Sosial struktura bizni boshqalar bilan o’zaro harakatlarimizni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Bu struktura tartiblangan mustahkam tizim bo’lib gavdalanadi. 48
Sosiologlar sosial o’zaro harakatni o’rganishda ushbu jarayonlar kechayotgan sosial strukturani tushunishga intiladilar.
Sosial struktura bevosita statuslar, rollar guruhlar va muassalalardan tashkil topadi.
Sosial struktura kishilar tegishli o’lgan guruhlar: insayderlar va autsayderlarni belgilab bberadigan chegarani chizib beradi. Sosiolog Robert Park (1928) bu terminni kishilar shaxsini aniqlash uchun joriy qilgan, masalan immigrantlar uchun.
Jamiyatning sosial strukturasi sosial pozisiyalar, bu pozisiyalar o’rtasidagi munosabatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Smelzerning fikricha, shuningdek, sosial struktura jamiyatni tashkil qiladigan barcha guruhlarni va bu guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Biz sosial pozisiyani o’rganishni insonga yaqin bo’lganidan boshlaymiz.
Status guruh ichidagi ma’lum bir ijtimoiy pozisiya bo’lib, u muayyan kutish, huquq va majburiyatlarni ifodalaydi. Status konkret kishilarga bog’liq bo’lmaydi. Status professional sportchi, rok-muzikachi, professor, student, daydi kishi va hakazolar eksklyuziv tarzda mavjud bo’ladi. Masalan, kolledjlarga har yili minglab yoshlar kelib, birinchi kurs studentlari statusiga ega bo’lganlari bilan baribir kolledj stutenti statusi o’tgan asrdan beri o’zgarmay keladi. 49
Rol ma’lum bir status bilan bog’liq bo’lgan hulq-atvorni kutish yig’indisidir. Masalan, oshxonani qayta jixozlashga taklif etilgan duradgorni ish beruvchining oilasi bilan tushlik qilishi uning roliga muvofiq kelmaydi. Biz vaqapt o’zimiz egallagan status bo’yichagina rol bajarishimiz mumkin bo’ladi. Bizning rollarimiz nisbiy bo’lishi mumkin. Ayrim rollar o’ziga xos tarzda kechishi mumkin. Masalan, biz student rolini o’ynashimiz vaqtida kimdir professor rolini bajarishi mumkin.
Aksariyat kishilar bir vaqtning o’zida bir necha rolni bajarishadi. Masalan,Charlz ham talaba, ham kafe hodimi rolini bajarmoqda. Rollarni bajarishda konfliktlar ulardagi o’zaro nomutanosiblik paydo bo’lganda vujudga keladi. Vaziyatdan chiqish uchun bir prioritetlarni aniqlab olishimiz lozim. Ya’ni, avvalambor eng muhimini, keyin esa boshqalarni bajarishga kirishishi darkor.50
Rolni bajarishdan chiqish uchun kishilar sosial rolni ijro etishdan to’xtashlari talab qilinadi. Sosiolog Helen Rose Fuchs Ebaugh ushbu jarayonni so’rov o’tkashi asosida o’rganib, unda sobiq maxbuslar, monaxlar, pensionerlar ajrashgan erkaklar va ayollar va sosial rolardan voz kechgan boshqa kishilarning fikrini aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |