Birgalik nisbat
Bu nisbatdagi fe`lda ish-harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe`llari anglatgan harakatning bir necha subyekt, ya`ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe`l quyidagicha yasaladi:
fe`l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish bilan: sana- sh(di), yugur-ish(di) kabi;
so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |