Birinchi salib yurishi. Salib yurishlarining boshlanishi 1096 yilga to‘g‘ri keldi. 1096 yilning bahorida SHimoliy va SHarqny Fransiyaning qisman G‘arbiy Germaniyaning dehqonlar ommasp salib yurishi uchun yo‘lga tushdi. Qo‘yni puch yong‘oqqa to‘l-gizilgap dehqonlarga monax Pyotr Amenskiy (Pyotr Pustinnik) va kichik mulkdor ritsar Valter Golyak boshchilik qildilar. Dehqonlar olomoni yomon uyushtirilgan, naridan-beri qurollan-tirilgap, oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta’min-lapib turplmas edi. Salibchi dehqonlar sostavila o‘g‘irlik va talonchplik qilishdan manfaatdor bo‘lgan betayin, sayoq ele-mentlar ham kam emas edi> Bu hol salibchilar «kofirlar» isti-qomat qiladnpsh erlarga etib bormasdanoq ma’lum bo‘lib qoldi. Jumladai, salibchilar Reyn daryosi bo‘yidagy shahar-lardan o‘tib kota turib, u erlarda (Kyolnda,i Maynsda va boshqa shaharlarda) iogromlar uyushtirdilar. Keyin ular Ven-
griya va Bolgariya singari mamlakatlar orqali o‘tib, bu erlarda ham talonchilikni davom ettirdilar. Salibchilar olomoni Konstantinopolga kelib kirgach, imperator ularning tartibsiz-.lik ko‘rsatishi va zo‘ravonlik. qilishidan xavfsirab, ularni Kichik Osiyo sohiliga jo‘natib yuborishga shoshildi. Kichik Osiyo sohilida salibchilar olomoni tez orada turk qo‘shiniga to‘qnash keldi va u salibchilarning ko‘pchilik qismini qirib tashladi. SHunday qilib, salibchilarning SHarqqa qilgan yurishi batamom mag‘lubiyatga uchradi.
1096 yilning kuzida ritsarlar, asos'an fransuz va italyan ritsarlari, qisman G‘arbiy Germaniya ritsarlari jo‘nab ketdi-lar. Bu yurishga Quyi Lotaringiya gersogi Gotfrid Bulons-kiy boshchilik qilib, o‘zi bilan birga SHarqqa ikkita ukasi — Bolduin bilan Evstafiyni olib ketdi. SHimoliy fransuz feo-dallariga Normandiya grafi Robert hamda Flandriya grafi Robert boshchilik qildilar, janubiy fransuz feodallari Tuluziya grafi Raymundni o‘zlariga yo‘lboshchi qilib oldilar." Janubiy fransuz episkoplaridan biri, papa tomonidan cherkov vakili (legati) qilib tayinlangan episkop Ademar ham ularga hamroh bo‘ldi. Tarentiya gersogi Boemund janubiy Italiya feo-dallariga boshchilik qildi, jiyani graf Tankred unga hamroh-lik qildi. Ritsarlar ham SHarqqa Konstantinopol orqali ketgan bo‘l-salar-da, lekin turli yo‘llar bilan bordilar. Ba’zilari Pyotr Amenskiy rahbarligidagi dehqonlar otryadlari bosib o‘tgan eski yo‘ldan, ya’ni Reyn-Dunay daryolari bo‘yidan bordilar. Boshqa otryadlar SHimoliy Italiya orqali o‘tib, so‘ngra Bolqon yarim orolidan Adriatika dengizi sohili bo‘ylab ket-dilar. Uchipchi otryadlar, butun Italiyani bosib o‘tib, keyin Kalabriyadap kemalarga tushib Bolqon yarim oroliga qarab ket-dilar na bu erdan Kopstaptipopolga bordilar. Birinchi yurishda jami bo‘lib 30—40 mipgtacha ritsar qatnashdi. Ammo ular hu-zurida ko‘pgina yarog‘bardorlar, xizmatkorlar, har qanaqangi savdogarlar bor edi; birinchi salib yurishidan omon qolgan dehqon lashkarlari ham ritsarlarga kelib qo‘shildilar.
1097 yil bahoridagina Konstantinopolga batamom yig‘ilib bo‘lgan feodal-salibchilar Vizantiya imperatoriga qasamyod qilishdap bosh tortib, uzoq vaqtgacha qaysarlik qilib yurdilar. Salibchilar SHarqda turklardan urushib olinadigan erlarni Vizantiyaga beramiz, dsb imperator oldida va’da berishni sira istamas zdilar. Nihoyat ritsarlar zimdap va’dalarining usti-dan chiqishni o‘ylamasalar-da, har qalay qasamyod qildilar.
SHundan keyingina, 1097 yil yozida, ritsarlar lashkari Kichik Osiyoga o‘tkazib yuborildi. Bu erda salibchilar Dorileya yonida bo‘lgan jangda turklarni majaqlab tashladilar, shundan keyin ular janubi-sharqqa, Falastin tomonga qarab ket-dilar. CHidab bo‘lmaydigan jazirama issiqda tog‘lik yo‘llardan o‘tish ular uchun g‘oyat mashaqqatli bo‘ldi. Salib qatnashchilari- ning ko‘plari yo‘lda halok bo‘ldi. Agar salibchilar SHimoliy Suriya chegarasida ittifoqchilarga duch kelmaganlarщxa, bu yurish tamomila barbod bo‘lgan bo‘lur edi. Bu ittifoqchilar armanlar bo‘lib chiqdi. Qichik Armaniston deb atalgan o‘lka (Kilikiyada) salibchilar yordamidan manfaatdor edi, chunki u Vizantiya bilan ham, turklar bilan ham g‘oyat darajada dush-manlik munosabatida edi. Evropa feodallaridan biri — Bal-duin (Gotfridning ukgyi) tez orada Edessa knyazi, boshqasi — Suriya bilan Mesopotamiya chegarasidagi Armaniston koloniya-sining knyazi bo‘lib oldi. Salibchilarning Edessani bosib olishi strategiya jihatidan muhim- edi, chunki Edessa Suriya bilan Falastinni shimol tomondan turklar hujumidan qo‘riqlab turardi. 1098 yil yozida salibchilar «SHarq poytaxti»—Antio-xiyani bosib oldilar, Boemund Tarenskiy Antioxiyaga knyaz bo‘lib oldi. Uchinchi yirik feodal — Raymund Tuluzskiyga Tripoli oblasti (Antioxiyaning janubida) tegdi. Nihoyat, 1099 yil yozida salibchilar Quddusga etib bordilar. 1099 yilning 15 iyu-lida ular shturm bilan Quddusni qo‘lga kiritdilar. Salibchilar shaharni qattiq taladilar va uning aholisining katta qismini, musulmonlarni ham, xristianlarni ham ayamay vah-shiylarcha qirib tashladilar. Bu istilolar natijasida salibchilar Urta dengizning butun sharqiy sohilini, ya’ni ilgarigi Finikiya, Suriya va Falastinni egalladilar. Quddus, Antioxiya, Tripoli, Edessa, Tir, Sidon, Akra shaharlari ularning qo‘liga o‘tdi. Salibchilarning shimoldan janubga tomon tor mintaqa bo‘lib cho‘zilib ketgan mulklarining uzunligi 1200 km ga etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |