Mavzu : XX asrning 80-yillari oxiri 90-yillar


partiyalar faoliyatini taqiqladi. Mitinglar uyushtirish



Download 151,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.02.2022
Hajmi151,31 Kb.
#431251
1   2
Bog'liq
Тарих 1-Иш


partiyalar faoliyatini taqiqladi. Mitinglar uyushtirish, 
namoyish o‘tkazib ko‘chalarga chiqishlarga ham chek 
qo‘ydi. 
Yana bir qarorga ko‘ra esa “Trud”, “Rabochaya tribuna”, 
“Izvestiya”, “Pravda”, “Krasnaya zvezda”, “Sovetskaya 
Rossiya”, “Moskovskaya pravda”, “Leninskoye znamya”, 
“Selskaya jizn” gazeta va jurnallaridan boshqa har qanday 
gazeta-jurnallarni chop etish taqiqlandi.
Bu payt Gorbachyov Forosda tashqi dunyodan uzilgan 
holda nazorat qilindi.


1991-yil 19-
avgustda armiya bo‘linmalari va harbiy 
texnika Moskva shahridagi barcha shohko‘chalarni 
nazoratga oldi. Ayniqsa Kremlga keladigan yo‘llar qattiq 
nazorat qilindi.
Moskva shahriga 4 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 362 
tank 427 zirhli transportyor va BMP olib kirilgan edi.
Leningrad, Tallin, Tbilisi, Riga shaharlari atrofiga 
qo‘shimcha harbiylar jalb qilindi. 
Turli shaharlarda harbiy bo‘linma va texnikalarning 
kiritilishi Moskva va yana bir qancha shaharlarda 
ommaviy namoyishlar boshlanib ketishig
a sabab bo‘ldi. 
Odamlar SSSRning yirik shaharlari 

Leningrad, Kiyev, 
Minsk va boshqalarda FVDQga qarshi namoyishlarga 
chiqdi.
FVDQ Gorbachyovni Qrimdagi dala hovliga qamab qo‘yib, 
mamlakat boshqaruviga egalik qilishni boshlashi o‘sha 
paytda aksariyat sog
‘lom fikrli kishilarga yoqmadi. FVDQ 
a’zolari bayonotlarida “Gorbachyovning sog‘ligi 
yomonlashgani uchun” deygani bilan ko‘pchilik davlat 
to‘ntarishi bo‘lganini bilib bo‘lgan edi. 
O‘sha holatda FVDQga qarshi eng asosiy kuch sifatida 
o‘rtaga RSFSR rahbari 
Boris Yelsin hamda uning 
boshchiligidagi RSFSR rahbariyati chiqdi. Yelsin ketma-ket 
ikkita farmon e’lon qildi. Ularda FVDQning mamlakatga 
vaqtinchalik rahbarlik qilayotgani noqonuniy ekani, ular 


xalqni aldayotgani, aslida esa SSSRda davlat to‘ntarishini 
amalga oshirgani, RSFSR rahbari FVDQning hech qanday 
qaror va buyruqlariga bo‘ysunmasligini, mamlakatning 
haqiqiy rahbari Gorbachyovni o‘z qonuniy o‘rniga 
qaytarish haqida yozilgan edi.
Shundan so‘ng RSFSR Oliy Kengashi joylashgan bino 
(keyinchalik u “Oq uy”deb ataldi) FVDQga qarshi kurash 
markazi bo‘ldi va davlat to‘ntarishiga qarshi bo‘lgan 
minglab moskvaliklar namoyish o‘tkazish uchun shu bino 
oldiga to‘plandi. 
Bino atrofiga Taman diviziyasining askarlari kelib 
joylashdi.
Boris Yelsin Taman diviziyasiga qarashli tanklardan 
birining ro‘parasiga chiqib o‘zining “Rossiya fuqarolariga 
murojaat”ini o‘qib berdi. U murojaatida FVDQ mamlakat 
konstitutsiyasini qo‘pol ravishda buzib, mamlakatda 
davlat to‘ntarishi uyushtirganini, har bir fuqaro FVDQning 
noqonuniy i
shiga o‘z munosabatini bildirishi lozimligi 
haqida gapirdi.
Murojaat ostiga RSFSR prezidenti Boris Yelsin, Vazirlar 
Kengashi raisi Ivan Silayev, Oliy Kengash raisi Ruslan 
Xasbulatovlar imzo chekkan edi.
19-
avgust kuni kechki payt FVDQ a’zolari matbuot 
anjumani o‘tkazdi. Unda SSSR bosh vaziri Valentin Pavlov 
ham qatnashdi.


OAV xodimlari bergan turli-tuman savollar oldida FVDQ 
boshlig‘i Yanayev ancha asabiylashdi. Buni hatto matbuot 
anjumanini televizordan ko‘rgan tomoshabinlar ham 
sezdi.
20-avgust kuni Moskvada FVDQga charshi katta 
namoyish boshlanib ketdi. FVDQ Moskvada komendantlik 
soatini joriy etdi.
Oq uy atrofida binoni FVDQ buyruqlariga bo‘ysunib 
harakatlanayotgan harbiylardan himoya qilish uchun 
qurol ko‘targan ko‘ngillilar paydo bo‘ldi. 
Uch kun ichida ma’lum bo‘ldiki, FVDQning davlat 
to‘ntarishini fuqarolar mutlaqo qo‘llab
-quvvatlamadi. 
Moskvada joylashgan harbiylar Yelsin boshchiligidagi 
demokratik kuchlar tarafiga o‘tganini e’lon qildi. 21avgust 
kuni Moskvadan harbiy qo‘shinlar va texnikani olib 
chiqish boshlandi.
O‘sha kuni soat 11
:30 da RSFSR Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari favqulodda sessiyasi ish boshladi. 
Sessiyada deputatlar RSFSR bosh vaziri Ivan Silayev va 
vitse-prezident Aleksandr Rutskoyga Qrimga borib, 
Gorbachyovni ozod qilib Moskvaga olib kelish 
topshirig‘ini qo‘ydi.
22-avgust kuni Tu-134 samolyotida Rossiya hukumati 
rahbarlari Gorbachyovni oilasi bilan birga eson-omon 
Moskvaga olib keldi.


FVDQ barcha a’zolari qo‘lga olindi. Ularga RSFSR Jinoyat 
kodeksining 64-
moddasiga ko‘ra vatanga xiyonat aybi 
qo‘yildi. Qama
-qama
lar boshlanganda davlat to‘ntarishi 
qatnashchilaridan biri bo‘lmish SSSR ichki ishlar vaziri 
Boris Pugo o‘z joniga qasd qildi. 
Qamoqqa olinganlar orasida SSSR Oliy Soveti raisi 
Lukyanov ham bor edi.
Tergov boshlanib ketdi. Oradan biroz o‘tib, FVDQ 
uyushtirganlar turli muddatlarga qamoq jazosi olishdi.
1994-yil 23-fevralda Rossiya Davlat Dumasi tomonidan 
e’lon qilingan amnistiyaga ko‘ra FVDQ a’zolarining 
hammasi afv etildi, qamoqda saqlanayotganlari 
qamoqdan ozod qilindi.
SSSR aholisi uch kun tahlikada yashadi. Ayniqsa harbiylar 
tomonidan o‘rab olingan Moskva shahrida vaziyat ancha 
og‘ir edi. Alaloqibat tinch aholi vakillaridan uch kishining 
halok bo‘lganini aytmaganda, hammasi yaxshilik bilan 
tugadi.
Eng muhimi, FVDQ a’zolarining davlat to‘ntarishiga 
ur
inishi SSSRning tezroq tarqab ketishiga sabab bo‘ldi. Bu 
hodisadan keyin ittifoqdosh respublikalar avval 
rejalashtirilgan Mustaqil davlatlar ittifoqi bitimini ham 
imzolashni xohlamadi va mustaqilligini e’lon qildi. 


Boltiqbo‘yi respublikalari birinchi mustaqilligini e’lon 
qilgan bo‘lsa, Qozog‘iston eng oxirida –
1991-yil 
16dekabrda mustaqilligini e’lon qildii 
25

26-dekabr kunlari SSSR Oliy Soveti Respublika 
Kengashi ittifoq tugatilgani haqida deklaratsiya qabul 
qildi. Gorbachyov SSSR prezidenti lavozimidan ketganini 
e’lon qildi va shu tariqa 70 yil mobaynida dunyoning 
ikkinchi qutbi sifatida yashab kelgan katta qudratli davlat 
parchalanib ketdi.
Shu narsani ta’kidlash lozimki, FVDQ davlat to‘ntarishini 
sodir etmaganida ham bu davlat baribir parchalanar edi. 
Sababi, ittifoqdosh respublikalarda milliylikka qaytish, 
mustaqil bo‘lishga urinish o‘zining yuksak cho‘qqisiga 
chiqqan va SSSR rahbari sifatida Gorbachyov bu ishlarga 
ancha xotirjam qarayotgan edi.
1989

1990-yillardan boshlab SSSRning turli hududlarida
millatchilik avj ola boshladi. Buning oqibatida
Ozarbayjonga tegishli Tog‘li Qorabog‘da etnik armanilar 
Boku boshqaruviga qarshi isyon ko‘tarib, o‘rtada qurolli 
mojaro boshlanib ketdi. Gruziyada esa muxtoriyat 
huquqiga ega bo‘lgan Abxaziya va Janubi
y Osetiya isyon 
ko‘tarib, mustaqil bo‘lishni xohladi. 


Qirg‘iziston janubida qirg‘izlar etnik o‘zbeklarga tajovuz 
qilib, qonli mojaro keltirib chiqardi. Bundan oldinroq 
Farg‘onda o‘zbeklar mesxeti turklarga qarshi tajovuzlar 
uyushtirgan edi. Moldovada asosan ruslar va gagauzlar 
yashaydigan Pridnestrovye o‘lkasida Kishinyov 
boshqaruviga qarshi isyon boshlandi. Shu tariqa, 
1990yildayoq tom ma’noda boshboshdoqliklar yuzaga 
kelib, bunday holatda SSSRning davlat sifatida uzoq 
yashamasligi oydinlashib bo‘lgan e
di. FVDQning davlat 
to‘ntarishiga urinishi SSSRni saqlab qolish uchun amalga 
oshirilgan harakat edi. Bu ish muvaffaqiyatsizlikka 
uchragach, SSSR parchalandi va shu tariqa davlat nomi 
ham, o‘zi ham tarix qa’rida qolib ketdi. Jahon xaritasida 
esa o‘n beshta yangi mustaqil davlat paydo bo‘ldi. 

Download 151,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish