinbosari O’.Sultonov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati delegatsiyasi birinchi marotaba rasmiy tashrif bilan AQSHda bo’ldi. Davlat departamenti, savdo palatasi, moliya, qishloq xo’jaligi, savdo vazirligi va bir qator davlat tashkilotlarida suhbatlar o’tkazildi.




1995 yil 6 aprelda AQSH mudofaa vaziri V.Perrining boshchiligidagi harbiy delegatsiyasi birinchi marotaba Toshkentga tashrif buyurdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mazkur delegatsiyani qabul qildi. Suhbat davomida O’zbekistonda demokratik islohotlar bilan aloqador masalalarni, AQSH va O’zbekiston harbiy-texnik sohadagi hamkorligi va mudofaa mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda O’zbekistonning NATO tomonidan ishlab chiqilgan “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasidagi ishtiroki muhokama qilindi. 1995 yil 15 avgustda O’zbekiston Qurolli kuchlarining maxsus vzvodi NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasida harbiy hamkorlik mashg’ulotlarini o’tkazish maqsadida Luiziana shtatida bo’lishdi. 1995-1996 yillar davomida O’zbekiston Qurolli Kuchlari bo’limi “Samorodok hamkorlik-95” Luiziana shtatida, “Kooperativ Osprey-96” SHimoliy Karolina shtatida, “Ultrabalans” Farg’onada o’tkazilgan tinchlikparvar kuchlarning 3 ta mashg’ulotida ishtirok etishdi.

1 Уммонлар ортида туташган йўллар//”Халқ сўзи”. 8 октябрь, 1993 йил

18

1995 yil 22-24 oktyabrida Prezident I.Karimov BMT Bosh Kotibi B.G’oli taklifiga ko’ra Bosh Assambleyaning 50-sessiyada ishtirok etish uchun Nьyu-York bo’ldi. Tashrif davomida Prezident “T’e CHase Man’attan Bank” va “American International Group” AQSH ishbilarmon doira rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “T’e Chase Man’attan Bank” o’rtasida kelishuv hamda O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan “American International Group” o’rtasida “bir-birini tushunish to’g’risida” Memorandum imzolandi. 24 oktyabr kuni Prezident Islom Karimov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda ikkitomonlama munosabatlarni kengaytirish, sobiq Ittifoq hududidagi jarayonlarni rivojlanishi va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi.

1996 yil 23-28 iyunida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning AQSHga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida AQSH Prezidenti B.Klinton, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori J.Doych, Davlat kotibi o’rinbosari Stroub Telbot, mudofaa vaziri V.Perri, energetika vaziri Xeyzel OoLiri, AQSH moliya vaziri R.Rubin hamda Kongress va AQSH biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Mazkur uchrashuvlar mobaynida ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish va Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari bo’yicha fikr almashdi. Suhbat chog’ida Bill Klinton AQSH tomoni Markaziy Osiyoda yuqori o’rin egallagan O’zbekiston bilan aloqalarni kengaytirish tarafdori ekanligini ta’kidladi.1

SHuningdek, Prezident Islom Karimov Oq uyda AQSH Milliy xavfsizlik Kengashi raisi E.Leyk bilan uchrashdi. Tashrif mobaynida AQSH Senati xalqaro munosabatlar qo’mitasi vakili hamda Kongress vakillar Palatasi xalqaro munosabatlar qo’mitasi vakillari bilan uchrashdi. SHu bilan birga, Prezident Tennesi shtati gubernatori D.Sinkvist bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga






1 Ислом Каримов ва Билл Клинтон учрашуви // «Халқ сўзи», 27 июнь 1996 йил.

19

ko’ra, O’zbekiston hukumati va Tennesi shtati o’rtasida bir qator xujjatlar imzolandi.

1997 yil 10 iyunda o’zbek-amerika harbiylari birgalikda harbiy mashg’ulotlar o’tkazishdi. AQSH va O’zbekiston hududlarida “TSentrazbat-97” tinchlikparvar mashg’ulotlarini o’tkazish xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biriga aylandi. Uning birinchi fazasi ko’rilmagan qo’nmaydigan uchish opreativ-taktik hamkorlik guruhlari AQSH armiyasi diviziyasining 82-havo-desant batalьoni va TSentrazbat ko’chma vzvodi tarkibida boshlandi. SHu yilning o’zida o’zbek harbiylari “Kooperativ Nagget-97” AQSHning Luiziana shtatida, “Kooperativ Banere-97” Norvegiyada va “Ultrabalans-97” Farg’onada o’tkazilgan mashg’ulotlarda ishtirok etishdi.1

Shuningdek, 1997-2000 yillarda O’zbekistonda bir qator AQSH rasmiy vakillari, shu jumladan, AQSH Davlat kotibining Janubiy-SHarqiy Osiyo bo’yicha o’rinbosari Robin Linn Rafelь, kongressmen va senatorlar B.Archer, V.Filip, J.Makkeyn III, F.Gremm, AQSHning BMTdagi doimiy vakili B.Richardson va AQSH Prezidenti rafiqasi X.Klinton, J.Solomonlar 1997 yilda, 1998 yilda vakillar Palatasining assignatsiya bo’yicha qo’mitasi raisi Robert Livingst boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida AQSH mudofaa vazirining o’rinbosari Sandra Styuart va Mudofaa vazirligining vakili CHarlz Xorner O’zbekistonga kelishdi. Tashrif doirasida iqtisodiyot va xavfsizlik sohalaridagi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 1998 yilning 2 oktyabrida AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy Qo’mondonligi Bosh Qo’mondoni A.Zinni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov qabulida bo’ldi. 30 oktyabrь va 4 noyabrlarda AQSH Prezidentning maxsus maslahatchisi va MDH davlatlariga yordam ko’rsatish bo’yicha AQSH davlat kotibi V.Teylor va MDH davlatlari bo’yicha AQSH davlat kotibining maxsus maslahatchisi Stiven Sestanovich boshchiligida davlat departamenti delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, AQSH mudofaa vaziri o’rinbosari T.Vorner






1 НАТО: «Партнерство ради мира»//http://pips/revues.org/3785.

20

boshchiligida harbiy mutaxassislar guruhi, senator S.Braunbek, 1998 yil 12 noyabrda R.SHelbi boshchiligida Senat delegatsiyasi tashrif buyurishdi.

1999 yil 23-25 aprelь kunlari Prezident Islom Karimov Amerikaga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida AQSH senatorlari guruhi bilan O’rta Osiyo va Kavkaz davlat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Senat tomonidan qabul qilinadigan “Buyuk ipak yo’li” to’g’risidagi Qonun bo’yicha fikr almashishdi. Shuningdek, O’zbekiston Prezidenti Davlat kotibi M.Olbrayt bilan uchrashib, suhbat davomida O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlik xolati, ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy o’zaro munosabatlar darajasini ko’tarish hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolari bilan aloqador masalalarni muhokama etishdi. 1999 yil 15 may Kongressi AQSHning Markaziy Osiyodagi geostrategik muhim va iqtisodiy manfaatlari “Ipak yo’li” strategiyasi to’g’risida Qonun qabul qiladi. Kongress AQSH ning harbiy usullar mintaqada islom radikalizmiga qarshi harakatlanish istagini yana bir bor ta’kidladi.1 AQSH tomonining Markaziy Osiyo davlatlari bilan antiterroristik operatsiyalar o’tkazish bo’yicha hamkorligi 1999 yil yozida Qirg’izistonda O’zbekiston Islom harakati bostirib kirishidan keyin kengaytirilgan.

2000 yil 29 martda MRB direktori J.Tenet, 8 aprelda FQB direktori Luis Fri tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Tashrif davomida mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo’yicha va kelgusida O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo’yicha fikr almashishdi.




O’zbekiston-AQSH hamkorligida muhim o’rin tutgan uchrashuvlardan biri sifatida AQSH Davlat kotibi Madlen Olbraytning rasmiy tashrifi alohida ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston va AQSH tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Abdulaziz Komilov va Madlen Olbrayt sherikchilik masalalarini, davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni muhokama qilishdi. Uning fikriga ko’ra, “... bu tashrif AQSHning muhim siyosiy manfaatlarini o’zida aks ettiradi. AQSH bozorining rivojlanishi dunyoning turli bozorlariga, xususan, O’zbekiston bilan savdo, investitsiya, energetika masalalari bo’yicha hamkorlikni bog’liq. Bundan

1 The U.S. Silk Road Strategy: American Geostrategy for Central Asia. ARES. No 50. January 2003 year.

21

tashqari, AQSH va O’zbekiston xavfsizlik sohasida, asosan, terrorizm, qurol savdosi, ekstremizm va narkobiznesga qarshi kurashda faol harakat qilmoqda.”1

SHu bilan bir qatorda, 2000 yil 18 aprelь kuni Islom Karimov bilan M.Olbrayt AQSHning Afg’oniston chegarasida xavfsizlikni mustahkamlash uchun yordamini kuchaytirishi to’g’risida ma’lumot bergan.

Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning birinchi bosqichi birinchi davri uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan o’zaro hamkorlik va aloqalarni mustahkamlashga doir tashriflar va uchrashuvlar bilan xarakterlanadi. Bu davrning o’ziga xos xususiyat sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, eng avvalo, AQSH O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashda birlamchi davlat ekanligini tushunib yetdi. SHu sababdan AQSH O’zbekiston bilan hamkorlikda birinchi navbatda mintaqada xavfsizlikni ta’minlashga e’tiborni qaratdi. Shuningdek, O’zbekiston uchun “O’zbekiston Islom harakati” ekstremistik tashkilotining Qirg’izistonga bostirib kirishi va mazkur tashkilotning terroristik faoliyatini davlatimiz milliy xavfsizligiga tahdidlarni, Afg’onistonda “Tolibon” harakatini xokimiyatga kelishi bilan yuzaga kelgan mintaqaviy tahdidlarni bartaraf etishda AQSH bilan harbiy-siyosiy hamkorlik muhim o’rin tutdi.




Download 425,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish