1451 yilda Murod II vafot etgach, uning о‘rniga о‘g‘li Muhammad II Fotih (1451-1481yillarda boshqargan) bо‘ldi. Konstantinopolda Rumelihisor qurilayotganidan xabar topgan Konstantin XI sultonga elchiyuborib Vizantiyaga qarashli bu hududda qal’a qurilishini tо‘xtatishni sо‘raydi. Biroq sulton elchilarni qabul qilishni xayoliga han keltirmadi. Qal’aning Konstantinopolga xavf solmasligiga ishonch hosil qilish uchun imperator sultonga yana elchilar jо‘natdi. Sulton elchilarni zindonga tashlatib, ularni о‘ldirtirib yubordi.
Imperator Konstantin XI Muhammad II bilan tо‘qnashuvdan qochish niyatida yana bir bor harakat qildi. Vizantiyaliklar barchashartlarga rozi bо‘lishini bildirdi, lekin sulton ulardan Konstantinopolni topshirishni sо‘radi. Konstantinopol о‘rniga ularga Moreyani berishni taklif etdi. Imperator bunday sharmandalikdan kо‘ra jang maydonida о‘lish afzal ekanini bildirdi.
Vizantiya imperiyasining usmoniylar imperiyasi oldida kuchsizligi aniq edi. Ular tashqaridan yordam ololmadi. Rim papasi Nikolay V 1453 yil martida uchta genuyaliklar kemasida oziq-ovqat va qurol-yarog‘ yuborish bilan cheklandi. Genuya hukumati Konstantinopolga yordam bermaslikka qaror qildi. Venetsiyaliklar kemalari Konstantinopol qamal qilinganiga ikki hafta bо‘lganda yetib keldi. Chet ellik yollanma jangchilar soni 7 ming kishi edi, flot esa 25 ta kemadan iborat bо‘lgan.
Bu vaqtda Muhammad II Konstantinopol tomon siljib borardi. 1453 yil martida turk askarlari Konstantinopolga yurish boshladi. 5 aprelda sultonni о‘zi Konstantinopol ostonalariga yetib keldi. Turk sultoninig qо‘shini soni 150 ming kishini, 80 ta harbiy kema va 300 ta yuk kemasidan iborat edi.
18 aprelda sulton hujum qilishga buyruq berdi. Poytaxtning 400 ming aholisidan shahar himoyasida 5 ming kishi qatnashdi, xolos. Himoyada, shuningdek, 2 ming jangchidan iborat italiyalik harbiylar ham bor edi. Yevropa davlatlari esa Vizantiyada bо‘layotgan voqealarga loqaydlik bilan qarashdi.
Manbalarda e’tirof etilishicha, sulton Mehmet II Yevropada xristianlarni tugatmaguncha о‘z qilichini qiniga solmaslikka va’da bergan.
Og‘ir bо‘lib о‘tgan janglardan sо‘ng 1453 yil29 mayda Konstantinopol quladi.
Imperator Konstantin о‘ldirilib, shahar himoyachilari qirib tashlandi. Vizantiya poytaxti talandi. Zabt etilgan shaharni Muhammad II Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylantirish maqsadida sulton shahar binolariga ziyon- zahmat yetkazilmasin deb buyruq berdi. Yustinian zamonidagi mashhur yodgorlik ayo Sofiya sobori saqlanib qolinib, u sultonning asosiy masjidiga aylantirildi.
Konstantinopolning olinishi turklarga Markaziy Yevropaga qilinadigan yurishlar uchun zamin yaratdi. Muhammad II ning dastlabki zarbasi Serbiyaga yо‘naltirildi va 1454-1455 yillarda Serbiya egallandi. Konstantinopol qulaganidan sо‘ng yevropaliklar nazarida yengilmasdek tuyulgan turklar 1456 yili Yanosh Xunyadidan mag‘lub bо‘lishdi. Yanosh Xunyadi boshchiligidagi serb, venger, chex va nemis qо‘shini 27 iyul kuni Belgrad ostonalaridagi jangda Muhammad II qо‘shiniga qaqshatqich zarba berdi. Kо‘plab jangchilarini yо‘qotgan turklar Sofiyaga chekinishdi. Belgrad ostonasidagi omadsizlik venger yerlariga hujumlarni orqaga surdi. 1456 yili Egey dengizidagi Tamoz, Imroz, Semendra va Lemnos orollari egallandi. Turklarga Dunay knyazliklari taslim bо‘lishdi; Moldova 1456 yilda qaram bо‘ldi, Valaxiya esa 1476 yil bо‘ysundi.
1459 yili turklar Serbiyaning barcha hududlarini qо‘lga kiririshdi va u Usmoniylar davlatining viloyatiga aylantirilib, 200 mingga yaqin serblar qul qilindi.
1461 yili turklar Kichik Osiyoning shimolidagi muhim savdo nuqtasi hisoblangan greklarning