Quvasoy shahar 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qish fanidan bir soatlik DARS ISHLANMASI.
Mavzu :Sinfdan tashqari o’qish.
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi.
II.Maqsad :
1.Ta'limiy maqsad: O’quvchilarga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish;
2. Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni o’zbek adabiyotiga qiziqish ruhida tarbiyalash;
3 Rivojlantiruvchi maqsad. O’quvchilarda milliy adabiyotimizga nisbatan faxr tuyg’ularini rivojlantirish.
III.Jihoz: Darslik , M. Yusuf rasmlari ..
M.Yusuf zamondoshlari rasmlari.
IV.Darsning uslubi: suhbat, munozara .
V. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism. Sinf tozaligi va o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini kuzatish. O’tilgan mavzuni eslash uy vazifalarini tahlil qilish.O’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat qilish:
- O’zbek adabiyoti deganda sizning ko’z oldingizga qaysi adiblar keladi?
- Muhammad Yusuf qaysi adiblar bilan zamondosh bo’lgan ?
-Muhammad Yusuf haqida gap ketganda yana qaysi adiblar eslanadi?
-Muhammad Yusufni qaysi she’rlari orqali taniysiz, yaxshi ko’rasiz?
2. O’quvchilar fikrlari umumlashtiriladi va adibning hayoti va ijodiga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Bunda avval o’quvchilar bilgan ma’lumotlarni aytadilar, so’ngra darslikdagi va qo’shimcha ma’lumotlar asosida ularning fikrlari umumlashtiriladi:
Muhammad Yusuf 1954- yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunch Nechun qulluq qilmay Andijonga men-
qishlog’ida tug’ilgan. Uning oilasi oddiy mehnatkash, zahmatkash odamlar oilasida tug’ilgan.Shoir o’z bolaligi o’tgan qishloqni keyinchalik hayajon bilan eslab :
Nechun qulluq qilmay Andijonga men-
Shu yurtda tug’ildim , shu yurtda o’sdim.
Ag’ar do’stim bo’lsa, bitta u do’stim-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
deb yozadi bir she’rida.
O’rta maktabni tugatgach Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyot institutiga o’qishga kiradiva uni 1978-yilda tugatadi. Uning dastlabki she’rlaridan namunalar1976-yilda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etiladi.
Bu paytlar o’zbek adabiyoti yangi yuksalish pog’onasiga ko’tarilgan,Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron kabi ko’plab iste’dodlar orasida o’ziga xos ijodiy kurash maydoniga aylangan edi. Bu kurash maydoniga dadil kirib boorish, o’ziga mos o’rinni egallash oson ish emas edi. Bu ishning uddasidan chiqaolgan, adabiy jamoatchilik nazarini o’z tomoniga qarata oigan shoirlardan biri Muhammad Yusuf edi. (Shoirning vafoti munosabati bilan Prezidentning Shoirning onasiga yo`llagan maktubi o`qib o`tiladi. )
Do'stlaringiz bilan baham: |