Qisqartma otlar birikma qismlarini qisqartish yo`li bilan tuzilgan otlar: AQSH, MDH, O`zMU kabi.
Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim, yor-yor
(qo`shiq nomi).
Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo`yib yoziladi.
Agar juft otlar o`rtasida ikki otni bir-biri bilan bog`laydigan u, yu tovushlari bo`lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo`yilmaydi: Onayu bola - gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so`zlar jon-jonidan o`tib ketdi. Tilimizda takrorlangan,
so`zning boshida kelgan undosh p eki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, osh-posh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |