Qullikning umumiy tavsifi. Garchi quldorlik amaliyoti turli mintaqalarda va turli zamonlarda har xil bo’lgan bo’lsa-da, qullikning sababidan qat’i nazar, qul baribir boshqa odamning mulki hisoblangan va qonunlar tizimi qulning maqomini mustahkamlagan. Qullik kishilarni bir-biridan farqlashning qaysi odam erkin-u (muayyan imtiyozlarga ega-yu), qaysi odam qul (imtiyozsiz) hisoblanishini aniq ko’rsatuvchi asosiy mezoni bo’lib xizmat qilgan.
Kasta ham qullik kabi sosial stratifikasiyaning yopiq tizimi hisoblanadi. Kasta tizimi sosial notenglik tizimi bo’lib, unda kishilarning statuslari ota-onalarida qolgan va umrbod ko’rinishidagi holat bo’lib namoyon bo’ladi. Kasta tizimining qoliqlari zamonaviy Hindiston va Janubiy Afrikada kuzatiladi. Hindistonda kasta mashg’ulotda namoyon bo’ladi. Oilada avloddan avlodga o’tib kelayotgan mashg’ulot bilan shug’ullanishadi. Janubiy Afrikada esa kasta tizimi irqiy holatga tayanadi. Mamlakt aholisinin ozchilikni tashkil qiladigan oq tanlilar ko’pchilikni tashkil qiluvchi qora tanlilarga qaraganda yuqori statustga ega edilar. 1990 yilgancha oq tanlilar hukumatni tashkil qilib, armiya va polisiya yordamida appartaidni himoya qilishdi. Qora tanlilarga fuqarolik to’liq ma’noda berilmadi, kasalxonalar, maktablar va tukraro joyga egalik qilish huquqlari inkor etib kelindi. Oq tanlilar esa barcha istagan ish joylariga ega bo’lishdi, qora tanlilar esa malakasiz va kam haq to’lanadigan mashg’ulot bilan shug’ullanishdi. Kasta tizimida nikoh o’ziga o’xshanalar guruhidan bo’lganlar bilan tuzilishi qayd qilib qo’yilgan. Hindistonda ota-onalar o’z farzandlariga azaldan, an’anaviy tarzda nikoh partnerini tanlab qo’yishar edi. Janubiy Afrikada esa 1985 yilgacha aralash irqqa asoslangan nikohlar ta’qiqlangan edi. Madaniy e’tiqod va qadriyatlar kasta tizimiga asos bo’ladi. Hindistonda esa induizm din sifatida kasta tizimining g’oyaviy asosi bo’lib xizmat qiladi. Unga muvofiq kishilar o’z taqdirlariga ko’nikib, jon-jahdi bilan mehnat qilishlari va bu bilan axloqiy majburiyatni sidqi-dildan bajarishlari talab qilinadi. Lekin kasta tizimi borgan sari zaiflashib bormoqda. Sababi jamiyatda sanoatlashishi kuchayib bormoqda va bu holat kishilardan industrializasiya ko’nikmalariga tobora kengroq ega bo’lishalarini talab qilmoqda. 88 Kastalar tizimida maqom inson tug’ilganda belgilanadi va umrbod amal qiladi; sosiologik nazariya bo’yicha tavsiflaydigan bo’lsak, kastalar tizimi zamirida amr etish yo’li bilan belgilangan maqom yotadi. Erishilgan maqom individning mazkur tizimdagi o’rnini o’zgartirishga qodir emas. Tug’ilishga ko’ra past maqomli guruhga mansub bo’lgan odamlar har doim hayotda ular shaxsan nimaga erishishga muvaffaq bo’lganidan qat’i nazar, ayni shu maqomga ega bo’ladi.
Stratifikasiyaning mazkur shakli xos bo’lgan jamiyatlar kastalar o’rtasidagi chegarani daxlsiz saqlashga harakat qiladi. Shu sababli bu yerda endogamiya, ya’ni o’z guruhi doirasidagi nikohlar amal qiladi va guruhlar o’rtasida nikohlar taqiqlanadi. Kastalar o’rtasida aloqalarga yo’l qo’ymaslik uchun bunday jamiyatlar kastaning tozaligini ta’minlashga qaratilgan murakkab qoidalarni ishlab chiqadi. Bu qoidalarga ko’ra, quyi kastalarning vakillari bilan aloqa qilish yuqori kastaning tahqirlanishiga sabab bo’ladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, Hindiston jamiyati kastalar tizimiga yorqin misol bo’lishi mumkin. Irqiy tamoyillarga emas, balki diniy tamoyillarga asoslangan mazkur tizim mamlakatda qariyb uch ming yil mobaynida amal qilgan. Hindlarning to’rt asosiy kastasi yoki varnalar minglab ixtisoslashgan kichik kastalar (jatilar)ga bo’linadi. Bunda har bir kasta va har bir jati vakillari muayyan kasb-kor bilan shug’ullanadi.
Klanlar tizimi agrar jamiyatlarga xos. Bunday tizimda har bir individ qon-qarindoshlikning ko’plab sosial aloqalari - klanlar bilan bog’langan. Klan o’ta tarmoqlangan oilani o’zida ifodalaydi va o’xshash jihatlarga egalik bilan tavsiflanadi: agar klan yuksak maqomga ega bo’lsa, mazkur klanga mansub individ ham shunday maqomga ega bo’ladi; klanga qarashli barcha mablag’lar – ular xoh qashshoq, xoh boy bo’lsin, teng darajada klanning har bir a’zosiga qarashli bo’ladi; klanga sodiqlik uning har bir a’zosining umrbod majburiyati hisoblanadi.
Klanlar kastalarni ham eslatadi: klanga mansublik eng avvalo tug’ilishga ko’ra belgilanadi va umrbod amal qiladi. Biroq kastalardan farqli ravishda, mazkur tizimda turli klanlar o’rtasida nikohlarga yo’l qo’yiladi; ulardan hatto klanlar o’rtasida ittifoqlar tuzish yoki mavjud ittifoqlarni mustahkamlash uchun foydalanilishi ham mumkin, chunki nikoh natijasida er-xotinning qarindoshlariga yuklanadigan majburiyatlar ikki klan a’zolarini birlashtirishga qodir.
Industrializasiya va urbanizasiya jarayonlari klanlarni nisbatan o’zgaruvchan guruhlarga aylantiradi va oxir-oqibat klanlar o’rnini sosial sinflar egallashiga olib keladi.
Qullikka, kastalar va klanlarga asoslangan stratifikasiya tizimlari yopiq hisoblanadi. Odamlarni bir-biridan ajratuvchi chegaralar shu darajada aniq va qat’iyki, odamlarga bir guruhdan boshqa guruhga o’tish uchun imkoniyat qoldirmaydi. Turli klanlarning a’zolari o’rtasidagi nikohlar bundan mustasno. Sinfiy tizim ancha ochiq, chunki u birinchi navbatda pul yoki moddiy mulkka asoslanadi. Sinfga mansublik ham tug’ilganda belgilanadi – individ o’z ota-onasining maqomini oladi, biroq individning sosial sinfi uning umri mobaynida u hayotda nimaga erishganiga (yoki erisha olmaganiga) qarab o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari, individning mashg’uloti yoki kasb-korini tug’ilishga ko’ra belgilaydigan yoki boshqa sosial sinflarning vakillari bilan nikohga kirishni taqiqlaydigan qonunlar mavjud emas.
Stratifikasiyaning sinf tizimi mulkka va resurslarga egalik sifatlari bilan belgilanadi. Nazariy jihatdan qaraganda sinf tizimi kasta tizimiga solishtirganda aniq ochiqlik kasb etadi. Chunki sinflar o’rtasidagi chegaralar kastachalik qat’iy emas. Sinf tizimida statusga erishish sinfga mansublikka yo’l ochib beradi. Va bunda belgilangan status asosiy rolni o’ynamaydi. Sinf tizimi ota-onalar statusiga to’liq bog’liq bo’lmaydi. Vaholanki, ular past yoki yuqori sinfga taalluqli bo’lgan bo’lsalar-da.89 O’n to’qqizinchi yil G’arbiy Yevropada sinf tushunchalariga nisbatan turdi-tuman tyondashuvlar paydo bo’ldi. Jumladan, nemis iqtisodchisi K.Marks fikricha g’arb jamiyatida asosan ikki sinf: kapitalistlar va ishchilar mavjud . Kapitalist bu – fabrikalar va shaxtalar uchun zaouo bo’lgan mehnat vositalari, yer va kapital egasidir. Ishchilar sinfi esa ushbu mulkka ega bo’lganlarga o’z ishchi kuchini faqat kun ko’rish uchun sotadiganlardir. Bu sinflar o’rtasida notenglik va ekspluatasiya paydo bo’ladi. Kapitalist foyda olish uchun ishchilarni toboro ko’proq ishlab, yana ko’p boylik to’plashga intiladi. Bunda ishga to’lanadigan haq juda minimal darajada bo’ladi.
Albatta, K.Marksning yuqorida keltirilgan g’oyalariga qarshi alternatif yondashuvlar ham mavjud. Ayniqsa, uning millatdoshi va zamondoshi M.Veber bu masalada o’zining bir qator ilg’or fikrlarini tavsiya etgan. Xususan, M.Veber idividualizm, byurokratik, korporativlikka asoslangan kapitalizmdagi o’zgarishlarni xis qildi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Veber kapitalizmning o’zgarib borayotganini Marksga qaraganda kengroq tahlil qildi. Albatta, Veber Marksning iqtisodiy omil haqidagi qarashlarini inkor etmadi. Lekin u jamiyatlarni sinflarga ajralishida faqat iqtisodiy omil bilan chegaralanib qolishni yoqlamadi.90 Binobarin, mazkur sosial stratifikasiya tizimi asosan o’z chegarasining o’zgaruvchanligi va moslashuvchanligi bilan tavsiflanadi. Sinfiy tizim sosial harakatchanlik, ya’ni ijtimoiy zinapoyadan yuqoriga ko’tarilish yoki pastga tushish uchun imkoniyatlar qoldiradi. O’z sosial mavqyei yoki mansublik sinfini yuksaltirish uchun imkoniyatlarning mavjudligi – odamlarni yaxshi o’qishga va tirishqoqlik bilan mehnat qilishga rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri. Albatta, inson tug’ilganda unga meros bo’lib o’tadigan oilaviy holat mutlaqo noqulay shart-sharoitlarni belgilashi va ular insonga hayotda yuksak mavqyega erishish va o’z farzandiga shunday imtiyozlarni ta’minlash uchun imkoniyat qoldirmasligi ham mumkin.
Har qanday jamiyatda jinsiy belgi sosial stratifikasiyaning negizini tashkil etadi. Birorta ham jamiyatda jins sosial tabaqalanishni belgilaydigan birdan-bir tamoyil hisoblanmaydi. Lekin, shunga qaramay, u har qanday sosial stratifikasiya tizimi (qullik, kastalar, klanlar, sinflar)ga xos. Jinsiy belgiga ko’ra har qanday jamiyat a’zolari toifalarga bo’linadi va jamiyat ularga taklif qilishi mumkin bo’lgan boyliklardan foydalanish uchun teng bo’lmagan imkoniyatlarni qo’lga kiritadi. O’z-o’zidan ravshanki, bunday ajratish har doim erkaklar foydasiga amalga oshiriladi
Jamiyatni aqlan rivojlantirish – bu ijtimoiy taraqqiyot asosidir. Busiz ilmiy-texnik taraqqiyotga erishishning imkoni yo’q, insonning global manfaati-jamiyatning barqaror hayotini ta’minlaydigan kashfiyotlarni amalga oshirib bo’lmaydi.
Oldimizda turgan muhim masala – bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Bu esa butun ta’lim va madaniyat tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi. Chunki ayni bilimdonlik va yuqori madaniyatlilik ozodlikdan hammaning baxt-saodati yo’lida foydalanish imkonini beradi. Sobiq sho’ro davrida ta’lim tizimisiz jahon sivilizasiyasining ilg’or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizlaridan ajralib qolgan edi. Aqliy va madaniy salohiyatni rivojlantirish yana bir uzluksiz prinsip hisoblanadi. Demak, bizning vazifamiz, avvalabor, mana shu ma’naviyatimiz sarchashmalarini va bobokalonlarimizning boy an’analarini davom ettirishdir.
Shunday bir mexanizm ishga tushirilishi kerakki, bunda har bir kishi islohotlarning afzalligini yaqqol sezsin. Ularning natijalaridan haqiqiy manfaatdorlik paydo bo’lsin. Islohotlar jarayoni aniq samara bilan bog’liq bo’lishi zarur.