O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Mavzu
:
Xotira qurilmalarini loyihalashtirish. To’g’ri burchakli implus
shakllantirgich.
Tayyorladi: Ibodullayev O
Qabul qildi: ___________
QARSHI – 2022
8-MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Xotira qurilmalarini loyihalashtirish. To’g’ri burchakli implus
shakllantirgich.
Reja:
1.
Disklar, ularning turlari
2.
Magnit disklardagi yig`uvchilar
3.
Diskda ma`lumotni adreslash
4.
Egiluvchan magnit disklardagi yg`uvchilar
5.
Qattiq, magnit disklardagi yig`uvchilar
6.
Optik disklardagi yig`uvchilar
7.
Raqamli DVD videodisklari
8.
FAT32 fayllar sistemasi
9.
Jamlovchi tezligi
10.
Klaster hajmi
11.
NTFS fayllar sistemasi
1. DISKLAR, ULARNING TURLARI
Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda,
tashqi eslab qolish
qurilmasi
(TEQQ) juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo`yicha tasniflash
mumkin: tashuvchi ko`rinishi bo`yicha, konstrukciya tipi bo`yicha, ma`lumotlarni
yozish va o`qish tamoyili bo`yicha, murojaat qilish usuli bo`yicha va h.k.
Tashuvchi -
ma`lumotlarni saqlash qobiliyatiga ega bo`lgan moddiy
ob`ektdir.
Tashuvchining tipiga bog`liq ravishda barcha TEQQ larni magnit lentadagi
yig`uvchilar va diskli yig`uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig`uvchilar o`z navbatida, ikki turli bo`ladi: bobinali lentadagi
yig`uvchilar va kassetali lentadagi yig`uvchilar (strimerlar). SHK da faqat
strimerlar ishlatiladi.
Disklar
bevosita murojaat qilinadigan ma`lumotni mashinali tashuvchilarga
taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi shuni bildiradiki, SHK qidirilaetgan
ma`lumot boshlanadigan yoki yangi ma`lumotni yozish lozim bo`lgan yo`lakchaga
yozishҒo`qish kallagi qaerda joylashishidan qaty nazar bevosita «murojaat qilishi»
mumkin.
Disklardagi yig`uvchilar
xilma-xildir:
disklarda yoki disketalarda;
qattiq magnit disklardagi yig`uvchilar yoki vinchesterlar;
almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig`uvchilar, ularda Bernulli
effekti ishlatiladi;
floptik disklardagi yig`uvchilar, boshqachasiga floptical-yig`uvchilar;
o`ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig`uuvchilor boshqachasiga, VHD-
yig`uvchilar;
optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig`uvchilar;
CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir
marta yozish-ko`p marta o`qish) optik disklardagi yig`uvchilar;
magnit optik disklardagi yig`uvchilar (MODY);
raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig`uvchilar va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |