Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


G’arb sosiologiyasida stratifikasiya nazariyasi



Download 0,68 Mb.
bet67/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

2 G’arb sosiologiyasida stratifikasiya nazariyasi. G’arb sosiologiyasida an’anaviy ravishda jamiyatning sosial strukturasini stratifikasiya nazariyasi (strata- qatlam) nuqtai nazaridan ko’rib chiqadilar.
Ularning fikricha, stratifikasiya – jamiyatning shunday tuzilishiki, bunda bir individlar, sosial guruh boshqasiga qaraganda ko’proq mol-mulkka ega, boshqalari esa umuman hyech narsaga ega bo’lmasliga mumkin. Sosiologlarning fikricha, bu holatni hal qilishning umuman iloji yo’q. U bir biriga mutlaqo qarama – qarshi bo’gan ikkita haqiqatga tayanadi.
Bir tomondan jamiyatning stratifikasiyasi salbiy oqibatlarga olib keladi, u sosial ziddiyatlardan inqiloblargacha olib kelishi mumkin. Stratifikasion tizim tubidagi odamlar jismoniy ham ma’naviy jihatdan huquqlari cheklangan bo’ladi. Lyumpen jamiyat, ishsiz, och odamga bo’lgan sosial shafqat tushunchasini tasavvur qilish mumkin.
Boshqa tomondan, stratifikasiya odamlarni, sosial guruhlarni tadbirkorlik, jamiyatning taraqqiyotiga undaydi.
Umuman olib qaraganda, G’arb sosiologiyasida stratifikasiya nazariyasi asoschisi M. Veber hisoblanadi. U sosial holat faqat mol – mulkning holati bilan belgilanmaydi, deb hisoblaydi. Kambag’allashib qolgan bo’lsada katta siysiy ta’sirga ega aristokratlar, generallar bor. Yoki masalan, Germaniyaning katta tadbirkorlari katta mol – mulkka ega bo’lib turib, millati nemis bo’lmaganligi uchun hyech qanday ijtimoiy siyosiy mavqyega ega emaslar. M.Veberning fikricha, Marksning tabaqalanishga nisbatan yondashuvi juda sodda, shuning uchun stratifikasiyani uch yo’nalishda aniqlash lozim: mulk, nufuz, hokimiyat, chunki aynan ular istalgan odamning yoki “sosial” guruhning mavqyeini belgilab beradi. Ularga qarab uch guruhni ajratamiz: quyi, o’rta va yuqori. Sosial struktura moddiy holatga qarab kengayib boradi. Jamiyat stratifikasiyasining moddiy holat bo’yicha asosiy ko’rsatkichi bo’lib, sosial iyerarxiyaning yuqorisi va quyisida joylashgan 10% aholining moddiy ko’rsatkichi sanaladi. Ularning munosabati ziddiyatlarning aniq darajasini, jamiyatning ziddiyatlilik darajasini ko’rsatishi mumkin. Bu ikki sosial guruh orasida o’rta sinf ham bo’lishi lozim: ularga o’rta va kichik tadbirkorlar, malakali ishchilar, intelligensiya davlat mansabdorlari, bank xizmatchilari. O’rta qatlamdagilar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning sosial holati shuncha yaxshi bo’ladi, jamiyat barqaror rivojlanadi, u shunchalik sosial ziddiyatlardan himoyalangan bo’ladi.
M.Veber mulkka egalikka unchalik ahamiyat bermagan. Mol – mulkka egalik qilmay ham odam yohud jamiyat ma’lum bir mavqyega, hokimiyatga ega bo’lishi mumkin. Masalan, tashkilotlardagi yuqori malakali menejer. Insonning nufuzi ham sosial strukturada uning o’rnini aniqlab beradi. Masalan, sportchi, aktyor, modelning nufuzini iqtisodiy foydaga almashtirish mumkin. Siyosiy hokimiyat ham iqtisodiy holatga bog’liq bo’lmaydi.
Real jamiyatda turli variantlar mavjud bo’lishi mumkin. Odam boy bo’lishi, biroq ma’lum bir mavqyega, oliy ma’lumot, siyosiy ta’sirga ega bo’lmasligi mumkin. G’arb sosiologiyasida bunday holat “nomuvofiqlik statusi” deb yuritiladi. Nomuvofiqlik maqomini his qiluvchi odamlar norozilik, hafsalasizlik kayfiyatida, ekstremizmga moyil bo’ladilar. Agar insonning bir holatda martabasi ulug’ bo’lsayu, boshqa holatda martabasi yuqori bo’lmasa, u o’z martabasini ko’z – ko’z qilishga urinadi va odamlar unga baho berayotganlarida avvalo uning quyi martabasinigina ko’radilar. Ziddiyatlarning asosi ham mana shunda.
Masalan, universitet professorlari ularni saviyasi darajasiga, ilmiy yutuqlariga qarab baholanishlarini hohlaydilar. Biroq universitetdan tashqaridagilarning ko’pchiligi ularning talablarni rad etadilar, sababini esa ularning siyosiy ta’siri, boyligi va hokimiyatining yo’qligi bilan izohlaydilar. “Vulgar boyvachcha” iborasi ko’pgina boylarning nomuvofiqlik maqomini ko’rsatib turadi.
Zamonaviy stratifikasion ta’limotlarning asosiy tamoyili bo’lib, T.Parsons, L.Uorner, B.Barber va ushbu yo’nalishning boshqa namoyondalarining funksionalizm nazariyalari sanaladi. Ular sosial tengsizlikni “jamiyatni saqlab qolishi uchun zarur holat, ularning qismlari o’zaro aloqador va muvozanatda” deb bilganlar.
T.Parsons istalgan jamiyatda stratifikasiyaning maqsadi ma’naviy baho, qadriyatlar tizimi deb qaragan, ularni atamalarda ifodalasak, turli sosial birliklarga baho berish imkoniga ega bo’lamiz.
K.Devis va G.Murning ta’limotlarida sosial stratifikasiya nazariyasi funksional zaruriyat va har bir jamiyatdagi stratifikasiya nazariyasining universal mavjudligi kabilarni o’zida mujassamlashtiradi. Ular uchun stratifikasiya moddiy boyliklar va sosial mavqyenining noteng taqsimlanganligidir.
Amerikalik sosiolog Elton Jonson o’zining stratifikasion tadqiqotlarida individlarning sosial mavqyeini uchta asosiy belgi bo’yicha aniqlaydi: mashg’ulot turi, ma’lumoti, va insonning irqiy – etnik guruhi.

  • Ma’lumoti oliy, o’rta va quyi. Yuqori mavqyega o’z vaqtida shunchaki universitetni tamomlaganlar emas, obro’li universitetlarni tamomlaganlar kiritilganlar.

  • Irqiy – etnik guruh. AQShga xos hususiyatlardan kelib chiqib, u kelib chiqishiga ko’ra irlandlar guruhini, ikkinchisiga italyanlar guruhini (oq tanlilar orasida), uchinchisiga oq va sariq irq vakillarini kiritgan.

Uch guruh bo’yicha individual mavqyelarni birlashtirib, konkret odamlarning muvofiqlik maqomini aniqlash mumkin. Chiqindi tashuvchi yoki taksi haydovchisi, oliy ma’lumotli oq amerikalik – bu bitta mavqye. Qora tanli, ma’lumotsiz shahar meri – bu ikkinchi maqom. Stratifikasion tizimda alohida shaxs yoki guruhning ijtimoiy mavqyeini bashorat qilish odamning xulqini, uning konkret voqyealaga reaksiyasini, ijtimoiy ziddiyatlarga munosabatini va boshqa ko’plab masalalarni prognozlashtirish imkonini beradi.
Stratifikasiya nazariyasi – bu hayotdagi xilma xillikni tushuntirishga asosdir. Nega puli bor odamlar mesenatga aylanadi? Nega universitet professorlari ishlab chiqarishga ketib qolishadi? Nega Rossiyada aralash oilada tug’ilganlar o’zlarini rus, O’zbekistonda tug’ilganlar esa o’zbek deb yozdirishadi? Nega shaharliklar viloyatliklarga past nazar bilan qarashadi?
Shunday qilib, ijtimoiy – sinfiy struktura tahlili zamonaviy sosiologik nazariyaning muhim qismi, shuningdek, ijtimoiy amaliyot uchun nazariy asos sanaladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish