Empirik sosiologik metodlar
Sosiologiya tadqiqotlar sosiologlar tamonidan savollarga javob topish yuzasidan olib boradigan faoltyati majmuidir.
Sosiologik tadaqiqotlar ilmiy farazlarni tekshirish uchun ilmiy uslub xamdir. Sosiologiya tadkikotlar quydagicha tartibga ega bo’lishi mumkin: Muammo qo’yish, Obyektni aniklash, tadqiqot dasturini ishlab chiqish , ma’lumotlarni yig’ish,ma’lumotlarni kayta ishlash. Bu jarayonda ma’lumotlarni izchiligi va uni umumlashtirish zarur bo’ladi.9
Empirik sosiologik tadqiqot usullari asosan qo’yidagilardir:
So’rov usuli.
Hujjatlarni o’rganish usuli.
Intervyu usuli.
Kuzatish usuli.
Sosiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng keng tarqalgani so’rov usulidir. So’rov usulining qulayligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sosiologlar qo’llashi mumkin bo’lsa, so’rov usulida tadqiqot o’tkazishga qisqa muddatli tayyorgarlikdan o’tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yordamida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin.
So’rov usuli boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko’lamini kengaytirishda so’rov usulining imkoniyatlari juda katta.
Bu usul qo’llanilganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamlakat miqyosida ham tadqiqot o’tkazish mumkin.
Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o’zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar:
Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?
Respondent savollarga javob berishni xoqlaydimi yoki yo’qmi?
Respondent qo’yilgan savollarga javob bera oladimi, yo’qmi?
Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qay yo’sinda, qay tarzda va qay shaklda berish kerak? Mana shu savollarga javob topa olgan sosiolog tadqiqotning muvaffaqiyatli chiqishini ko’p jihatdan ta’minlagan bo’ladi.
To’planishi kerak bo’lgan ma’lumot xarakteri va uni to’plash usuliga qarab so’rovlar ikki turga bo’linadi:
Anketa so’rovi.
Intervyu.
Savol berilishi mumkin bo’lgan odamlar yoki potensial respondentlarni qay darajada qamrab olishiga qarab so’rovlar yana ikki turga bo’linadi:
Yalpi so’rovlar.
Saylanma so’rovlar.
Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so’rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so’rov singari turlar ham mavjud.
hujjat o’z semantik ma’nosiga ko’ra isbot etish mazmunini ifodalovchi so’zdir.
Tadqiqot davomida tadqiqot obyetni o’zgartish mumkinligi va vaziyatga qarab moslashtirish mumkin. Hususan jarayon davomida interviyu, muhokama, tahlilni o’sha guruhni kuzatish davomida amalga oshirish mumkin. Kuzatuv sifatli tadqiqotlar sirasiga kirsa ham to’plagam ma’lumotlarini mavzuga oid jihatlarini umulashtirishda qayd qilingan solishtirishda miqdoriy jihatlarni ham hisobga oladi. Bevosita kuzatish borasida olim Hovell quydagicha to’rt bosqichni muhim deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |