Mavzu : Sharq va G`arb mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari . Tekshirdi : Sharipova M.X Bajardi : Karimova S.A Abu Ali ibn Sino (980-1037) Jahon tibbiyot fanining buyuk olimlaridan biri Ibn Sino falsafa , adabiyot , musiqa va boshqa ko`p sohalarni mukammal donishmanddir .Ibn Sinoning pedagogik meroslari beqiyos ko`p.Mutafakir olimning 30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelgan . Ibn Sino jismoniy mashqlarning shakl va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena , sog`liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib borgan . Ibn Sino ilk bor har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug`ullanishini belgilab beruvchi ta`limni , ya`ni jismoniy mashqlarning tasnifini yaratib bergan .Ibn Sinoning fikricha ," Sog`liqni saqlashning asosiy tadbiri – badantarbiyadir ". Ibn Sino " Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat ",deb ta`rif bergan.Ibn Sinoning ta`kidlashicha , badantarbiya bilan mashg`ul bo`lmay qo`ygan kishi ingichka og`riq ( a`zolarning torayishi ) kasaliga uchraydi , chunki harakatsizlik natijasida uning a`zolari zaiflashadi .U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga ajratgan :1)odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari; 2)maxsus badantarbiya harakatlari. Abdulla Avloniy ( 1878-1934) - Taniqli o`zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy Toshkent shahrida ,mayda hunarmand –to`quvchi oilasida dunyoga kelgan .
- Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda to`rt bo`limga ajratgan :1)” Tarbiyaning zamoni ” ,2)” Badan tarbiyasi ” , 3)” Fikr tarbiyasi ”, 4)” Axloqiy tarbiya ”
Abdulla Avloniyning fikricha , sog`lom fikr, yaxshi axloq , ilm-ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiya qilish zarur " Badan ning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadur .Chuki o`qimoq , o`qutmoq , o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli , kasalsiz jasad lozimdir " Abdurauf Fitrat (1886-1934) - Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat Buxoro shahrida tug`ilgan . “ Fitrat ” Abduraufning adabiy taxallusi
Bo`lib , bu so`z tug`ma tabiat , tug`ma iste`dod degan ma`noni anglatadi. Abdurauf Fitrat ota –onaning vazifasi o`z yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligini uch tarbiyaga ajratgan : -Jismoniy tarbiya-salomatlik, -Aqliy tarbiya-sog`lom fikrlilik -Axloqiy tarbiya –axloqiy sano, ya`ni axloqiy poklikka e`tibor berish kerakligini ta`kidlagan . Abdurauf Fitrat jismoniy tarbiyaga , kishining salomat va baquvvat bo`lib , tarbiyalanishiga alohida ahamiyat bergan . U bolani tug`ilmasdan burun ,ona qornidaligidanoq tarbiyani boshlash kerak, chunki shu 9 oy muddatda farzand ona qoni bilan tarbiyalanadi, deb uqtirgan . Keyinroq bola tug`ilgandan keyin Fitrat bolalarning toza havoda bo`lishlari , atrof , tabiat go`zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ham ahamiyat beradi. Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o`yinlar katta o`rin tutishini ham aytib o`tgan . Ota-onalarga o`z bolalarining shunday o`yinlar bilan bilan mashg`ul bo`lishlarini ta`minlashlarini maslahat bergan .U bu o`yinlar orqali bolaga hayotni o`rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi bolani jismonan chiniqtirish , deb bilgan . Fitrat yana bolalarning sog`lom , jismonan yetuk bo`lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib, bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni o`rgatishni alohida ta`kidlab o`tgan . E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Do'stlaringiz bilan baham: |